Language portfolio - a tool for self-realization of professional-
language competencies of a student.
International Scientific Journal ISJ
Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 11, volume 79 published
November 30, 2019 of publication with Impact Factor.
3.
Шодиева Д. Ю. Международное сотрудничество как эффективный путь
реализации
русского
языка
с
функциональной
точки
зрения
http://www.esa-conference.ru/
173
4.
Шодиева Д.Ю. Языковой портфель как инструмент самореализации
профессионально-языковых
компетенций
студента.
Международный
аспирантский вестник. Русский язык за рубежом. eLIBRARY ID: 44487585.
2020/4 30-35.
5.
D. Y. Shodieva. Рroject work on the acquisition of general and professional
language competencies by students of universities of social and humanitarian
areas.
Рindus journal of culture, literature, and elt. 2022/2/15.
https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&
.
“RISOLAI AZIZA” “SABOT UL-OJIZIN”NING SHARHI SIFATIDA
Vaxobova Shoxida Tolibovna
Buxoro davlat universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
2-bosqich magistranti
Sharh-arabcha izohlash,tushuntirish degan ma’nolarni anglatadi. Sharh so‘zi
izohli lug‘atlarda dastavval kitobning matniga izoh berish,ma’lumot berish sifatida
izohlanadi. Asarlarda, tarjima va hujjatli nashrlarda matnning mazmun-mohiyatini
tushuntirib
berishda
qo‘llaniladi.Sharh
muallif,noshir,mutaxassis,tarjimon
tomonidan tayyorlanib,ma’lum bir asar yoki matnning tarixi,uning boshqa voqea-
hodisalarga,fanlarga,shaxslarga,zamon
va
makonga
bog‘liqligi
xususidagi
ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.Sharhda muallif ishora etgan ba’zi voqea yoki
faktlar u yoki bu sabab bilan oshkora yozilmagan yoki yozilishi lozim topilmagan
narsalar talqin qilinadi,ba’zi so‘z,so‘z birikmasi va iboralarning mohiyati ochib
beriladi.Sharh qisqa va foydalanishga qulay bo‘lib,odatda,matndan keyin alohida
maqola yoki ma’lumot tariqasida joylashtiriladi. Mumtoz asarlarga sharh alohida
kitob shaklida ham berilishi mumkin.
O‘zbek adabiyotida sharh yozish an’anasi,umuman sharh ilmi Qur’oni
karim bilan chambarchas bog‘liq. Bizgacha yetib kelgan ba’zi adabiyotlar sharh
yozish an’anasini ilmi balog‘at, ilmi bayon bilan bog‘laydi.
174
“…Qur’oni karimdagi bu tariqa nozik o‘rinlar haqida kitob yozishga ehtiyoj
tug‘iladi va Abu Ubayda Ma’mar ibn al-Musanniy al-Basriy tomonidan “Majoz
ul-Qur’on” asari vujudga keladi. Bu ilmga bag‘ishlab hijriy ikkinchi asrdan
kitoblar yozila boshlangan. Ilmi balog‘a dastavval Qur’oni karim oyatlarini
sharhlashga ehtiyoj tufayli paydo bo‘lgan. Mahmud Zamaxshariy o‘zining “Al-
Kashshof” asariga yozgan muqaddimasida balog‘at ilmining ahamiyati haqida
shunday yozadi: “...faqih fatvo ilmida eng mashhuri bo‘lsa ham, mutakallim butun
dunyoni o‘zining so‘z san’ati bilan lol qoldirsa ham, hofiz Ibn Qirriyadan ham
zehnliroq bo‘lsa-da, nahvchi Sibavayhidan ham bilimdon bo‘lsa, lug‘atshunos har
bir so‘zni mohirona sharhlasa-da,ularning barchasi maoniy va bayon ilmini
bilmay,Qur’on ma’nolarini tushunishga,haqiqatni bilishga ojiz bo‘ladilar”
63
Demak,ilmi bayon sharh ilmiga asos vazifasini o‘tagan.
“Sabot ul-ojizin” So‘fi Olloyorning masnaviy shaklida yozgan asari bo‘lib,
Islom aqidasi, masalalari Qur’oni karim va sunnat talablari adabiy yo‘nalishda
yoritilgan. Asarning bayon uslubi va tilida arabiy, forsiy va yana boshqa
lahjalardan
so‘zlar
ko‘p
ishlatilganligi
masnaviyni
tushunishni
ancha
qiyinlashtirgan. Shu sababli "Sabot ul-ojizin” ni sharhlash ehtiyoji paydo bo‘lgan.
“Risolai Aziza” sharhi tatar olimi Tojuddin Yolchiqul o‘g‘li tomonidan o‘zining
Aziza nomli qiziga bag‘ishlab sharhlangan. Sharh muallifi XVIII-XIX asrlarda
yashab ijod etgan. “Sabot ul- ojizin” asarining sharhi “Risolayi Aziza” da
keltirilgan muallif haqidagi ma’lumotlarda chalkashliklar va xatoliklar borligi
olimlarimiz tomonidan isbotlangan
64
. Ushbu sharh kitobi 1797-yil Qozonda, 1847-
yil Sankt-Peterburgda,, 1850-yil Qozonda, 2000-yil O‘zbekistonda nashr
qilingan. “Risolai aziza” sharhi Botirbek Hasanov tomonidan tuzilib, nashrga
tayyorlangan.
63
Shuhrat Sirojiddinov,Dilnavoz Yusupova,Olimjon
Davlatov.Navoiyshunoslik[матн]Q.1:darslik/Sh.Sirojiddinov[va boshq.].-Тошкент: «TAMADDUN»,2018,278-bet
64
Sh.Sirojiddinov.So‘fi Olloyor ilohiyoti.Imom al- Buxoriy xalqaro jamg’armasi nashriyoti,-T.: Rashid Zohid.Sabot
ul-ojizin.-T.: Turon zamin ziyo,2015
175
Sharh kitobi 87 qismdan iborat. Dastlabki qism So‘fi Olloyor haqida,
“Risolai Aziza” “Sabot ul ojizin” sharhi va Basmalai sharif bilan boshlangan.
So‘nggi bob esa “Xotimat ul-kitob” “So‘zni ko‘toh qilib,kitobni xatm qilmoqlari”
deb nomlanib sharhlangan.
“Risolayi Aziza” sharh kitobida baytlarning umumiy mazmuni izohlangan.
Bayt mazmuni shakl bilan emas,balki umumiy mazmunga e’tibor qaratilgan.
Mazkur sharh muayyan manbani o‘rganishda mazmun izohi bilan chegararalanish
sharhni faqat o‘sha manba uchun xoslab qo‘ygan…mazmun tadqiqi bilan parallel
ravishda shaklga ham jiddiy e’tibor qaratilsa,mazmunlararo umumiylik va xusiylik
farqlanadi.Hosil bo‘lgan tizimdagi o‘zgarishlar jarayonini kuzatish, ularning o‘zaro
munosabatidagi takrorlanuvchi holatlardan qonuniyatlar tug‘iladi
65
.
Ushbu sharhda asarning tarbiyaviy ,ta’limiy jihatini yoritish maqsad
qilingan. Masalan, Hazrat Rasululloh sollallahu alayhi va sallam sifatlarining
bayoni bobining dastlabki bayti “ Durudi beadad hodiyi ding‘a, Rasuli “rahmatan
lil olamin”g‘a” shunday sharhlanadi:Sonsiz salavot ul payg‘ambar alayhissalomga
bo‘lsinki, u dunyo xalqini to‘g‘ri yo‘lga soldi.O‘zi ham dunyoga rahmat uchun
yaratilgan Payg‘ambardir.Baytdagi bu ma’no Qur’oni Karimning “Anbiyo”
surasidagi 107-oyatda yoziqlidir. Ko‘rib turganimizdek bayt sharhi har bir
izohtalab so‘z bilan birma-bir bog‘langan emas. Sharhlashda qisqa va aniq,lo‘nda
tushuntirish,umumiy mazmunni ifodalash orqali yoritilgan. Baytdagi durud so‘zi
maqtov,salom,duo, hodiy so‘zi esa to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi ma’nolarini bildiradi.
Sharhda ishora qilingan “Anbiyo” 107-oyatida: “(Ey Muhammad alayhissalom)
darhaqiqat, Biz Sizni barcha olamlarga vaqat rahmat(ya’ni Allohning rahmati)-
jannatiga yetaklaguvchi qilib yubordik”
66
deb yozilgan.
Mazkur bobning uchinchi: Emas mavjud aningdek guhari pok,Dalil uldurki,
keldi toji “lav-lok” baytining sharhi : “Yer yuzida yaratilgan jamiki jondorlar
ichida bir guhari pok bor.U ham bo‘lsa, Payg‘ambarimiz Muhammad
65
Рашид Зоҳид.Сўфи Оллоёр. “Саботул ожизин” шарҳи.Равойихур райҳон.-Т: “Sharq”,2018.6-b
66
Рашид Зоҳид.Сўфи Оллоёр. “Саботул ожизин” шарҳи.Равойихур райҳон.-Т: “Sharq”,2018.26-b
176
alayhissalomdir.Zero, Haq Taolo hazratining bu dunyoni yaratmog‘ining sababi
Payg‘ambarimizga qaratilgan ishqdir.Shu sababdan Alloh taolo uning boshiga
madh tojini kiydirdi.
67
Baytdagi guhar so‘zi gavhar so‘zining talaffuzi o‘zgargan shakli. Baytda
ta’kidlangan dalilning asl manbasi keltirilmagan, ammo umumiy mazmun berilgan.
“lavlok”-“Agar sen bo‘lmaganingda falaklarni yaratmas edim”
68
qudsiy hadisining
dastlabki jumlasi.Ishora ham aynan hadisga qaratilgan.
Yuqoridagi bobning quyidagi “Tushurmay yer yuzig‘a soyasini, yeturdi
Arsh uyig‘a poyasini” bayti sharhi: “Gap borki,Payg‘ambarimizning ko‘lagasi
yerga aslo tushmagan.Chunki uning ichkarisi va tashqarisi nur edi.Nurda esa soya
bo‘lmaydi.Uning martaba va buning kabi mo‘jizotlari Arsh egasi Allohdandir”.
Sharhning dastlabki qismida -ki yuklamasi yordamida ergashgan qo‘shma
gapdan foydalanilgan. Qolgan qismi esa sodda va ixcham gaplardan iborat.
Baytdagi Arsh so‘zining lug‘aviy ma’nosi taxt.Allohning arshi deyilgan butun
bashar zoti uchun faqat nomigagina ma’lum cheksiz joy tushuniladi
69
Hazrati
Muhammad Alayhissalom nurdan yaratilganligi uchun u kishining soyalari yo‘q
edi.Alloh taolo payg‘ambarimizning soyasini yerga tushirmadi. Arsh uyiga ya’ni
Alloh uyiga qadamini yetkazdi deyilganda, Me’roj tuni nazarda tutilgan.
Bu parchalardan shuni xulosalash mumkinki, “Risolai Aziza” sharh kitobida
har bir bayt nasriy bayon qilinib, sodda va o‘qiguvchilarga tushunarli tarzda, zarur
hollarda Qur’oni karim va hadislarga ham ishora qilingan. Sharh kitob o‘z davri
uchun muhim ahamiyat kasb etgan va hozirgi shar ilmi uchun ma’lum bir zamin
vazifasini bajargan.
Dostları ilə paylaş: |