123
jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini
yaxshi va to‘liq ado etmayapti.
A.Antonov
ning ta’kidlashicha, zamonaviy oila
oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola
tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti.
14
Bundan
tashqari, G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda
onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi-
chiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYO bo‘limlarini nikohni qayd
etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro
yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila
instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo‘lib, voyaga etsalar,
ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik
kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o‘z davriga
munosib, sog‘lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga etkazishning muhim
omili bu rasmiy nikohda bo‘lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda
yashashlaridir.
Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari. Shunday qilib, ijtimoiy
tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy
ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir.
Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini
u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini
takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni
isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik-
totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy
muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli,
kuchli iroda sohibi bo‘lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham
onaning bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va
uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini
anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga,
uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda
qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il
bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib
borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan
qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada
mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda
turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va
tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi
14
Социология семьи / Под ред.
Dostları ilə paylaş: