Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


MAQOMGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINI



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə307/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   373
innovatsion

MAQOMGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINI 
SHASHMAQOMNING NASR BO‘LIMI VOSITASIDA AXLOQIY 
ESTETIK TARBIYALASH 
Ro‘ziyev Davron Yuldashovich 
Pedagogika fanlari nomzodi, professor

Niyozov Jamshid Norovich 
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti 
“Musiqa ta’limi va san’at” yo‘nalishi 1-bosqich magistri 
Annotatsiya. 
Musiqa san’ati - nafosat tarbiyasining muhim omili bo‘lib, yosh 
avlodni kamolotga yetishishi uchun ta’sir etuvchi jarayon. Bu jarayon maktabdan 
boshlab shakllanadi va yosh avlodning ichki dunyosini boyitib, butun hayoti 
mobaynida unga hamroh bo‘lib boradi. Musiqiy nafosat tarbiyasining asosi 
boshlang‘ich sinflardan shakllanadi. Musiqiy iqtidori bor o‘quvchilarni maqomga 
ixtisoslashtirilgan maktablarda jalb etish va bunda shashmaqomning nasr bo‘limi 
taronalari vositasida axloqiy estetik rivojlantirish davr talabidir.
Kalit so‘zlar
: nafosat, kamol, madaniyat, tarbiya, mumtoz, an’anaviy musiqa, 
ijro jarayoni, san’at, madaniyat. 
Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga 
musiqa san’atisiz erishib bo‘lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa azaldan beqiyos 
o‘rin tutib keladi.
Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng 
ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi 


817 
Sharafiddin Ali Yazdiy o‘zining “Zafarnoma” kitobida Amir Temur davrida 
o‘tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to‘xtalib, “Yaxshi ovozli xonandalar 
kuylashni boshlab, g‘azal-u naqsh aytur erdilar. Va turku mo‘g‘ul, xitoy-u arab va 
ajamdin har kim o‘z rasmi bilan nag‘ma aytur erdi”, degan ma’lumotlarni keltiradi. 
Ma’lumki, o‘zbek xalq musiqa merosi boy va serqirradir. Unda 
mujassamlashgan rang-barang xalq musiqiy namunalari asrlar osha avloddan-
avlodga o‘tib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga har bir janr o‘zining badiiy va 
estetik qiymatini asrab xalqimiz tomonidan ardoqlanib kelingan. Musiqiy 
merosimiz turli usullarda shakllanib, rivojlangan bo‘lsa, ularning biri xalq 
musiqasining murakkab namunasi bo‘lmish maqomlardir.
Maqomlar ijrochilikda “Mumtoz musiqa” va “Og‘zaki an’anadagi 
professional musiqa” nomlarida (atamalarida) yuritiladi. Xalqimizning bu boy va 
murakkab musiqiy merosi azaldan ustoz san’atkorlar tomonidan “og‘zaki 
an’anaviy” uslubda ustozdan shogirdga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Bu an’anaga 
aylangan uslub hozirgi davrda ham asosiy omil sifatida ardoqlidir. 
Bir necha yillardan mumtoz musiqa namunalarini iste’dodli yosh xonanda va 
sozandalar tomonidan o‘zlashtirilishi an’anaga aylandi. Ayniqsa, maxsus musiqa 
maktablari, san’at, madaniyat va pedagogika kollejlarida o‘qitilishi quvonarli. 
Yosh avlodga an’anaviy musiqadan saboq berishda asosan maqomlarga tayaniladi. 
Chunki maqom azaldan xalqimizning turmush tarzi ifodalangan musiqiy janr 
sifatida xalq musiqasida doimo yetakchi bo‘lgan. Bundan tashqari maqomlarda 
musiqa ilmiga, ijrochiligiga va musiqaning boshqa xususiyatlariga bog‘liq olam-
olam tushunchalar, ma’nolar va asoslar mujassamlashgan. Bu an’anani ma’lum 
darajada egallagan har bir san’atkor el yurt mehrini qozonishi, tabiiy. 
O‘zbek xalqi tarixini sehrli ohanglarda mujassamlashtirgan maqomlar musiqiy 
ijodning rivojlangan turlaridan biri bo‘lib, u asosan monodik, ya’ni bir ovozlik 
uslubda yaratilgan va ijro etib kelingan. Har bir maqom o‘zining aniq matniga ega 
bo‘lgan, ya’ni g‘azali bilan ijro etilgan. Ularda, asosan, Lutfiy, Atoyi, Navoiy, 


818 
Bobur, Fuzuliy, Avaz O‘tar, Ogaxiy, kabi mumtoz shoirlarning g‘azal va 
muxammaslaridan foydalanilgan. 
Xalq musiqasining murakkab janri bo‘lmish maqomlarni ijro etish 
xonandadan professional malaka talab qiladi. Bunga erishish uchun maqomga 
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini ko‘p yillar davomida maqom bilimdonlari 
bo‘lmish ustoz hofiz va sozandalardan muntazam saboq olishni yo‘lga qo‘yish 
zarur. Maqomlarni ma’lum darajada tushunib yetishga, ularning barcha ichki 
xususiyatlarini o‘rganishda, albatta, maqomlarning lad tarkibini, ritmik asoslarini 
amaliy o‘zlashtirish darkor. Bundan tashhari maqomlar ijrosida xonandalik va 
sozandalikda mavjud barcha musiqiy bezaklar va xarakterli ohang-sayqallardan 
xabardor bo‘lish kerak. Umuman, barcha an’anaviy ijrochilik asoslarini 
o‘zlashtirish maqsadga muvofiqdir. har bir an’anaviy ijrochi professional klassik 
musiqaning ichki lad xususiyatlari, tovushqatorlari, barcha tarkibiy qismlari, usul 
jihatlari, badiiy tomonlari to‘g‘risida ma’lum tasavvurga ega bo‘lish bilan birga, 
maqomlarda mavjud xilma-xil variantlarni tushunib etmoqlari kerak. 
Maqomlarning ashula, ya’ni nasr bo‘limining e’tiborga loyiq tomonlaridan 
biri shundaki, ular juda keng diapozonga ega. Ya’ni ikki oktava va undan ortiq 
ovoz yo‘lini o‘z ichiga oladi. Melodik jumlalar o‘ziga xos keng ko‘lamligi bilan 
ajralib turadi va ijrochidan uzun nafas yo‘liga ega bo‘lishni talab qiladi. Bundan 
tashqari katta nafas yuli bilan birga undan munosib foydalana bilish katta 
ahamiyatga ega. Chunki maqomlarning ijro jarayonida musiqiy ohanglarga rang -
barang bezaklar berish, asosan, avj qismida amalga oshiriladi. Maqomlar ijrosining 
bunday o‘ziga xos jumboqlarini yechishda va klassik asarlarni qiyinchiliksiz ravon 
ijrosiga erishishida har bir hofiz yuqori pardalarda mohirona kuylash xususiyatiga 
ega bo‘lishi kerak. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin