Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Hoshimov O‘. “Ikki eshik orasi” Toshkent: Sharq nashriyoti –2016-yil
bet-159.
2.
Hayitov H.A. “O‘tkan kunlar” romanida kulgiga asoslangan
diologlar” Til va adabiyot ta’limi jurnali – 2021-yil 7-son bet-22.
3.
Hayitov H.A. “Elements of folk square laughter in the first uzbek
novels” Multidisciplinary research jurnali – 2021-yil bet-119-122.
4.
Hayitov H.A. Hajviy-yumoristik asarlarda kulgi uyg‘otishda
makoronizmlarning o‘rni va roli. Qoraqalpog‘iston “Tamaddun nuri” 2021-yil bet
51-54.
NEKRONIMLAR HAQIDA MA’LUMOT
Aglamov Toxir Xusainovich
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi
Vafot etgan ajdodning sha'niga berilgan (qo‘yilgan) ism nekronim deb
ataladi.
Agar sizning ota-onangiz zamonaviy modaga xos ravishda sizga Moskva
yoki Buxoro degan nomlarni berishmagan bo‘lishsa ajablanmang, unda sizni yaqin
kishingizni nomi bilan atashgan.
Ko‘p holatlarda ism – bu vafot etgan odamlar haqidagi xotiradir: ular vafot
etgan, ammo nomi yashaydi. Aynan shu sababli bunaqa ismlar – umumiy qilib,
g'ayritabiiy (vahimali) bo‘lgan atama – “nekronim” deb ataladi.
Bu so‘z grekcha “nekros”- yoki o‘lik (o‘lgan), va onoma, ya'ni nom (ism)
degani. O‘lgan (vafot etgan, dunyodan o‘tgan) odamlarning ismlariga qanday
munosabatda bo‘lish haqida turli xalqlar turlicha fikrga ega. Masalan ba'zi xalqlar
211
o‘lgan odamlarning haqiqiy ismlarini hech qachon atashmaydi - bu ta'qiqlangan –
“tabu”. Buning o‘rniga o‘lgan odamlar haqida ko‘chma ma'noda gapirishadi.
Boshqa halqlarda esa o‘lgan qarindoshlarining ismini bolaga berishadi.
Ba'zan meros bo‘lib faqat narsalar emas, ismlar ham o‘tadi.
Nekronimlarning ishlatilishi, ko‘pincha, tarixchilarni chalg'itadi. Turli tug'ilganlik
to‘g'risidagi guvohnomalarda faqat bir xil ism turishi mumkin, ammo o‘tmishda
ish yuritilishining achinarli ahvolda bo‘lganligi sababli ilgari vafot etgan bir xil
ismli odamlarni bir-biridan ajratish bugungi kunda mushkuldir.
Sigetiye Idzumi fikrimizga yorqin misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin:
ehtimol u 1865 yilda tug'ilib, 1986 yilda esa vafot etgan va «Ginnes rekordlar
kitobida» dunyodagi eng keksa odam sifatida qayd qilingan. Biroq bu yerda bir
emas, ikki kishi bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Idzumi 1880 yilda tug'ilgan
bo‘lishi va uni u tug'ilgan vaqtda vafot etgan akasining nomi bilan atagan
bo‘lishlari mumkin.
Fransuz etnologi Klod Lev -Strossning “Ibtidoiy fikrlash” nomli maqolasida
keltirilishicha, Borneo o‘lkasi xududlarida yashovchi «Penan» ko‘chmanchi
qabilasida yoshi yoki oilasidagi vaziyatdan kelib chiqqan holda penan uch turdagi
termin bilan nomlanishi (atalishi) mumkin.
Jumladan, o‘zining nomi bilan, yoki teknonim (falonchining otasi,
falonchining onasi) bilan, yoxud sub'ektning vafot etgan qarindoshiga bo‘lgan
oilaviy aloqadorligini ifodalovchi (“otasi vafot etgan kishi”, “jiyani vafot etgan
kishi”) “nekronim” bilan atalishi mumkin.
G'arbiy penanlar esa qarindoshlik darajasi, vafot etgan kishining yoshi, jinsi
va bolalarning tug'ilganlik navbatini (to to‘qqizinchisigacha) inobatga olgan holda
26 tadan kam bo‘lmagan nekronimlarga ega bo‘lishgan.
Bu nomlarning ishlatilish qoidasi o‘ta murakkabdir. Sodda qilib aytganda,
to‘ng'ich avloddagi qarindoshlarning birortasi vafot etgunga qadar bolani shaxsiy
ismi bilan tanishadi.. Agar vafot etgan kishi uning bobolaridan biri bo‘lsa, bolani
212
bobosining ismi bilan, ya'ni Tupu deb atay boshlashadi. Mabodo otasining akasi
vafot etsa bolaning ismi Ilun bo‘ladi va boshqa qarindoshi vafot etgunga qadar
shundayligicha qolaveradi. Shunday qilib, u boshqa nom egasiga aylanadi.
Penan uylanib, farzand ko‘rgunga qadar olti-etti va undan ham ko‘p qator
nekronimlarni boshidan kechiradi. Birinchi bola tug'ilgandan so‘ng bolaning ota-
onasi ularning ushbu bolaga bo‘lgan aloqadorliklarini ifodalovchi bola nomi bilan
bog'liq bo‘lgan teknonimni olishadi. Ya'ni “Tama Auing”, Tinen Auing – “Auingni
otasi yoki onasi”. Agar bola vafot etsa teknonimning o‘rniga nekronim ishlatiladi:
“birinchi bo‘lib tug'ilgan bola vafot etgan”. Keyingi bolaning tug'ilishi natijasida
yuzaga kelgan yangi teknonim nekronimni siqib chiqaradi va h.k.
Aka-ukalarga nisbatan qo‘llaniladigan alohida dominant qoidalar ta'sirida
vaziyat o‘ta murakkab tus oladi. Jumladan, bolani barcha aka-ukalari va opa-
singillari tirik bo‘lsa uni o‘z nomi bilan atashadi. Qachonki kimdir vafot etsa, bola
nekronimni qabul qilib oladi: “katta (yoki kichkina) sibling vafot etdi”, biroq ukasi
yoki singlisi tug'ilishi bilan nekronim to‘xtaydi va sub'ekt yana o‘z nomidan
foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Bu izohda tushunmovchiliklar ko‘p; bizda savol tug'ilishi mumkin: “Qanday
qilib turli qoidalar, o‘zaro funktsional bog'liq bo‘lib ko‘rinishga qaramasdan, bir-
biriga ta'sir ko‘rsatishi mumkin?”.
Umuman olganda ushbu tizim 3 tipdagi davriylik orqali aniqlanadi: vis-a-
vis individ to‘ng'ich avlodga mansub qarindoshlari bilan nekronimdan nekronimga
harakatlanadi; vis-a-vis o‘zining aka-ukalari bilan avtonimdan (termin, ushbu
tizimdagi atoqli otlarni qaysi yo‘sinda belgilash qulay bo‘lishiga qarab)
nekronimga harakatlanadi; vis-a-vis o‘z farzadlari bilan, va nihoyat, —
teknonimdan nekronimga.
Biroq uch turdagi terminlar orasida qanaqa o‘xshashlik bor? Va uch turdagi
davriylik orasida qanday mantiqiy bog'liqlik bo‘lishi mumkin? Teknonimlar va
213
nekronimlar qarindoshlik aloqalariga yo‘naltirilgan, shunaday ekan, bular "nisbiy”
terminlardir.
Nekronimning asosiy xususiyati shundan iboratki – vafot etganlarning
nomlari tilga olinmaydi.
Misol uchun Nigeriyaning Dosso xududida yashovchi Zarma qabilasida
insoniyatni Taqdirning oldidagi kuchsizligiga nisbatan ismning ilohiy kuchga ega
ekanligiga qattiq ishonishgan. Juda kuchli o‘lat kasalliklari keng tarqalgan
zamonda bolalarning yashab qolishi ota-ona va jamiyat uchun jiddiy muammoga
aylangan. Bolalar orasidagi o‘lim darajasi juda yuqori bo‘lganligi sababli ota, ona,
bobo, buvi, tabibu hakimlar bolani o‘limdan qutqarib qolish uchun turli ayyorlik
yoki usullarni o‘ylab topishgan. Bolaga nom berish ham mana shunday
tadbirlardan biri hisoblangan.
Hisoblarga ko‘ra qo‘yilgan ismlarning ¾ qismi to‘g'ridan-to‘g'ri o‘lim bilan
bog'liq ismlar bo‘lgan. Bolaning yashab qolishini ko‘rish umidida bolaga
tug'ilganidan darhol vafot etgan ota-onasiga tegishli bo‘lgan nekronimni
qo‘yishgan. Ya'ni agar ushbu nomning egasini ilgari o‘lim olib ketgan bo‘lsa, u
holda hozir tug'ilgan ushbu nomning egasini o‘lim avf etishi mumkinligini ko‘zda
tutgan holda bolaga vafot etgan ota yoki onasining ismini qo‘yishgan.
Italiyada bolaga yoshligida vafot etgan opasi yoki akasining ismini qo‘yish
urf bo‘lgan. Ba'zan esa bolani qo‘shma nom bilan atashgan, ya'ni vafot etgan bir
nechta opasi yoki akalarining nomi bilan atashgan.
Bunday holat XX asrning boshlarida Frantsiyada kuzatilgan. Jumladan
bunday holat Korsikada Napoleonning katta akasi vafot etganida uning nomini
berishgan bo‘lsa, uning opasi Elizani uning vafot etgan katta opalarining ismlari
bilan – Mariya-Anna deb ham chaqirishgan.
Barcha dvoryan oilalarida uchragani kabi Napoleonning ota-onasining
hohishlariga ko‘ra, Napoleon ismi ham nekronim ta'siriga tushgan. Napoleon 13
farzandning ikkinchisi bo‘lgan. 13 farzandning 5 nafari yoshligida vafot etishgan.
214
Napoleondan tashqari uning 4 ta ukasi va 3 nafar singlisi yashab qolishgan.
Bo‘lajak imperatorning 1717 yilda tug'ilib, 17 avgust 1767 yilda vafot etgan katta
amakisini Napoleon deb atashgan. Ushbu Napoleonning akalarini - 31 may 1713
yilda tug'ilib, 13 dekabrь 1763 yilda vafot etgan akasini Iosif, imperatorning 8
yanvarь 1718 yilda tug'ilib, 16 oktyabrь 1791 yilda vafot etgan yana bir amakisini
Lyusьen yoki Lui deb chaqirishgan. Napoleonning ikki ukasiga amakilarining
nomlarini berishgan. Lyusьen Bonapart (1775-1840), Eliza Bonapart (1777-1820),
Lui Bonapart (1778-1846).
Fransuz yozuvchisi Fransua -Rene de Shatobrian u tug'ilishidan biroz oldin
vafot etgan akasi Fransuaning ismi bilan atalgan. Shuningdek, Fransiyaning sobiq
prezidenti Jak Shirakni ikkinchi ismi - vafot etgan opalaridan birining sharafiga
Rene deb atashgan.
Ispaniyalik mashhur mo‘yqalam sohib Salьvador Dali (to‘liq nomi
Salьvador Domingo Felipe Xasinto Dali i Domenek, markiz Dali de Pubolь) ning
1901 yilda tug'ilib, 1903 yilda vafot etgan akasini ham, uning otasini ham xuddi
shu nom bilan atashgan va h.k.
Afrika qit'asidagi Tanzaniya va Keniyada Suaxili qabilasida hamda
Amanzonda yashovchi Shimoliy Amerikaning mahalliy xalqi tlinkitlarda bolaning
ismiga «ish» (otasi) yoki «tla» (onasi) so‘zining qo‘shilishi orqali teknonimlar
hosil bo‘lgan.
Shimoliy Alyaskadigi Qirolicha Sharlotta orollarida yashovchi Xayda
qabilasida yangi bola dunyoga kelishi bilan nafaqat ota-onasining, hatto bobosi va
buvisining nomlari ham o‘zgarganligi kuzatilgan.
Arablarda ham shunga o‘xshash holatni kuzatish mumkin. Jumladan,
arablarda Hasan o‘g'il farzand ko‘rsa va uning otini “Zayn” deb qo‘yishsa. Shu
kundan boshlab Xasanning nomi o‘zgaradi va uni Abu Zayn (Zaynning otasi) deb
atay boshlashadi. Agar birinchi farzandning nomi Malik bo‘lsa, uning onasini
Ummi Malik, ya'ni Malikning onasi deb atay boshlashgan va h.k.
215
Bunday holat arablarda yoshi ulug'larga yoki jamiyatda yuqori mavqega ega
bo‘lgan shaxslarga nisbatan hurmat yuzasidan munosabatni ifodalagan bo‘lishi
mumkin.
Buxoro yahudiylarida vafot etgan katta qarindoshlarning nomlarini tilga
olish ta'qiqlanganligi, nekronim sababli teknonimning qo‘llanilishi kuzatiladi:
„nane -Iosif“ („Iosifning onasi“), „dadi-Iosif “ (Iosifning otasi) v.h.k.
Buxoro viloyati xududida yashovchi aholi orasida turmush o‘rtog'ining
nomini boshqalarga eshittirib aytish, begonalar orasida nomini aytib, chaqirish
odobsizlik yoki “maqsadga muvofiq emas” deb hisoblangan. Shu sababli ushbu
xududlarda hozirgi vaqtda ham teknonim qo‘llaniladi. Jumladan, er-xotinlar bir-
birlarini “oni Anvar” (Anvarning onasi) yoki “dadi Anvar” (Anvarning dadasi) deb
chaqirishlarini kuzatish mumkin.
Markaziy Osiyo xalqlari orasida bola tug'ilishi bilan unga munosib ism
tanlashga jiddiy e'tibor qaratishadi. Ko‘pgina holatlarda bolaga uning ko‘p yillar
yashab, barakali umr ko‘rgan, hayoti davomida obro‘-e'tiborga, yuqori martabaga
erishib, vafot etgan bobosining nomini qo‘yish urfga aylangan. Nom qo‘yish
marosimining tantanali ravishda el orasida nishonlanishi turli xududlarda turlicha
misol uchun Toshkent shahri va atrofida “aqiqa” deb nomlanishi kuzatiladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, nekronimlarda yer
yuzidagi xalqlarning boy tarixi, urf-odatlari, uzoq o‘tmishda yashash tarzlari,
shaxslarning jamiyatda, aholi orasida tutgan o‘rni, mavqei, hayoti haqidagi
ma'lumotlar aks etgan.
Dostları ilə paylaş: |