Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


MILLIY KUYLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   373
innovatsion

MILLIY KUYLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI 
D.N. Tag‘oyeva 
 
BuxDUPI o‘qituvchisi

Sh.A. Abdullayeva 
 
1-MUS-21 guruhi talabasi

Annotatsiya. 
Maqolada milliy musiqa va uning yoshlar hayotidagi 
o‘rni,uning tarixi o‘rganilgan. Hozirgi zamonda milliy musiqaning o‘rni va uni 
rivojlantirishdagi prezident qarorlari va qanday qilib yoshlarga tatbiq qilish 
to‘g‘risida aytib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: 
maqom milliy musiqa, djazz, zamonaviy estrada, prezident 
qaror va farmoyishlari, Munojot Yo‘lchiyeva. 
Hech qanday narsa musiqa kabi tez tarbiyamizga ta’sir etmaydi. Birgina 
eshitishimiz orqali yurakka yaqin boradi. Musiqa bizni tarbiyamiz, kayfiyatimizga 
tez ta’sir qiluvchi ruhiy hodisa. Inson ruhiyati sokinlik, quvonch va nafrat 
oralig‘ida, muhabbatga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj zamirida ruhiy sokinlik 


928 
dolzarblik kasb etadi. Diniy, ijtimoiy omillar sabab inson ruhan va qalban taskin 
topadi. Bu taskinlik musiqa orqali yanada sokinlik yoki ijobiy mativatsiya oladi. 
Bugungi kunda san’atning juda ko‘p turlari bor. Masalan rep, rok ,pop 
djazz va boshqalar . Bu musiqalar kayfiyatni ko‘taradi odamga quvvat beradi, lekin 
bu vaqtinchalik bo‘ishimumkin.Bu musiqalar bizga quvvat bersa ham yurakni 
tinchlantira olmaydi. Bugungi kunda to‘yxonalariga borsangiz, sho‘xchan rok va 
zarbli tebranishlardan yurak faoliyati buzilib, qon bosimi ko‘tarilishini kuzatish 
mumkin. Inson ruhan orom ololmaydi. Bunday musiqalar tarbiyamizni ijobiy 
tomonga o‘zgartira olmaydi. San’atsevar insonlar uchun milliy musiqa har doim 
birinchi o‘rinda turadi. 
Shuning uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
milliy musiqalarga katta e’tibor beryaptilar.Yangidan yangi maqom maktablarini 
ochyaptilar. Milliy musiqani rivojlantirish uchun maqom yo‘nalishidagi ijod 
qiladigan jamoa, ansambllar 2023-yilgacha soliq to‘lovlaridan ozod etilgan
114
.
 
Milliy musiqa odamni tinchlantiradi va tarbiyaviy tomonlama eng yaxshi 
asarlar sirasiga kiradi. Shunday kuylarimizdan biri Tanovordir. Tanovor –(forscha
jasur,qudratli,kuchli) degan manoni bildiradi. Tanovorga chiroyli raqsni 
birinchilardan bo‘lib 1943-yil M. Turg‘unboyeva ijro etgan. M.Turg‘unboyeva 
ijrosida kuy nafosati go‘zallik va orom baxsh etganligini ko‘rish mumkin. Bu 
raqsni u yurakdan ijro etgan. Bu raqs o‘zbek qizining sevgilisi bilan uchrashishi va 
visolga yetishishi muqarrar ekanligi o‘sha davr qizlarining ibo-hayosi uyalishlari 
nozlari ko‘rsatib berilgan .
O‘z davrining shoh asarlaridan biri bo‘lgan Tanovor 
asarida: 
Sayqal ishqing jonlar tandadur jon-jonay 
O‘zim har joydaman ko‘nglum sendadur-ey jon-jonay 
satrlarida yorga muhabbat ollohga muhabbati ko‘rsatilgan o‘zi har joyda bo‘lsa 
ham ko‘ngli ollohda yoki onasi, yorida bo‘lishi aytilgan . Kimdir bu satrlarni o‘qib 
114
PQ3391-son 17.11.2017.O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora -tadbirlari to‘g’risida. 


929 
ollohni kimdir onasini yana kimdir boshqa narsani eslar. Bu odamning niyatiga 
bog‘liq. Go‘zal satrlar ostida yashiringan mazmun Shoir chiroyli qofiyalar bilan 
shunday go‘zal satrlarni yozgan. Shu kabi go‘zal kuylarni XIX-XX asrlarda to‘y 
marosimlar, bayram tadbirlarimiz “Tanovor”, laparlarsiz yoki yor-yor, 
o‘lanlarimizsiz o‘tmas edi. Afsuski, XXI-asrga kelib biz milliy musiqamizni emas 
balki chet el estradasi, djazz, zamonaviy yo‘nalishdagi musiqalarni tinglaymiz. 
O‘zimizni milliyligimizni bildirib turadigan milliy musiqalarni kam eshitamiz. 
Milliy musiqa odamga huzur bag‘ishlaydi, ruhan tinchlanadi. Xo‘sh, aytingchi 
djazz, chet el musiqalari bizni tarbiyalay oladimi? Ruhan tinchlantiradimi? Oddiy 
tajriba bilan sinab ko‘rsak, hozirgi to‘y marosimlarga borsak zamonaviy 
musiqalarni eshitamiz, marosim tugagandan keyin miyyamiz g‘ovullab 
quloqlarimiz yopiladi. O‘zimizni charchagandek his qilamiz. Milliy musiqani 
qanchalik baland qilib qo‘ysak ham eshitishdan quloqlarimiz charchamaydi. Unda 
nega yoshlarimiz milliy musiqani kam eshitishyapti? Yoshlarimizning aksariyati 
zamonaviy musiqani eshitishadi. Bunda ota-onalarimizning ham aybi bor. Ona 
vujudida jajji farzandini ko‘tarib, unga ilk tarbiya berishga tayyorlanadi. Farzand
dunyoga kelganidan keyin, ona oldida dolzarb vazifa turadi. Ona barkamol 
xotirjam, sokin muhitda farzandini go‘zal fazilatlar orqali kamol topib o‘sishini 
xohlaydi. Ona farzandiga Alla aytish orqali farzandiga musiqaga ilk muhabbatini 
uyg‘otadi. Sokin kuy va ona so‘zi bilan ilk bor go‘dak orom olar ekan uning ruhi
taskin topadi va shirin uyquga ketadi. Ona o‘z allasida farzandiga qalb qo‘rini,orzu 
istaklarini, kelajak rejalarini kuylab beradi. Qadimdan momolarimiz juda dono, 
oqila ayollar bo‘lganligini o‘sha davrda aytilgan alla satrlaridan ham bilsak bo‘ladi. 
Hozirgi onalar alla aytib biladimi? XXI asr chaqaloqlarining hammasi ham 
alla eshitishdimi? Alla onaning dilidan chiqadi. Agar allada chin yurakdan duo 
qilib alla aytilsa albatta ijobat bo‘ladi. Ammo, ayrim zamonaviy onalar allani 
telefondan qo‘yishadi. Qanday qilib milliy kuylarning mazmun mohiyatini 


930 
tushunsin . Onaning yuragidan chiqqan so‘zlarni bizga hech qachon telefon yoki 
boshqa narsa bera olmaydi. 
Shuning uchun bolani yoshligidan milliy urf-odatlar va milliy kuylarni 
tinglashni o‘rgatishimiz kerak. Bunda avvalo o‘zimiz milliy kuylarni ko‘proq 
tinglab uni mazmun mohiyatini tushunmog‘imiz darkor. Milliy kuy o‘zimizni 
o‘zligimizni ko‘rsatib beradi. Shuning uchun muhtaram prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyevning maqomni rivojlantirish uchun 2019-yil 26- fevralda “Xalqaro 
maqom san’ati anjumani o‘tkazish to‘g‘risi”dagi farmoyish e’lon qilindi. 
Farmoyishga muvofiq 2019-yil 1-apreldan boshlab Respublika va jahon miqyosida 
anjuman targ‘iboti tashkil etildi. Xalqaro maqom san’ati anjumani O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017-yl 17- noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom 
san’atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 
Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan. Shunday 
sharoitlarga qaramasdan ayrim yoshlar milliy musiqani kam eshitishadi. Milliy 
musiqa kam eshitishimiz milliy qadriyatlar va milliyligimizni yo‘qolib borishidan 
dalolat beradi. Nega bobo-buvilarimizga hozirgi estradamizning ayrim musiqalari 
yoqmaydi? Chunki hozirgi estradamizning ayrim musiqalarida mazmun mantiq 
yo‘q, so‘zlari bir-biriga mos kelmaydi. Afsuski, estradamizning ayrim musiqalari 
talabga javob bemaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan o‘zbek milliy musiqani 
rivojlantirayotgan va chet davlatlarga tanitayotgan shaxslardan biri Munojot 
Yo‘lchiyevadir. U milliy kuy va maqom san’atimizni chet davlatga tanitayotgan 
shaxslardan biri. Sharq taronalari 1-xalqaro festivalida maqom ijro etib 1- o‘rin 
sohibasi bo‘lganlar. Milliy kuylarni ijro etganlari uchun qanchadan-qancha 
mukofotlar sohibasi. 
Musiqa san’ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga 
kuchli ta’sir etadi. Oilada, bog‘chada, maktabda musiqa mashg‘ulotlarini 
maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va 
san’atni to‘g‘ri tushunishdagi samarali yo‘ldir. Musiqa inson his-tuyg‘ularini, orzu-


931 
umidlarini, xohish-istaklarini o‘ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-
tuyg‘ulariga faol ta’sir etadi. Musiqa ham fan, ham san’atdir. U fizika va 
matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa 
asariga shu fanning turg‘un tushunchasi sifatida qarab bo‘lmaydi. Chunki musiqa 
har doim rivojlanib turuvchi jonli san’atdir. Musiqa san’ati inson hayotining ilk 
yillaridanoq uning hayotiy hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga 
salmoqli hissa qo‘shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo‘ldoshi. Stendalning 
aytishiga ko‘ra, musiqa – san’at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, 
uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. “Musiqa san’atning ifodali turi 
tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea- hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u 
me’morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o‘lchovlari bilan belgilanmaydi. 
Musiqa ko‘rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui 
o‘z xususiyatiga ega bo‘lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab 
ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma’naviy dunyosini, uning tuyg‘u va 
kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg‘uli qiyofasini yaratadi”.
5
Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati 
murakkab hissiyot bo‘lib, u hech narsa bilan bog‘lanmagan. Kayfiyat 
umumlashgan xususiyatga ega bo‘lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib 
tashlanadi va insonning voqelikka bo‘lgan tuyg‘u munosabatini belgilaydigan eng 
muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, 
qayg‘urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o‘xshash inson 
ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o‘zaro bog‘liqlikda, bir-biriga singib 
ketishida namoyish qila oladi. 
Milliy musiqa odamni tinchlantiradi. Keyin bola maktab yoshiga yetganida 
maktabga boradi. Maktablarda ham musiqa fani o‘qituvchisi maqom nima? Milliy 
musiqa kuylagan san’atimiz darg‘alari haqida har dars 2 daqiqa vaqt ajratsa 
bolalar oltin merosimiz bo‘lgan “Shashmaqom” va boshqa milliy musiqalarni 
tarixini oz bo‘lsa ham biladi. Oliy ta’limda ham har xil ko‘rgazmalar va tadbirlar 


932 
orqali milliy musiqani yoshlarga tatbiq etish uni rivojlantirishga ozgina bo‘lsa ham 
hissa qo‘shgan bo‘lamiz
Hozirgi davrdan kelib chiqib milliy musiqani rivojlantirish uchun maqom va 
milliy kuylarni video rolik taxlab ijtimoiy tarmoqlarga qo‘ysak bo‘ladi. Milliy 
musiqani kuylagan xonanda va sozandalarni hayoti va uning ijodini ommaviy 
axborotlar orqali ko‘rsatishsa yoshlarga milliyligimizni tatbiq etgan bo‘lamiz va 
shunday oltin merosimizdan hamma bahramand bo‘ladi. Insha olloh bizning milliy 
musiqamiz dunyodagi eng zo‘r musiqalar qatorining birinchi o‘rinida turadi. 
Xulosa o‘rnida shuni aytishim mumkinki, dunyoda musiqachalik hech bir 
narsa bizning qalbimizga tez kirib bormaydi.Musiqa insonni tarbiyalaydi, uni 
ruhan tinchlantiradi. Musiqani tarjima qilish shart emas uni yurakning o‘zi 
tanlaydi. Yurakning o‘zi milliy musiqani milliy qadriyatlarni tanlasa, bu jism 
sog‘lom, ruh pok, yuksak ma’naviyat sohibi ekanligimizning nishonasi bo‘ladi. 
Demak, milliyligimiz o‘lmaydi, u shu tan va ruhda barqaror yashaydi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin