Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   373
innovatsion

Fonatsiya
-ovozning 
pasayishi 
yoki 
kuchayishi,pauza 
bilan 
yoki 
to‘xtamasdan, yo‘g‘on yoki ingichka gapirish so‘zlash jarayonida ma’lum axborot 
beruvchi qo‘shimcha faktorlar sanaladi.
Okulesika 
– ko‘zlar orqali ifodalangan noverbal aloqa verbal aloqaga 
nisbatan his-tuyg‘uga to‘la bo‘ladi. Faqatgina bir qarash orqali turlicha axborot 
yetkazish mumkin.
Fiziologlar 
ko‘zning 
noyobligini 
aniqlaganlar: 
ko‘zning 
birgina 
rangpardasida egizaklarda ham takrorlanmaydigan 250 dan ortiq xarakter asoratlari 
kombinatsiyasini sanash mumkin.
Charlz Darvin ko‘z harakati turli qalb holatlari bilan assotsatsiya hosil 
qilishini aytib o‘tgan. Rus va yevropa millatlari orasida kommunikantlarning nutq 
jarayonida bir-biriga tik qarab turishi ularning suhbatga bo‘lgan e’tiborini, 
qiziqishini va, albatta, bir-biriga bo‘lgan hurmatini ifodalaydi. Janubiy Yevropada 


207 
istiqomat qiluvchilar uchun yuzga uzoq termulib qarash oddiy holat hisoblanadi, 
yaponlarda esa bu holat haqorat hisoblanadi va ular aloqa-aralashuv jarayonida 
yuzga emas, bo‘yinga qarashni afzal ko‘rishadi. O‘zbek xalqida ham 
so‘zlovchining ko‘ziga tik qarab turish va termulish millat etikasiga zid 
hisoblanadi. O‘zbeklarda ma’lum bir predmetdan ko‘z olmaslik adresantning unga 
bo‘lgan qiziqishini, hayratini, savoliga javob kutayotganligini bildirib keladi: 
ko‘zlar kuladi, xafa bo‘ladi, uyaladi, g‘azablanadi, hayratlanadi, yig‘laydi, 
so‘raydi, javob beradi, imlaydi, izlaydi, kutadi, ko‘rsatadi, chaqiradi, gapiradi, 
umidlanadi, orzu qiladi, eslatadi va yana ko‘plab ma’no-mazmunlarni ifodalab 
keladi.
Aloqa-aralashuv jarayonida inson boshqa sezgi organlariga nisbatan ko‘ruv 
analizatori orqali 80%ga yaqin taassurot oladi va bu taassurot uning xotirasida 
uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Vizual kontaktning yana bir afzalligi mavjud: ko‘z 
uchun hech qanday lug‘atning keragi yo‘q. Ko‘z orqali yetkaziluvchi informatsiya 
barcha uchun, qaysi tilda so‘zlashmasin, tushunarli va his qilinishi osondir. 
Kinesika – o‘z ichiga imo-ishora, mimika, pantomimika kabi muloqot 
vositalarini birlashtiruvchi sistema. Paralingvistik kinesika faqatgina insonlarga 
xos bo‘lgan til kommunikatsiyasining bir qismi sifatida qaraladi. 
Kinemalarning 
muloqot 
jarayonida 
qo‘llanilishi 
barcha
paralingvistik  vositalar singari nutqni to‘ldiradi ta’sirchanligini oshiradi, o‘rnini 
bosadi. 
Paralingvistik vositalar ekspressivlikni ta’minlashga yordam beradi. 
o
Paralingvistik vositalar nutq jarayonida vaqtni tejaydi. 
o
Paralingvistik vositalar ayrim hollarda lingvistik vositalar o‘rnini ham 
egallaydi 
Paralingvistik vositalar juda xilma-xil bo‘lib, turli vaziyatda rang-barang 
kommunikativ vazifalar bajaradi. Nutq jarayonida fikr ifodalash uchun qarshilik 
qancha ko‘p bo‘lsa, paralingvistik vositalar shunchalik ko‘p ishlatiladi. 


208 
Fikr qarshiligi ham ikki xil bo‘ladi. Bu tashqi va ichki faktorlarga bog‘liq. 
Masalan kommunikatsiya ochiqligida yuz berib, suhbatdoshlarning masofasi uzoq 
bo‘lsa, yoki o‘zaro masofa yaqin bo‘lib, kuchli shovqin suhbatga xalaqit bersa, 
qo‘shimcha noverbal vositalarga imo – ishoralar va mimikalarga ehtiyoj kuchli 
bo‘ladi. 
Ichki sabablarga ko‘ra so‘zlovchi va tinglovchining sub’ektiv holatlari 
bilan bog‘liqdir. Xususan, tinglovchi (mor) yaxshi eshitmasligi mumkin. Bunday 
paytda ham imo – ishoralarning ishtiroki faollashadi. 
2. Imo – ishoralarning nutq stillari bilan ham bog‘liqdir. Tantanali nutq, 
so‘zga chiqishlarda imo - ishoralarning nutqni kuzatib borishi uning tasirchanligini 
ta’minlaydi. Verbal va noverbal vositalarning bir – biriga o‘rinli bog‘lab olib 
borilishi nozik (oratorning) yuksak maxorati belgisi hisoblanadi. Bunda 
talaffuzdagi oxangorlik, intonotsiya xam muhum rol o‘ynaydi. 
3. Nutq vaziyati ham belgilangan. O‘zaro fikr almash jarayonida yonidai 
kishilarga, sheriklariga sezdirmaslik yoki xalaqit bermaslik uchun kinetik 
vositalardan foydalanish zaruriyati tug‘iladi. 
4. Kommunikatsiya ochiq bo‘shliqda sodir bo‘lsa va fikr almashadigan 
kishilar o‘zaro uzoq masofada bo‘lib tovush etkazish imkoniyati qiyinlashishi 
natijasida ham imo – ishoralardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunda 
kommunikatsiyaning mazmuni va maqsadi oldindan belgilangan bo‘ladi. Faqat 
ayrim aniqliklar kiritishi mumkin xalos. 
Yuqorida k o‘rib o‘tganimizdek, imo - ishoralarning nutq tarkibidagi 
bajaradigan vazifasi bir xil emas. Ba’zan paralingvistik vositalar nutq bilan birga 
ishlatilib, uning ekspressiv stilistik ottenkasini kuchaytirish uchun xizmat qilsa, 
ayrimlari tejamkorlikka uchragan nutq birliklaridan ba’zilarining o‘rnini egallash 
(kompensatsiya qilish ) uchun ishlatiladi. Ya’ni bir gruppasi esa o‘zining kuzatib 
borishi lozim bo‘lgan verbal asosida tamoman uziladi va shu vaziyatda verbal 
vosita o‘rnida qo‘llaniladi. 


209 
Imo – ishoralarning bu uch vazifasi sinchiklab kuzatilganda, bir – biri bilan 
chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rinadi va birinchi ikkinchisidan kelib chiqqan deb 
hukum chiqarishga imkon beriladi. 
Aniq nutq vaziyatida ma’lum bir ma’no ifodalovchi imo – ishoralar shu 
nutq vaziyatini qayta hikoya qilib berish jarayonida ma’lum lingvistik birliklar 
yordamida tasvir qilinadi. Demak, har bir tilda imo – ishoralarni ifodalovchi bir 
qator fe’llar mavjud. Bu fe’llar semantik tomonidan ishora fe’llari deyiladi. 
Masalan : ko‘z qisdi, labini burdi va boshqalar. 
Insonning mimikalari, qo‘l harakatlari tabiiy va shartli xarakterga ega 
bo‘ladi. Masalan: labga qo‘ngan pashshani haydash uchun qilingan lab harakati 
yoki harakati tabiiy harakatdir. Chunki bu harakatlar tinglovchi uchun ham hech 
qanday axborot bermaydi. 
Tinglovchiga qarab turib boshning, ko‘z-qoshlar yordamida bir marta 
o‘ngga (ba’zan chapga) silkishi uning bu yerdan chiqib ketishi kerakligini 
bildiradi. Demak, ma’lum axborot beradi. Shuning uchun bu harakat shartli 
harakatga egadir. 
Shartli harakatga ega bo‘lgan imo-ishoralar belgi vazifasini bajaradi. Faqat 
belgi vazifasini bajaradigan imo-ishoralargina paralingvistik belgilar hisoblanadi. 
Imo-ishoralar ham ba’zan ko‘p ma’noli bo‘lishi mumkin. Uning qaysi ma’noda 
ishlatilayotganligini nutq vaziyati orqali bilib olishimiz mumkin. Masalan: “ko‘z 
qisish” harakati quyidagi ma’nolarni ifodalaydi : 
1. I. –Moro bo‘lsin, poshsho qiz ! Zuhra kelin qop – qora ko‘zini qisib 
qo‘ydi. (O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi” 159-bet). 
2. U. “Hozir bir narsa ko‘rsataman” degandek ko‘zini qisib qo‘ydi-da, tuya 
sandiq ustida taxlangan ko‘rpachalarni tushira boshladi. (O.Hoshimov. “Ikki eshik 
orasi” 149 - bet). 


210 
Demak, badiiy adabiyot taraqqiyotida paralingvistik hodisalar muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, asarning badiiy qimmatini oshiradi. Kitobxonga estetik 
zavq olishda yordam beradi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin