Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə308/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
1.Tursunov.Xalq musiqa ijodiyoti va adabiyoti Toshkent 2003. 
2.Matyoqubov O. “Maqomot” Toshent 2004 


819 
3.“Shashmaqom saboqlari” 2-kitob Matyoqubov O. 2005\ 
4.S.Mannopov. So‘nmas navolar. Farg‘ona, 2003. 
5.R.Abdullayev. Milliy istiqlol va musiqa. T., 2002. 
 
 
SINFDAN TASHQARI MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYAT JARAYONIDA 
O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH 
N.Xaitova 
 BuxDUPI magistranti 
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mustaqil 
o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati ta’kidlab 
o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar:
dars, bilim, ko‘nikma, malaka, mustaqil o‘qish ko‘nikmalari, 
sinfdan tashqari o‘qish, interfaol usullar. 
 
O‘zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o‘z mustaqil 
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo‘liga ega bo‘lishi, xalq xo‘jaligining turli 
sohalarida, jumladan, xalq ta’limi tizimida ham o‘sib kelayotgan yosh avlod 
ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. 
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik 
qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda, o‘quv yili yoki chorak 
davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va 
tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha 
murakkab muammoni yechadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam 
beradi. 
Tarbiyaga kompleks yondashishi biror o‘quvchini ham e’tibordan 
qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari 
tarbiya obyekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. 


820 
Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sprotchi sifatida, 
ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomola 
qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo 
har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan 
narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir 
dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z 
o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, xulqida vujudga kelayotgan 
holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina, uning qalbiga yo‘l topa oladi va 
bolaga ta’sir etishining to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor 
bergan sinf rohbari tarbiyada yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Shuni ham unutmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar 
hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, 
televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar. 
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi yetakchilik, birdamlik 
rolini tarbiyaviy ta’sirining bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat 
qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, 
ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning 
aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi. Bunga esa 
tarbiyachining nutqi nazari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki, har bir bolada 
ma’lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik 
sifatlari mavjud. U munosabatlarga e’tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. 
Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka 
intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha, bolaga oldindan noshud, yalqov, 
tartibsiz deb qaralsa hamda, o‘jarlik va terslik bolaning sifati hukum chiqarilsa, u 
holda tarbiyalanuvchi o‘zining xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu 
borada ham tarbiyachining “umidini oqlaydi”. 
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda, 
darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda 


821 
amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari 
haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. 
Bolaning 
individual 
xususiyati 
uning 
xulqiga, 
o‘zlashtirishiga 
munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. Shu boisdan ham, jamoadagi 
individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unutish yaramaydi. 
Chunki 
sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga 
qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam 
berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina 
bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning 
eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi. 
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi 
kerak.
Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olish bilan bolalar haqida 
ko‘pgina 
ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan 
o‘qituvchilardan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu 
asosda vujudga keladi. 
Mana shu o‘rinda bolalar ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, 
ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni 
vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham 
bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga yetkazadigan ma’lumotlari hamisha 
ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan 
axborotlarni ham o‘ziga talqin etib boradi. Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida 
vujudga keladigan anglashilmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi 
kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib 
ko‘rish orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukum chiqaradi. Xuddi shu hol 
uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-


822 
onasining tarbiyasini oladi. Xatto eng vijdonli bolada ham bu holni ro‘y berishi 
tabiiydir. 
Ana shu holatning vujudga kelmasligi uchun ota-onaga yordam berish, 
o‘qituvchi bilan ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikning to‘g‘ri bo‘lishida oila 
tarbiyasiga rahbarlik qilish zarur.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin