Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   373
innovatsion

- Marosim (obryadovie)
qo‘shiqlari xalq orasida uncha ko‘p bo‘lmasada, lekin 
turmush sharoitining odatiga kirib qolgan. Masalan: «Yor-yor». Nikoh 
marosimlarida ijro etiladigan bu qo‘shiq qiz bolani turmushga uzatish vaqtida 
aytilib quvnoq va sho‘x suratda ijro etiladi. «Yor-yor» qo‘shig‘i birnecha variantni 


805 
tashkil etadi. Toshkentda bir xili, Farg‘onada va Namonganda ikkinchi, 
Samarqandda boshqa xillari mavjuddir. 
- Marsiya, yig‘i qo‘shig‘i
o‘lim marosimlarida aytiladigan asarlar turkumidir. 
Marsiya, yig‘ilarni 
Xotin-qizlar ichkarida
, uyda aytadilar. Yig‘i so‘zlarini o‘lgan 
kishining yaqinlari aytadilar va qolganlar o‘z hamdartliklarini yig‘i vositalari bilan 
izhor etadilar. 
- Mehnatga bag‘ishlangan qo‘shiqlar
xalq orasida tez-tez uchrab turadigan 
asarlardirkim, bular «Charx», «Hashar», «Paxta terish», «Mehnat ahli», «Fabrika», 
«Paxtakorlar» nomli qo‘shiqlardan iboratdir. 
- Bolalar uchun yozilgan 
yoki qo‘shiq mazmuni bolalarga atalgan bir qancha xalq 
qo‘shiqlari bor. «Alla», «Qo‘g‘irchoq», «Oq terkmi, ko‘k terak», «Yomg‘ir 
yog‘aloq», «Binfsha», «Bog‘chamiz» va boshqalar. 
- Xalq orasida zulm-istirob to‘g‘risidagi qo‘shiqlar
ham bor. Bular «Xondan dod», 
«Xon zulmi», «Nikalay qon jallod», «Poyezdingni yurgizgan», «Ming la’nat» va 
boshqa xalq qo‘shiqlarini tashkil etadi. 
Qo‘shiq san’atning insoniyat tomonidan eng oldin o‘ylab topilgan turi deb taxmin 
qilinadi. Lirik qo‘shiqlarga xos bosh xususiyat shundan iboratki, ular xoh sozsiz, 
xoh soz jo‘rligida bo‘lsin, kuylangan, ijro etilgan. Shuningdek, ularda muallifning 
ichki kechinmalari, tuyg‘ulari, quvonch-u alamlari ifodalangan. O‘zbeklar orasida 
juda keng yoyilgan, hozirga qadar ham turli shakllarga solib kuylanayotgan xalq 
qo‘shiqlaridan biri »Qarg‘alar uchsa qaraylik» satri bilan boshlanadigan 
qo‘shiqdir. Unda suyganiga intilib, yetolmagan oshiq holati g‘yat dardchil tasvir 
etilgan. Qarg‘a- qish elchisi. Turkiy xalqlar uchun qish ko‘ngilsizlikni bildiradi. U 
ayriliq, xazon, yo‘qotish singari ezgin tushunchalarni ifodalaydi. Shu bois oshiq 
yigit qarg‘aning uchishini ko‘riboq, Marg‘ilon yo‘llarini eslaydi. Ayni vaqtda, 
Marg‘ilon unga »handalak bo‘yli» yorini yodga tushiradi. Visoliga erishmoq 
mushkul bo‘lgan yor shu qadar yoqimliki, undan handalakdan keladigan mast 
qiluvchi shirin bo‘y taraladi. Ma’shuqa yodga tushishi bilan oshiq o‘zining 


806 
onasidan ajralgan to‘tiqush singari ayanch ahvolini qayta tuyadi: »handalak 
bo‘ylikkinam, Siz unda zor, biz bunda zor. To‘tiqushning bolasidek ikkalamiz 
intizor». Lirik qahramon suyuklisi bilan o‘zining holatini o‘ylagani sari qo‘shiqda 
ezgin ruhiy holat ifodasi kuchayib boraveradi: 
Intizorlik torta-torta 
Tanda toqat qolmadi. 
Yo‘lchivindek sarg‘yib 
Ucharga holat qolmadi. 
Qarg‘aning ucha boshlashi qishdan darak berganidek, uning paydo bo‘lishi oshiq 
uchun visol bog‘lariga qirov qo‘nganidan, ishonch yaproqlarini sovuq urganidan 
dalolat bo‘ladi. Qish kirib kelgach, yo‘lchivinlar sarg‘ayib, halokatga mahkum 
bo‘lganligi singari vasldan umidini uzgan oshiqning ham hayotdan ilinji qolmagan. 
G‘arib va chorasiz oshiq ma’shuqasi yo‘lida shu qadar ko‘p ko‘z yosh to‘kadiki, 
ulardan baliq suzib yurishi mumkin bo‘lgan daryo hosil bo‘ladi. Oshiq yigit holini 
ana shu baliqlardan so‘rash mumkin. Ma’lumki, baliqlar gapirmaydi, ovoz 
chiqarmaydi. Demak, sevgan yigitning ruhiy holati g‘oyat ezgin va nochor. 
Lirik qo‘shiqlar, asosan, dard ifodasi o‘laroq paydo bo‘ladi. Chunki chinakam 
insoniy dardni oddiy so‘zlar bilan ifodalash mumkin emas. Inson o‘z dardini bir 
qadar yengillatmoq uchun ham uni qay shakldadir aytib, ko‘nglini bo‘shatgisi 
keladi. »Holichangda gul ko‘rdim» qo‘shigi ham ko‘nglini bo‘shatgisi kelgan 
inson tuyg‘ularini ifodalaydi. Qo‘shiqning qahramoni- iztiroblar og‘ushida qolgan 
nochor kimsa. She’rning dastlabki bandida o‘z chorasizligini ifodalash bilan birga, 
ko‘pdan beri ko‘rmagan yorini »uxlab tushida» ko‘rganini aks ettiradi. Keyingi 
bandda esa o‘zining injiq va tushunarsiz ruhiy holatini izohlaganday bo‘ladi: 
Eshik oldi Oydinko‘l, 
Oyna solsam botmaydi. 
Men yorimni sog‘indim, 
Xat yuborsam qaytmaydi. 


807 
Qo‘shiqlarda xalqqa xos bo‘lgan chechanlik, chapanilik, topqirlik, qaytmaslik kabi 
sifatlar ham aks etadi. Bu jihatda »Kelinoy» deb ataluvchi qo‘shiq diqqatga 
sazovordir. Qo‘shiqning qahramoni- suluvlikda ham, chaqqonlikda ham, aqlda 
ham tengsiz qiz. Barcha qo‘shig‘-u she’rlarda bo‘lgani kabi uning ko‘ngli 
kimdaligi noma’lum. Shu bois lirik qahramon unga tadbir o‘rgatadi: 
Oy tug‘adi quroqdan, 
Suv tinadi buloqdan. 
Oshiqligang bilayin, 
Ro‘moling to‘lg‘a yiroqdan. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak: O‘zbek xalqining qadim-qadim zamonlarga borib 
taqaladigan musiqa merosi, xalq qo‘shiqlari, xilma-xil janrlari hamda boy tasviriy 
vositalari bilan bizning kunlarimizda ham yangramoqda. xalq qo‘shiqlari ifodaning 
nozikligi, ruhiy holat tasvirining kuchliligi bilan asrlar davomida qalblarni bog‘lab 
keladi. Ularning badiiy tasvir darajasi yillar o‘tsa-da yuksalib boradi.Ko‘rinib 
turibdiki, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan marosimlar hamda unga 
ijro etiladigan aytimlar aholining har bir o‘tayotgan kunini qadrlash ardoqlash 
o‘tayotgan umrni mazmunan boyitish, urfga aylangan qadriyatlarga sadoqatligini 
isbotlagan holda kelajak avlodga qoldiradi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin