804
shakllantirishning butun vositasi sifatida o‘quvchilarning faoliyati kundalik
muloqot jarayonida amalga oshiriladi. Folklore qo‘shiqlarining qamrov doirasi
chegaralanmagan. Ularning kattalar yoki o‘quvchilar qo‘shiqlari, kichik yoki kata
yoshdagi o‘quvchilarga mos qo‘shiqlar sifatida izohlash nisbiy xarakter kasb etadi.
Buxoroda-mavrigiyxonlik
, Toshkent va Farg‘onada-yalla, Xorazmda esa sho‘x
o‘ynoqi turdagi qo‘shiqlar ijro etiladi.
- Yalla
-bandli (kupletli) qo‘shiq bo‘lib, uch-to‘rt xonanda ijrosida aytiladigan
asardir. Qo‘shiqning boshlanish qismini hamma, o‘rta avjini ikki-uch xonanda va
katta avjini bir xonanda ijro etib qo‘shiqning ikkinchi yarmisini yana hamma
xonandalar birga ijro etadilar. Masalan N.Hasanovning «Karvon keladi», Farg‘ona
yo‘llaridan «Jonon bo‘laman deb» va boshqalar.
- Ashula
janrida ko‘proq lirik xarakterga ega bo‘lgan, insonni psixologik va ichki
his-tuyg‘ularini bildiradigan qo‘shiqlar kiradi. Masalan «Katta ashula» musiqa
asbobisiz ijro etilib, ashulachi qo‘liga kichik likibcha yoki la’licha ushlab qo‘shiq
aytadi. Katta ashula xonandadan katta dipozonga ega bo‘lishni, yaxshi nafas olish
imkoniyatiga ega bo‘lishni talab etadi. Katta ashulani uch-to‘rt xonanda, kamdan-
kam holatlarda ikki kishi ijrosida tinglaymiz. Masalan: «Bir keling», «Ko‘p erdi»,
«Adashganman», «Ul kun jonon» va boshqalar.
- Lapar
xalq orasida juda ko‘p uchraydigan musiqiy merosdir. Lapar ko‘proq
Xotin-qizlar tomonidan raqs va qo‘shiqni birligida ijro etiladi. Laparlar har xil
mazmundagi asarlardan iborat bo‘lib
ishq-muhabbat
, mehnat va yoshlikni
tarannum etadigan ohanglardan iboratdir. Masalan «Qora soch», «Oyijon» va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: