ILOVALAR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN” Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti O‘quv
ishlari bo‘yicha prorektor
_________________E.M. Muxtorov
2022 yil “____” ______________
UMUMIY PSIXOLOGIYA fanidan ISHCHI O‘QUV DASTURI (SILLABUS)
Institut ilmiy Kengashining 2022 yil “__” ________dagi___-son qarori
1.
Fan nomi
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
Mustaqil ta’lim (soat)
Jami yuklama (soat)
Umumiy psixologiya
90
90
180
2.
Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy psixologiya fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, umumiy psixologiya fani, psixika, shaxs, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari, irodaviy sifatlar, hissiy holatlar, individual xususiyatlarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda bo‘lajak pedagog mutaxassislar tomonidan psixik taraqqiyot qonuniyatlari, davrlari, mexanizmlari, omillari va shart-sharoitlari haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishini tashkil etish va amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga umumiy psixologiyaning mohiyati, psixika va ong tushunchalari, psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar, psixik riojlanish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, yosh davrlari tasnifi, psixik taraqqiyotning turli bosqichlari uchun xos psixofiziologik va psixologik xususiyatlar haqidagi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi: 1-semestr Mashg‘uloti mavzusi 1-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Reja: Umumiy psixologiya predmeti va vazifalari.
Umumiy psixologiyaning tarmoqlari.
Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.
Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi.
2-Mavzu: Umumiy psixologiya fanining tadqiqot metodlari. Reja: Umumiy psixologiyaning tadqiqot metodlari.
Psixologiya va ilmiy texnik taraqqiyot.
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi.
3-Mavzu: Faoliyat va motivatsiya. Reja: Faoliyat haqida tushuncha.
Inson faoliyatining tuzilishi. Faoliyat turlari.
Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash.
Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.
4-Mavzu: Muloqot. Reja: Muloqot va nutq haqida tushuncha, muloqot turlari.
Muloqotning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot.
Shaxslararo munosabatlar va ularda muloqotning o’rni.
Muloqotning psixologik tomonlari.
5-Mavzu: Shaxs psixologiyasi. Reja: Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning tuzilishi.
Shaxs taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar.
Shaxsni o’rganishga turlicha yondashuvlar.
Individ, shaxs, individuallik. Shaxs shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari.
6-Mavzu: Shaxsning bilish jarayonlari. Diqqat. Reja: Diqqat haqida tushuncha.
Diqqatning nerv-fiziologik mexanizmlari.
Diqqat turlari. Diqqatning xususiyatlari.
Diqqatning psixologik asosi haqida qisqacha xulosa.
7-Mavzu: Sezgi. Idrok. Reja: Sezgi haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari.
Sezgining umumiy va turlari. Sezgilarning klassifikatsiyasi va qonuniyatlari.
Idrok haqida umumiy tushuncha. Idrokning nerv-fiziologik asosi.
Idrokning turlari. Idrok xususiyatlari.
8-Mavzu: Xotira. Reja: Xotira haqida umumiy tushuncha.
Xotiraning nerv-fiziologik asoslari.
Xotira jarayonlari. Xotira turlari.
Xotira nazariyalari.
9-Mavzu: Tafakkur va xayol Reja: Tafakkur haqida tushuncha. Tafakkurning nerv-fiziologik mexanizmlari.
Tafakkur jarayonlari. Tafakkur turlari. Tafakkur jarayonlari. Tafakkurning mantiqiy shakllari. Intellekt va kreativlk haqida tushuncha.
Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari to’g’risida umumiy tushuncha.
Xayolning xususiyatlari. Xayol jarayonlarining fiziologik asoslari. Xayol shakllari haqida tushuncha.
10-Mavzu: Shaxsning hissiy irodaviy sifatlari. Reja: Emotsiya haqida tushuncha.
Hissiy holatlarning nerv-fiziologik asoslari. Emotsiya nazariyalari. Hissiy holatlar.
Iroda haqida umumiy tushuncha. Irodaviy harakatlarning sifatlari.
Irodaviy harakatlarning qonuniyatlari.
11-Mavzu: Shaxsning individual psixologik xususiyatlari. Temperament. Reja: Temperament haqida tushuncha.
Temperamentga oid nazariyalar talqini.
Temperament tiplari.
Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi.
12-Mavzu: Xarakter. Qobiliyat. Reja: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakterning tuzilishi va xususiyatlari.
Xarakterning tarkib topishi. Xarakter aktsentuatsiyasi. Xarakterning shakllanishida oilaning o’rni.
Qobiliyat haqida tushuncha. Qobiliyat tuzilishi va turlari.
Qobiliyatlarning sifat va miqdor tavsifi.