788
Sharopova Mahliyo Fozilovna,
Buxoro davlat universiteti
Texnologik ta’lim mutaxassisligi magistranti.
Annotatsiya.
“Texnologiya fanini o‘qitishda STEAM ta’limining amaliy
tadbiqi” deb nomlangan ushbu maqolada texnologiya fani darslarida STEAM
ta’limini joriy etish zamon talabi ekanligi, uning afzalliklari haqida ma’lumotlar
berilgan.
Kalit so‘zlar
: STEAM, texnologiya, innovatsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq ta’limi
tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy
etish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2018-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar dasturi”ning II bo‘lim, 11-bandida umumiy o‘rta ta’limning yangi
davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish va shu bilan birga,
STEAM (fan, texnologiya. Muhandislik, san’at va matematika) ta’limini
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni
bajarish uchun, avvalo, ta’lim ishtirokchilari – pedagoglar, metodistlar,
o‘quvchilar, ota-onalar va boshqalar STEAM ta’limi yo‘nalishida o‘tkaziladigan
xalqaro tadqiqotlar haqida ma’lumotlarni bilishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash
uchun malakalarga ega bo‘lishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda texnologik inqilob
mavjud. Yuqori texnologiyali mahsulotlar va
innovatsion texnologiyalar
zamonaviy jamiyatning ajralmas qismiga aylanmoqda. Zamonaviy maktablarda
robot dizayni, modellashtirish va dizayn loyihalashtirish ishlari yetakchi o‘rinni
egallamoqda. Mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘proq
texnik ta’lim talab etilayotganligi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bugungi
kunda STEAM ta’limi jamiyat va davlatning rivojiga katta hissa qo‘shadigan
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini bermoqda. Ma’lumki,
zamonaviy ta’lim tizimi, an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, amaliyotda
789
o‘rganilayotgan ilmiy-nazariy va metodik uslubni kundalik hayotda qanday
qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishga imkon beradigan aralash muhit hisoblanadi.
Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3-D dizayn,
modellashtirish,
dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga
chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash
emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. STEAM ta’limi texnologiyasi
– nazariya va amaliyotning birlashtirilgan natijasidir. STEM ta’limining muhimligi
shundaki, haqiqiy fan sohasida ta’lim sifatining pastligi, moddiy-texnika bazani
yetarli darajada emasligi, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning sustmotivatsiyasi –
bularning barchasi ta’lim tizimining eng katta muammosidir. Shu bilan birga,
bosqichma-bosqich rivojlanib borayotgan davlatimiz
yuqori texnologiyalar
sohasidagi fanlarning turli xil ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlashni talab qiladi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda
STEM ta’limi birinchi o‘rinda turadi. Bu esa kelajakda texnologik jarayonni
rivojlantirish va mamlakatimizda ilmiy va muhandislik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni
qoplanishiga yordam beradi. Bugungi kunda deyarli har bir kishi smartfonlardan
foydalanmoqda. Bizning dunyomizni texnologiyasiz tasavvur etishning iloji yo‘q.
Bundan keyin ham texnologik rivojlanish davom etadi va STEM ko‘nikmalari bu
rivojlanishning asosi bo‘lib hisoblanadi. STEM o‘quvchilarni ilhomlantiradi.
O‘quvchilar kashfiyotchilar va olimlar sifatida
tadqiqotlar olib borishadi,
texnologiyalarning imkoniyatlarini bilishadi, muhandislar sifatida loyihalashadi,
rassomlar sifatida ijod qilishadi, matematiklar kabi fikrlashadi va, albatta, bolalar
zavqlanib o‘ynashadi. STEM – o‘quvchining intellektual
qobiliyatlarini ilmiy va
texnologik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan rivojlantiradi. U
o‘quvchilarning aniq, tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlanishiga
qaratilgan o‘quv dasturiga asoslanadi. STEM – olti bosqichdan iborat: savol,
muhokama, dizayn, tuzilish, test, rivojlanish. Ushbu bosqichlar loyihaning asosi
hisoblanadi. O‘z navbatida, o‘quvchilar bir jamoa sifatida barcha imkoniyatlardan
790
foydalanish, birgalikda harakat qilish, undan foydalanish ijodkorlik va
innovatsiyalarning asosidir.
Shunday qilib, ilm-fan va texnologiyalarni bir
vaqtning o‘zida o‘rganish va uni qo‘llash ko‘plab yangi innovatsion loyihalarni
yaratishga yordam beradi. Bu loyihalarda albatta “san’at”ning imkoniyatlari
kengdir.
Dostları ilə paylaş: