Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Qodiriy A., Kichik asarlar.T.: “G‘afur G‘ulom” – 1969-B.182. 
2.
Ming bir kecha.T.: “O‘zbekiston” – 2015. – B.379-382. 
3.
Qodiriy A., Kichik asarlar.T.: “G‘afur G‘ulom” – 1969-B.187. 
4.
Борев Ю. Комическое. Москва: Искуство – 1970. Искуство. 
Стр.79. 
5.
Вишневский В. Статьи, дневники, письма.Москва: Искуство – 
1961 Стр.280. 
6.
Nazarov B., Abdulla Qahhor badiiy haqiqati. //O‘zbek tili adabiyoti 
jurnali. T., 2007.№.4.B.7. 
BADIIY ASAR TAHLILIDA HAJVIY TIPLARNING O‘RNI 
Xaitov Xamza Axmadovich
BuxDUPI o‘qituvchisi, f.f.f.d.
Azimova Kamola Karimovna 
BuxDUPI BTU 1-bosqich magistranti 
Annotatsiya. 
Maqolada folchi, romchi obrazlari hajviy-yumoristik ruhdagi 
asarlarning an’anaviy hajviy qiyofalaridan biri sifatida o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: 
Fol, rom, folchi, romchi, shomon, hajviy xarakter, kulgi, 
hajviy asar, yumor, latifa. 
 
Hajviy-yumoristik ruhdagi asarlarda yuzlab, minglab hajviy qiyofalar 
yoritilganiga guvoh bo‘lish mumkin. Bu esa badiiy ijod ahlining beqiyos poetik 
mahorat qirralaridan birini namoyon etadi. Jahon adabiyotidan boshlangan bunday 
estetik tajriba o‘zbek adiblari ijodi uchun ham xos muhim belgilardan biridir. 
Jumladan, k
o‘cha-ko‘yda tomosha uyushtirib pul topuvchi lo‘lilar, folbinlik bilan 
laqma odamlarni chuv tushiruvchi folchilar, romchilar obrazidan mahorat bilan 


201 
foydalanib, hajviy xarakterlar yaratgan ijodkorlar nomi o‘zbek adabiyotida ham 
bor. Anvar Obidjon ham shunday adiblardan biridir. 
U yaratgan hajviy 
qahramonlar orasida Umar Hayyomning hurmatini nihoyatda joyiga qo‘yadigan 
piyonista, “uch yarim yildan beri sip-silliq tul” sifatida o‘zini radiobozorga 
solayotgan “xotingado”, “ba’zi balchiqmiyalar” va “kallasini ajriq bosganlar” bilan 
kiborlar oilasida tarbiyalangan ziyolilarcha muomalani joyiga qo‘yadigan romchi, 
uch soatli tarixiy kartinada quduq yonidagi o‘lik rolini o‘ynab qo‘yib, maktabma-
maktab ijodiy uchrashuv qilib yurgan artist, “tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, biridan 
Maman bankirning iti Vilgelm nima yeb o‘lganini, ikkinchisidan xorijiy 
valyutalarning so‘mga nisbatan bugungi qiymatini, uchinchisidan Pirxon 
tergovchining qaynanasi qaysi jinnixonada yotganini ezmalarcha surishtirib” kun 
o‘tkazadigan bekorchi… singari Berdimat, Oymamat, Gudirmamat, Maynaxon, 
Zilzilaxon, Mashmashaxon, Surobxo‘ja, Patiydin, Mo‘min Itoatovich, Go‘ga 
Gadoevich, Bella Qoramullaevna, Lug‘atxo‘jaev, Dazmolov, Darraev, SHavlaev, 
Mamashoti, Parriq ming‘i, Alirafiq, Jabbor melisa, Mirzaqand naynov, Nashvatiy, 
Mishmishali, Urug‘ali, Yomg‘irali ismli yuzlab qahramonlar uchraydi. Folchi va 
romchi obrazining ham adib asarlarida alohida o‘rni bor.
Ayrim asarlarda bo‘lgani 
kabi Anvar Obidjon ham dalilga guvoh bo‘lish mumkin. Xususan, adibning 
“Dardingni stadionda ayt” asarida folchi obrazidan mahorat bilan foydalanilgan. 
Folchilik shomonizmning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda folchi o‘zini go‘yo 
ruhiy olam vakillari bilan muloqotga kirishganday tasavvur qiladi va bunga 
boshqalarni ham ishontirishga urinadi. Buning uchun u atrofidagi odamlar 
tushunmaydigan tilda gapirishga chog‘lanadi. Mana shu tufayli Anvar Obidjon 
eshagini yo‘qotgan Qurvanaqqulning umid bilan Oymamat folchi eshigiga kelishi 
tasvirida nega aynan folchi nutqini “Vaq!!!Vaq!!!” degan leksik ma’noga ega 
bo‘lmagan taqlid so‘zlar bilan boshlagani ayonlashadi.
Shomonlar, odatda, ko‘zga ko‘rinmas olam vakillari bilan ko‘zni yumib 
turgan holatda muloqot qilish mumkin deb qarashgan. Shuning uchun Anvar 


202 
Obidjon ham folchi obrazini yaratar ekan, bevosita uning ko‘zini yumib turgan 
asnoda o‘tirishiga e’tiborni qaratadi. “Folchi” shu holatda bir dam jimib qolib, 
keyin yana o‘zicha “G‘avva-g‘avva, g‘avva-g‘avva. G‘ir-r, g‘ir! Ana… ana… 
ko‘ryapman. Ko‘zi go‘layib turibdi” deya g‘udrana ketadi. 
Follar, odatda, turli maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Ulardan g‘oyib 
bo‘lgan, o‘g‘irlangan narsani topish, kasalga shifo, baxt-u taxtdan so‘rash uchun 
fol ochtirish holatlari ko‘proq uchraydi. Fol ochishning ham o‘z tartib-qoidalari 
bor. Agar yuqoridagi kabi fol “g‘oyib narsa” uchun ochilsa, avval uning shakli 
aniqlab olingan. Bu haqda asarda ham ishora bor: “Shunda Oymamat asta ko‘zini 
ochib: “Mana, kerakli hayvonning shaklini aniqladik”, deb viqor bilan 
do‘ranglaganida, Qurvanaqqul: “Shakli eshakmi, axir?” – deya toqatsizlanib 
pitirladi”. 
Folchi Oymamat hamda fol ochtiruvchi Qurvanaqqul o‘rtasidagi 
suhbatasosiga qurilgan parcha asar syujetining eng kulgili o‘rinlaridan birini 
tashkil qilgan. Ayniqsa, ayyor va mug‘ombir, ko‘zbo‘yamachi va ochko‘z 
folchining so‘zlari, xatti-harakatlari satirik kulgiga, sodda, e’tiqodi sust 
Qurvanaqqul faoliyati esa yumoristik kulgiga asoslangani bilan asarning hajviy 
mohiyatini kuchaytira olgan. 
Folchilar, odatda, nima haqda fol ko‘rish kerakligini fol ochtiruvchidan 
o‘smoqchilash orqali bilib olgan. Bu holatga ishora quyidagi parchada aks etgan: 
“Qurvanaqqul umidvorlanib: “O‘sha mening eshagim bo‘lishi kerak, haqiqatanam 
ko‘zi lo‘ppayganroq”, deya tipirchilay boshladi. Sodda Qurvanaqqulni 
ilintirayotganiga ishona boshlagan Oymamat ko‘zi yumuq holda yana 
“ko‘ragon”likda davom etib: “Boshida ikkita quloq ko‘rinyapti…Orqasida bitta 
dum…Tagida to‘rtta oyoq turibdi…”, – deydi. Qurvanaqqul esa uni: “To‘ppa-
to‘g‘ri topdingiz! Qulog‘i ikkita bo‘lsa, aynan mening eshagim! O‘sha bir dumli 
eshak meniki! Qoyilman, aka! Xuddi mening eshagimni gapiryapsiz! Oyog‘i 
chindanam to‘rtta, o‘zim sanab ko‘rganman! Endi, qayerdaligini aytsalar bas, 


203 
Nigeriyadan bo‘lsayam ushlab kelaman!” – deb sir boy berib qo‘yadi. Mana 
shundan so‘ng folchi fol ochiruvchini to‘liq zabt etganiga ishonch hosil qilgach, 
o‘z folining haqini so‘rashga kirishadi. Odatda, fol haqini so‘rash kichik narsadan 
boshlanadi. Oymamat ham foliga bir qizg‘ish buzoq (sigir yoki ho‘kiz emas) 
tushganini aytadi. Hatto uni aniq belgilari bilan aytib, Qurvanaqulni yanada 
“sehrlay boshlaydi”. “Qansharida yum-yumaloq oq qashqasi bor. Menimcha, u 
eshagingni ko‘rgan. Shu buzoqni yaylovdan topib, oldimga haydab kelsang, qattiq 
tergov qilaman. Eshagingni rostdanam ko‘rgan bo‘lsa, qaysi yoqqa ketganini 
aytadi. Aytmay ko‘rsin-chi!” – deydi Oymamat. Shu o‘rinda folchining bilib-
bilmay o‘zini mollar tilida gaplasha oladigan “molday” kishi qilib ko‘rsatishi uni 
butunlay fosh etib, ustidan satirik kulgi uyg‘otadi. 
Qurvanaqqul esa Oymamatga javoban: “Qimirlamay o‘tirib turing, buzoqni 
g‘izzilatib opkelish bizdan”, – deya o‘rnidan qo‘zg‘alayotganida, Oymamat: 
“To‘xta!” – deb uni yo‘ldan qayiradi va qo‘shimcha qiladi: “Buzoqni pok holatda 
so‘roq qilishim kerak. Uni yo‘ldagi ariqda yaxshilab cho‘miltir. Erinmasdan 
tuyoqlariniyam yarqiratib yuvgin”. Uning bu taklifiga ham “Xo‘p bo‘ladi!” 
degancha, ko‘ksiga qo‘l bosib chiqib ketayotgan Qurvanaqqulga o‘choq boshida 
ivirsib turgan folchining xotini ham kutilmaganda gapga suqulib: “Dumiga 
yopishgan qo‘ytikonlarniyam tozalab qo‘ya qoling, inim”, – deydi. Ayolining bu 
gapidan Qurvanaqqulning angrayib, alanglab qolganini sezgan folchi xotiniga 
zimdan o‘qrayib qo‘yib, beo‘xshov tirjaygancha Qurvanaqulga: “Anqayma, 
Qurvanaqqul. Folchilik bu opangga bizdan ozgina yuqqan. Mayli, duminiyam 
tozalab qo‘yavur” , – deya gapni to‘g‘rilashga urinadi. [2, 94-95]. 
Anvar Obidjon yaratgan hajviy xarakterlar qatorida Parriq-ming‘i romchi, 
Qurmon romchilarning ham o‘z o‘rni bor. Parriq-ming‘i romchi tilidan shunday 
deyiladi: “Balki, ming yil oldin yozilgandir, – noxush hidni sezgandek burnini 
jiyirdi romchi. – Balki, undanam oldinroqdir. Buvomning buvosi achangni 


204 
achasigayam shu kitobdan ta’bir aytgan bo‘lsa, ajabmas” [3, 150]. Ushbu parcha 
vositasida folbinlarning turli kitoblarga tayanib, fol ochish harakatiga ishora bor. 
Anvar Obidjonning o‘z latifa hikoyalarida folchi obrazidan foydalanishi 
tasodif emas. Chunki xalq latifalarida ham folchi obrazidan hamisha foydalanib 
kelingan. Masalan, xalq orasidan yozib olingan zamonaviy bir latifada shifokor 
“yangi o‘zbek”ka kasali og‘irligini, bir yilgina umri qolganini aytgach, u folbinga 
kirib maslahat so‘rabdi. Folbin unga shunday maslahab beribdi: “Sen 
“Mersedes”ingni sotgin-da, o‘rniga “Zaporojets” sotib ol. Xotining bilan ajrashib, 
gadoymi, piyonistami, shunga o‘xshaganiga uylan. Uyingni sotib shahar chetidan 
kichik bir uycha ol”. “Shunday qilsam, uzoqroq yashaymanmi?” – debdi bemor. 
“Yo‘q, o‘sha qolgan bir yil umring yuz yilga tatiydi” [4, 146], – debdi folbin. 
Bu latifada har qancha puliga ishonib mag‘rurlanmasin, dard oldida o‘zini 
ojiz sezgan insonning folbindan najot izlashi, unga ishonch bilan murojaat qilishi, 
folbin esa uning soddaligidan kulishi ifoda etilgan. 
Xulosa qilib aytganda, folchi, romchi bilan oddiy insonlarning suhbatiga 
asoslangan fol motividan hajviy-yumoristik ruhdagi asarlarda o‘ta soddalik va 
go‘llikka 
mug‘ombirlik, 
ayyorlik, 
yolg‘onchilik, 
aldamchilik, firibgarlik 
tuyg‘ularini zidlantirish maqsadida foydalanilgani kuzatiladi. Ayniqsa, “fol haqi” 
so‘rash tasviri orqali ochko‘zlik, tekinxo‘rlik illatlari keskin fosh etiladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin