220
1.
Ата-Мирзаев О., Гентшке В., Муртазаева Р., Салиев А. Историко-
демографические очерки урбанизации Узбекистана. – Т.: Университет, 2002.
– 125 с.
2.
Ахмедов Э.А. Новые города Узбекистана. – Т.:
Узбекистан, 1984. – 168 с.
3.
Mavlonov A.M. Cho‘l urbanizatsiyasi. – Buxoro, Durdona, 2015.
4.
Салиев А.С. Проблемы расселения и урбанизации в республиках Средней
Азии. – Т.: Фан, 1991. – 109 с.
5.
Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi. – Т.:
Barkamol fayz media, 2018. 184 b.
BUXORO VOHASINING TABIIY TURISTIK VA REKREATSIYA
RESURSLARI
Ch.Z.Jalilova
BuxDU PI Tabiiy fanlar kafedrasi
o‘qituvchisi
S.S.Samadova
BuxDU PI Geografiya va iqtisodiy
bilim asoslari ta’lim yo‘nalishi
1GIQ-21 guruhi talabasi
Tabiiy turistik resurslarning asosiy ahamiyati shundan iboratki, insonlarning
jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini tiklashda foydalanish vositalari bo‘lib
xizmat
qiladi. Turistlar asosiy ehtiyojlarini tabiatdan qondiradilar. Buxoro vohasi cho‘l
zonasida joylashganligi bois, turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar
(voha va cho‘l landshaftlari), iqlim, suv ob’ektlari, mineral suv va davolovchi
botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki inson tomonidan
qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik,
geologik va boshqa
jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Dam olishni tashkil etish uchun tabiiy turistik
resurslarni tahlil etish talab qilinadi. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat
komponentlari yoki bir butun tabiat majmualarini olish mumkin.
221
Tabiiy resurslar orasida rekreatsiya resurslaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega. Rekreatsion resurslarga – rekreatsion faoliyatning turli
ko‘rinishlarini tashkil etishda foydalaniladigan o‘ziga xos (betakror) tarixiy yoki
madaniy
qiymatga ega, estetik zavq beradigan, davolash-sog‘lomlashtirish
ahamiyatidagi tabiiy va antropogen ob’ektlar kiradi. Zamonaviy geografik
tadqiqotlar orasida mintaqalarning rekreatsion imkoniyatlarini o‘rganish bugungi
kunda muhim yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Buxoro vohasi O‘zbekistonning janubi-g‘arbida, tabiiy geografik jihatdan
Qizilqum cho‘lining janubida, Zarafshon daryoning quyi qismida joylashgan. Voha
cho‘l zonasida rivojlanayotgan bo‘lsada, unda rekreatsion
resurslarning xilma-xil
turlarini ko‘rish mumkin. Ko‘pchilik olimlar rekreatsion resurslarni 2 ta guruhga
ajratadilar [6]:
Tabiiy rekreatsion resurslar
Madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga
Tabiiy rekreatsion resurslarga – hududlarning dam olish, rekreatsiya va
turizm yo‘nalishlarida foydalaniladigan tabiiy sharoit va uning alohida elementlari
(relyef, geologik tuzilish, iqlim,
yer usti va osti suvlari, tuproqlari, o‘simlik
dunyosi) kiradi.
Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy – madaniy
resurslari salohiyati asosiy o‘rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy – tarixiy
resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning
jozibadorligi, ularning tarixiy va tasviriy bahosidan foydalanish qulayliliga bog‘liq.
Madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga – kishilarning ma’naviy-madaniy
yuksalishiga xizmat qiladigan madaniyat ob’ektlari, arxitektura obidalari,
arxeologik
yodgorliklar, diniy qadamjolar, ziyoratgohlar, tarixiy va etnografik
jihatdan betakror joylarni kiritish mumkin.
Sir emaski, Buxoro viloyati madaniy-tarixiy rekreatsion resurslarga boy,
mintaqalardan biridir. Viloyat hududidagi 700 dan ortiq tarixiy obidalar,
222
arxeologik yodgorliklar va muqaddas
ziyoratgohlar unda tarixiy, diniy, ziyorat
turizmini rivojlantirish uchun asos bo‘lgan.
Garchi Buxoro viloyati turizmni rivojlantirishning katta imkoniyatlari
mavjud bo‘lsada, unda asosan tarixiy (obidalarni ko‘rish) va ziyorat turizmi
rivojlangan xolos. Vaholanki, viloyatda ekoturizm (geoturizm), qishloq turizmi,
etnografik, sport, gastronomik, rekreatsion (davolash-sog‘lomlashtirish) kabi
turlarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Xususan,
viloyatning
tabiiy sharoitidan rekreatsiya maqsadlarida foydalanish orqali turizmni
rivojlantirishning istiqbollari katta.
Viloyatning tabiiy rekreatsion resurslari odatda mavsumiylik xarakterini
kasb etadi. Jumladan, bahor (ayniqsa, aprel-may oylarida) va qisman kuz fasllarida
cho‘l bag‘riga chiqib dam olish, salomatlikni tiklash, cho‘lning go‘zal tabiati va
o‘ziga xos o‘simlik olamidan estetik zavq olish mumkin [4].
Mazkur rekreatsion
faoliyat turlari keyingi yillarda nisbatan tez rivojlanib bormoqda.
Buxoro vohasi tabiiy sharoiti va resurslaridan turizm va rekreatsiya
maqsadlarida foydalanishning imkoniyati katta. Olib borilgan o‘rganishlar shuni
ko‘rsatadiki, voha tabiiy sharoiti va imkoniyatlaridan kelib chiqib quyidagicha
guruhlarni ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: