205
DRAMATIK ASARLAR TARAQQIYOTIDA PARALINGVISTIK
HODISALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Hayitov Hamza Ahmadovich
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasiva metodikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d.
Shavkatova Jasmina Jamshid qizi
BuxDUPI BTU 1-kurs talabasi
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada lingvistik hodisalardan biri bo‘lgan
paralingvistikaning badiiy asarlar taraqqiyotidagi ahamiyati ilmiy-nazariy tahlil
qilingan.
Kalit
so‘zlar
:
tilshunoslik,
nutq,
imo-ishora,
mimika,
fonetik
paralingvistika, mimik paralingvistika, drama, harakat, tasvir, fonatsiya,
okulesiya, kinesiya, ko‘zlar mimikasi,
tinglovchi, Charlis Darvin, kinetik birliklar
va hokazo.
Paralingvistika nutq vaziyatida yuzaga keluvchi imo-ishora, mimika kabi
fikriy tana harakatlarini o‘rganadi. Paralingvistika aloqa-aralashuvida –
muomalada muhim vazifa bajaradi. Agar nutq ushbu vositalar ko‘magisiz
tinglovchiga ifodalanilsa fikr unchalik ta’sir kuchiga ega bo‘lmaydi.
Aytilishi
mumkin bo‘lgan xabar quruq ma’lumot ichiga qoladi. Aytmoqchimizki, har
qanday fikr o‘zining ta’sirchanligiga, jozibadorligiga, mushohada talabligiga ega
bo‘lmog‘i lozim. Paralingvistika aynan shunday
jihatlari bilan nutqni
obrazlantiradi, shuningdek, jonlantiradi.
Bizga ma’lumki, imo-ishoralar jamiyat taraqqiyotida til (nutq)dan ancha
ilgari yuzaga kelgan. Hatto shaxsning gapirishi, fikr ifodalashi uchun imo-ishoralar
asosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Qizig‘i shundaki,
til jamiyat taraqqiyotida,
shaxsning kamol topishida har qanday o‘rni yo‘q ekanligini ko‘rsatmaydi.
206
Aksincha, ular fikr ifodalashda “oltin qonun”larga amal qiladi. To‘g‘rirog‘i, imo-
ishoralar shaxsning uzoq turmush tajribasining mahsulidir. Shuning uchun ham
imo-ishoralarning tarjimoni bo‘lmaydi. Bu haqda V.N.Teliya shunday deydi:
“Paralingvistika so‘z ma’nosining ochilishiga xizmat qilishi bilan birga, ularda
tinglovchini o‘ziga rom qilish xususiyati ham mavjud”.
Ko‘rinadiki, imo-ishoralar so‘z ma’nosi bilan hamohanglikda reallashadi.
Shunga ko‘ra nutq ta’sirchanlik kasb etadi. Demak, nutqning ta’sirchanligi
faqat
tilning tasviriy vositalari bilan voqealanmaydi, balki paralingvistik vositalar ham
fikrni jozibadorligini ta’minlaydi. Darhaqiqat, nutqdagi
har qanday jozibadorlik,
ta’sirchanlik, obrazliylik ko‘chimlar asosida yuzaga keladi. Paralingvistik vositalar
esa o‘z (asos) ma’nosida ham ta’sirchanlikni berishi mumkin.
Paralingvistika bo‘limlari:
1)fonatsiya;
2)okulesika;
3)kinesika.
Dostları ilə paylaş: