Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə352/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   373
innovatsion

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 
1.
Mirziyoyev.Sh.M. gazeta.O‘zbekiston ovozi .25 iyul.2018 yil 
2. Ibragimov X.I., Аbdullaeva Sh. А. Pedagogika nazariyasi .T.: Oʼzbekiston 
Faylasuflari milliy jamiyat, 2010. 
3. .E.G‘oziev . Pedagogika psixologiya.-O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati 
nashriyoti. Toshkent- 2010 
4. Nishonova S. va Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. T 
– 2009 y 
5.Nishonova.Z.Т. Psixologiya tarixi Т-2002 y. 
O‘QUVCHILAR SHAXSIGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNING 
VOSITALARI 
M.M.Otayeva, 
Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman 17-umumta’lim 
 maktabi o‘qituvchisi
Ta’lim-tarbiya jarayoni sifati samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan ta’lim 
vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’lim jarayonini 
amalga oshirishda yordam beruvchi vositalarga ta’lim vositalari deyiladi. Ta’lim 
vositalari uchga bo‘linadi: aniq, texnik va chop etilgan o‘quv materiallari . Aniq 
ta’lim vositalarga o‘qitishda qo‘llaniladigan barcha aniq vositalar, xususan: 
mashina, taraktor, jihoz, dastgoh, tayyor mahsulotlar va hakozalar kiradi. Texnik 


943 
vositalarga proektor, kino apparat, o‘quv televideniyasi, vediomagnitafon, 
kompyuter vediofilmlar, multimedia va boshqalar kiradi. Bundan tashqarii sinf 
doskasi, doskastend, doska-bloknot, kodoskoplar ham texnik vositalarga kiradi. 
Chop etilgan o‘quv materiallariga barcha chop etilgan o‘quv va ko‘rgazmali 
materiallar kiradi. Jumladan, darslik, o‘quv qo‘llanmalari, tarqatmali materiallar, 
ishchi varaqalari, nazorat (test) varaqalari, ma’ruza matnlari, jadvallar, yo‘l-yo‘riq 
xaritalari, topshiriq kartochlari va boshqalar. 1. O‘qituvchi uchun vositalar: o‘quv 
predmetini o‘qitish metodikasi bo‘yicha qo‘llanmalar, shaxsiy metodika, murakkab 
masalalar bo‘yicha metodik tavsiyalar, o‘qituvchilar tomonadan tayyorlangan 
metodik ishlanmalar, mantiiqiy struktura va boshqalar. 2. O‘quvchi uchun vosita: 
darslik, o‘quv qo‘llanma yoki o‘qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, yo‘l-
yo‘riq xaritalari, topshiriq kartochkalari va boshqalar. 3. Dars o‘tish uchun vosita: 
plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, 
laboratoriya Amaliy ishlarini o‘tkazish uchun jihozlar, diafilm va boshqalar. 
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to‘ldirishi ya’ni uyg‘unlashuvi 
kerak. Chop etilgan o‘quv materiallari ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlashi va 
ularning faollashuviga ko‘maklashadi. Shuningdek, o‘qituvchi uchun yuqorida
keltirilgan ta’lim vositalarini dars o‘tish jarayonida to‘g‘ri tanlashi muhim 
ahamiyatga egadir. Sinf doskasi – o‘quv materialini vizual namoyish qilishning 
an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o‘quv materialining asosiy tayanch 
nuqtalarini belgilashdi yoki biror narsani tez yozish lozim bo‘lganda foydalanish 
juda qulaydir. Bundan tashqarii sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o‘quv 
xonasida mavjud. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada 
yozilganlarni o‘chirishga to‘g‘ri keladi, avval yozilganlarni qayta ko‘rsatish imkoni 
bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, o‘qituvchi doskaga yozayotganida tahsil oluvchilarga 
teskari holatda bo‘lib, uni eshitish qiyin bo‘ladi. Doska-stend – mashg‘ulotlarda 
o‘quv munozaralari, aqliy hujum, guruh ishlari va boshqa muhokamalar natijalarini 


944 
hujjatlashtirishda foydalaniladigan o‘qitishning texnik vositasidir. Bunda, stendga 
o‘sha kattalikdagi qog‘oz qo‘yiladi va unga turli rangdagi hamda shakldagi 
kartochkalar yopishtiriladi. Mashg‘ulot davomida stenda mazkur kartochkalar 
yordamida ilovalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin. Uning 
afzalligi shundaki, kartochka (ilova, tuzilma, sharh) lar joylashuvini xohlagan 
vaqtda o‘zgartirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, doska-stend bilan ishlaganda 
qisqa vaqt davomida barcha tahsil oluvchilarning fikr-mulohazalari va g‘oyalarini 
qamrab olish va qayd etish imkoniga ega bo‘linadi. Kodoskop (grafoproektor) – 
shaffof plyonkadagi tasvir (slayd) niekranga proeksiyalash uchun qo‘llaniladigan 
jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, 
shuningdek, guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. 
Kodoskop foydalanish uchun qulay, moslashuvchan vosita bo‘lib, bir marta 
foydalangan plyonkadan ko‘p marta foydalanish mumkin, bundan tashqarii doska 
bo‘lmagan hollarda asosiy tushunchalar, g‘oyalar va natijalarni o‘qituvchi 
plyonkaga flomaster yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozib ko‘rsatishi mumkin. 
Tarqatmali materiallar – ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid 
asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo‘lmagan (1, 2 varaq) 
yozma o‘quv materiali hisoblanadi. Mazkur materiallar Mashg‘ulot ishini qiziqarli 
qilish imkonini berib, ko‘p hollarda ta’lim oluvchilar uchun mustaqil ravishda 
o‘qib chiqib muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Xulosa qilib aytadigan 
bulsak, ta’lim-tarbiyaning sifati samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan 
o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning ta’lim vositalari ta’minlanganligiga va moxirlik 
bilan qo‘llashga bog‘liq.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin