Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   373
innovatsion

Tayanch so‘zlar: 
nimparda, qochirim, hofiz, nota, xalq og‘zaki ijodi, aytim, 
aks-sado, amir saroyi, istilo, risola, yuksak did.

Xalq madaniy merosi- bebaho xazina, u avloddan-avlodga o‘tib sayqallanib 


kelmoqda. Bugungi kunda yosh avlodni milliy mafkuramiz ruhida tarbiyalash, va 
badiiy ijod orqali ularning manaviy dunyosini shakllantirish muhim vazifalardan 
biri hisoblanadi. O‘zbek an’anaviy musiqasi va xonandalik madaniyati qadimdan 
komil insonni tarbiyalash ishiga munosib hissa qo‘shib keladi.
 
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2017-yilning 
17-noyabrida 
imzolangan “
O‘zbek milliy maqom san’atini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida“ 
gi qarori- xalqimizning ko‘p sonli 
san’at ahlini, milliy musiqa va ashulachilik san’ati ixlosmandlarini bir qatorda 
san’at sohasi pedagog va talabalarini quvontirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Ushbu qaror qabul qilinishi, yurtimizdagi musiqiy ta’lim muassasalarida maqom 
ijrochilik va an’anaviy xonandalik fanlaridan dars beruvchi professor-
o‘qituvchilarni oldiga qator vazifalarni qo‘yadi.Xususan,talaba yoshlar va 
o‘quvchilarga eng avvalo, 
i
maqom san’ati tarixini o‘rganish, maqom san’atini 
xalqimiz va yoshlar orasida keng targ‘ib qilish shuningdek ,an’anaviy xonandalik 
sir-asroriyu tarixini,ijrochilikning nozik qirralarini o‘rganib, rivojlantirishga 
undaydi.
102
O‘zbek qo‘shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak XIX-asrning ikkinchi 
yarmi va XX-asr boshlarida o‘lkamizda bu san’atning butun bir avlodi yetishib 
chiqqanligining guvohi bo‘lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G‘iyos Abdulg‘ani, 
Domla Halim Ibodov, Matyoqub Xarratov, Levi Boboxonov, Sodirxon Hofiz, 
Mulla To‘ychi Toshmuhammedov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir. 
103
Ustoz hofizlar o‘z ijrochilik mahoratlarini oshirish uchun aks-sado beruvchi 
maxsus gumbazli binolarda mashg‘ulot o‘tkazganlar. Shu tariqa ovozlariga sayqal 
102
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020 y. 4-bet
103
An’anaviy xonandalik.M.Ergashev.Andijon 2020y. 5-bet.


771 
berishgan. O‘z davrida bunday yetuk, mukammal ijro sohiblarini ”hofiz” deb 
atashgan. Buyuk allomalardan Darvish Ali Changiy o‘z risolalarining birida ham, 
o‘z zamonasining mashhur bo‘lgan hofizlarini yashab ijod etganliklarini bayon 
qilgan. Ushbu risolada o‘sha davrda mashhur bo‘lgan xonanda-hofizlardan Lirik 
Hofiz, Hofizi Ushshoqiy, Hofiz Miraki Buxoriy, Hofiz Changiy, Hofiz Poyanda 
Buxoriylarningnomlari va ularning hayotiy faoliyatiga tegishli biografik 
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
O‘zbek musiqa san’atida an’anaviy xonandalik, o‘z navbati va yo‘nalishidan 
kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. 
Folklor aytimlari, dostonchilik, marosim aytimlari shular jumlasidandir. Har bir 
yo‘nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o‘z uslubi, qonun-qoidalariga egadir. 
Ular orasida o‘zgarmas xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal 
an’analarni o‘zida aks ettirgan an’anaviy yo‘nalish o‘zining barcha xususiyati, 
salohiyati bilan namuna bo‘lib kelmoqda. An’anaviy xonandalikda kuylash 
jarayonida ham aynan o‘zbek milliy musiqasiga xos nola qochirimlar inson 
ruhiyatini tozalaydi va manaviy ozuqa bera oladi.
Tarixdan ma’lumki an’anaviy xonandalik uslubida ijro qilishda ustoz-
shogirdlik an’analari muhim rol o‘ynagan.Hattoki Navoiy davrida ham undan 
oldingi davrlarda ham ustoz-shogird uslubida ijod qilish ham urf hamda 
mustahkamroq bo‘lgan ekan. Hazrat Navoiyning zamondoshi va do‘sti Husayn 
Voiz Koshifiy bu borada shunday o‘git bergan ekan: ”Bilgilkim, har bir ish 
ustozsiz amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa, ul ishning asosi 
mustahkam bo‘lmag‘ay… “ va shunga o‘xshash turli o‘gitlarni yozib qoldirganlar. 
Tarixdan bilishimiz mumkinki, an’anaviv xonandalikni uzoq o‘tmish ajdodlarining 
mehnat sharoitlari, diniy e’tiqodlari va ma’naviyatining rivojlanish jarayonlari 
mahsuli desak adashmagan bo‘lamiz. Sohibqiron Amir Temur davrida ham 
maqomlar gullab yashnagan. Ayniqsa,” O‘n ikki maqom” rivoj topib keng 
yoyilgan. Bu davrda Abdulqodir Marog‘iy Temur saltanatining mohir sozandasi va 


772 
xonandasi bo‘lgan. Marog‘iy mukammal xonanda va bastakor ham bo‘lgan. Bu 
haqida nafaqat sharq olimlari balki g‘arb olimlari ham o‘z manbalarida yozib 
qoldirishgan.
An’anaviy xonandalik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maqom ijrochiligi bilan 
bog‘lanmasdan ilojimiz yo‘q, zero bu xonandalikning asosini tashkil qiladi. 
O‘tmish xonandalari ijro uslubi hozirgi kunda deyarli yo‘qolib ketgan. Bunday fikr 
ilgari surishimizga sabab, XIX-asrdan keyin bizning milliy musiqamizga Yevropa 
nota tizimi kirib kelgan va maqomlar ham xuddi shu nota tizimi asosida notaga 
olingan. Lekin ungacha maqomlarimiz tanbur pardalariga moslab aytilgan va xuddi 
shu pardalarda kuylangan. Ayniqsa nimpardalar hozirgi nota tizimida umuman 
uchramaydi. Shashmaqom notaga yozib olinishi jarayonini tezlashtirish va jozibali 
hamda mukammal yozib olinishini ko‘zlab Fitrat o‘z uyida haftada bir marotaba 
Ota Jalol boshchiligidagi Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim Ibodov,Levicha, 
Abdurahmon Tanburiy(Umarov),Ma’rufjon Toshpo‘latov va boshqalardan iborat 
maqomxonlar ishtirokida musiqa bazmi uyushtirib turgan. Bazmda ijrochilar yozib 
olingan asarlar sifatini muhokama qilishgan, sozanda va xonandalar esa xushhol 
kayfiyatda u yoki bu kuy va ashulani qayta-qayta ijro etishgan, bunda ijro aniqligi, 
tiniqligi va jozibasiga ahamiyat berishganki, bu V.Uspenskiyga shashmaqomga 
xos siru-sinoatni chuqurroq va teranroq anglashga, Fitratga esa uning nazariy 
asoslarini idrok etish va tahlil qila borishga imkoniyat yaratgan. Maqomlar saroy 
muhitida shakllanganligi sababli, ulug‘lanib, uni kuylagan xonandalar ham yuksak 
e’tiborga sazovor bo‘lganlar. Ulardan biri Levi Boboxonov (Levicha) Buxoro 
amiri saroyida hofiz bo‘lib xizmat qilganlar. Ularning ijro uslublarida turli 
namunalar audio tasmalarda yozib olingan. Lekin ko‘pchiligi rus istilosi davrida 
yo‘q bo‘lib ketgan. Bunday uslubda ijro qilish uchun ovozlar ham tanbur 
pardalariga sozlangan bo‘lishi va butun vujud quloqqa aylanib nozik pardalarni 
ilg‘ay olishi lozimdir. An’anaviy uslubdagi xonandalik sir-sinoatlarini o‘rganish 
uchun, albatta ustozlar ijrolarini ko‘roq eshitish va musiqiy bilimga ega bo‘lish 


773 
kerak. Milliy cholg‘ularimiz bo‘lmish tanbur, dutor, doira ijrochiga katta yordam 
beruvchi cholg‘ular sirasiga kiradi. Bu haqida uzoq va yaqin o‘tmish risolalarida 
ham yozib qoldirilgan. Ushbu risolalardagi fikrlarni umumlashtirsak, an’anaviy 
xonandalik yo‘nalishida kuylash olish uchun insonda milliy,yuksak did 
shakllangan bo‘lishi lozim.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin