Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. M.I.Ergashev.An’anaviy Xonandalik. 2020.4-bet 
2. A.Fitrat.O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi.Toshkent 1993 
3. S.Begmatov. Hofizlik san’ati. Toshkent 2007 
4. O.Ibrohimovning 2020 yil 17 –iyulda chop etilgan maqolasi.
 
 
 
O‘QUVCHILARNI AN’ANAVIY XONANDALIKKA O‘RGATISHDA 
OVOZLARNING TURLARINI ANIQLASH VA ULARNI 
SHAKLLANTIRISH USULLARI 
Ro‘ziyev Davron Yuldashevich. 
BuxDU professori, pedagogika fanlari nomzodi 
Sulaymonova Gulorom Nematovna 
BuxDUPI magistranti
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada ovoz turlari va ularning xususiyatlari, 
mutafakkir olimlarning qarashlari, ovozni to‘g‘ri ishlatish texnikasi, an’anaviy 
xonandalikda ovozni mashq qilish uslublari, ovoz tembri va h.k to‘g‘risida fikr 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
tembr, diapazon, registr, laqab, folklor, parallel, nisbat, 
zamzama, daromad.
O‘zbek xalqi ming yillar mobaynida o‘z xursandchiligini, dardu- alamini 
qo‘shiq va kuy orqali izhor qilgan. Musiqa va qo‘shiq kuylashga muhabbat o‘zbek 


774 
xalqi yuragida doimo mavjud bo‘lgan. O‘z ildizlari bilan qadim- qadim 
zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi turli janrlarga bo‘linadi. Masalan, 
folklor, dostonchilik, kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg‘u asarlar 
(jumladan maqom) va boshqa janrlarni o‘z ichiga olgan.Ularning ijro yo‘nalishlari 
bir-biridan juda farqli.Misol uchun: maqom yo‘lida kuylash uchun an’anaviy 
xonandalik uslubida mohir, kuylay olish lozim. 
Ma’lumki an’anaviy xonandalik san’at rivojida maqom va an’anaviy ashula 
ijrochilarining xizmati yuksak bo‘lgan. Bunday ijrochilar yorqin ovoz sohibi
ijodkor, bastakor va sozanda bo‘lganligi bilan ham diqqatni tortadi. An’anaviy 
xonandalikning nufuzi ham ana shular bilan belgilanadi.
“O‘zbek an’anaviy xonandalik san’ati amaliyotida juda ko‘p ovoz turlari 
uchraydi. Mutaxasis xonandalar tomonidan ular o‘z xususiyat va sifatlaridan kelib 
chiqib nomlanib kelingan. Masalan: “tik ovoz, dovudiy ovoz, kuchli ovoz, po‘ng‘ 
ovoz, xasta ovoz, qo‘ng‘iroq ovoz, dardli ovoz, manqa ovoz, ta’lag ovoz, baqiroq 
ovoz, mungli-yig‘loqi ovoz” va h.k. Xonandaning ovozi faqat ularning 
xususiyatlari bilan emas, balki ijroviy diapazoni bilan ham xarakterlanadi. 
Ovozlarning balandligi nuqtai-nazaridan past va yuqori registrlarga bo‘lish 
mumkin. Odatda, registr tushunchasi ovoz diapazonining bir qismini tashkil etadi.
Buyuk olim Ibn Sino ham o‘zining asarlarining birida “ inson ovozi sozlar 
ichida eng mukammal soz” deya ta’rif bergan. Bunday talqin inson ovozi har 
qanday cholg‘u asbobining ovozidan ko‘ra naqadar mukammal va naqadar nafis 
ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.Ovoz inson ichki hissiy tuyg‘ularining baralla 
izhor qilinishida vosita bo‘lib xizmat qiladi, bir qatorda ashula kuylashda ham eng 
asosiy quroldir. An’anaviy xonandalik san’atida ovozlarni chiniqtirish ularni vaqt 
o‘tgan sayin charxlab borish muhim vazifadir. Chunki maqom kuylash uchun 
kuchli va o‘ta bo‘ysunuvchan ovoz kerak bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlagan ovoz 
turlari ya’ni sifatlari har biri o‘z ijro uslubiga ega. Ovoz va soz talqini har qanday 
holatda ham bir-biriga mutanosib bo‘lishi kerak. Bunday ovoz turlari mohir ustoz 


775 
hofizlar ijrolarida ham yaqqol seziladi. Bunday sifatlarni o‘zida mujassam etgan 
hofizlarning ayrimlari ismlariga qo‘shimcha ravishda nisbat (laqab) berilgan. Bu 
o‘sha ijrochining ovoz imkoniyati qanday cho‘qqida ekanligidan dalolat beradi. 
Ovoz talqinida ashula ijro etuvchilarning o‘ziga xos ichki xususiyatlari 
mavjud.Aynan ana shu shaxsiy, ichki sifat va xususiyatlar,xonandalarning har 
birini alohida-alohida qaror topishiga sababdir.
An’anaviy yo‘lda ta’lim olayotgan o‘quvchilar albatta yoshlikdan o‘z 
ovozlari ustida muntazam ishlashlari kerak. Ayniqsa maqomlarning zamzama va 
daromad qismlaridan parchalarni ovoz sozlash mashqlarida ko‘proq qo‘llashlari 
kerak. Nega, aynan maqom parchalaridan kuylab mashq qilish deyapmiz, chunki 
o‘z nomi bilan an’anaviy yo‘nalishda tahsil olyapsizmi, milliy ashula va 
maqomlarimizni mukammal o‘rganib ijro qilmoqchimisiz, albatta avvalo undan 
xabardor bo‘lishingiz kerak. Bundan tashqari ovoz va quloq ham milliy ohanglarga 
yaxshilab moslashishi lozim. Albatta ta’lim jarayonida yosh o‘quvchiga parallel 
ravishda nazariy bilimlar ham berib boriladi, bu esa uning kuylayotgan asarini 
yanada mustahkamroq o‘rganishiga zamin yaratib beradi.
Xonanda ovozida tovush kuchi, balandligi, qattiqligi va barchasini 
uyg‘unligida hosil bo‘ladigan tembri mavjud. O‘zbek an’anaviy xonandalik 
san’atida shu bilan birga ko‘rinishga ega bo‘lmagan, lekin his etishda anglanadigan 
ovoz tarovati, mungi, dardi, bezagi, hirgoyisi bor bo‘lib, darhaqiqat to‘laqonli 
ma’noga ega bo‘lgan ovozni tashkil etadi.Chunonchi, mumtoz xonandalik 
amaliyotida aynan mana shu jihatlar ijroning ehtirosli xususiyatlari sifatida ijobiy 
baholanib kelingan.
104
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha fikrlar mazmunini har bir o‘quvchiga 
tushuntira olish, uni dars davomida ovoz bilan to‘g‘ri ishlay olishini ta’minlash har 
bir mutaxasis o‘qituvchi uchun muhim vazifadir. Ayniqsa, ovozda mutatsiya 
jarayoni kechayotgan bir paytda, o‘quvchiga baland pardalarda iloji bo‘lsa 
104
Hofizlik san’ati. S.Begmatov.Toshkent 2007y. 20-bet 


776 
kuylatmaslik, avj qismlarini pastdan kuylatish lozim. Agarda o‘quvchi ovoz bilan 
qo‘pol munosabatda bo‘lib uni behudaga qiynasa, natijada shu o‘quvchida 
kelajakda kuylay olish bilan jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin