Fayzobod xonaqohi Buxoro shahridagi Fayzobod xonaqohi shayboniylar davlati amaldorlaridan biri bo‘lgan Do‘stum Devonbegi tomonidan bunyod etilgan. U Buxoro xonligida, Abdullaxon II davrida davlatning devonbegisi – bosh vaziri lavozimida, keyinchalik moliya va xazina ishlari bilan shug‘ullangan mansabdor shaxs bo‘lgan. Xonaqoh so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida, 1598-1599-yillarda bunyod etilgan.
Uning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, toshlar va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan. Xonaqoh ko‘p xonali, peshtoqgumbazli, tarhi 35x28,8 m. Markazida gumbazli katta xonaqoh (12,7x12,7 m), 3 tomondan ravoqli bostirma (galereya) o‘rab turadi. Old tomonida ulkan peshtoq, 2 yon tomonida 2 qavatli hujralar hamda ravoqli yo‘lak joylashgan. Peshtoq va hujralar tobadoniga ganchkori panjaralar ishlangan, xonaqoh gumbazi 8 qirrali poygumbazga o‘rnatilgan. Xonaga yorug‘lik poygumbazdagi darchalardan tushadi. Uning ichi, gumbaz osti qirma pardozi naqsh bilan nafis bezatilgan. Kulrang va sariq ganchdan o‘yib islimiy naqsh ishlangan. Bag‘allari muqarnas bilan, hoshiyasi sodda naqshlar bilan ziynatlangan. Xonaqoh Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor”uslubida bunyod etilgan. Bu inshoot Buxorodagi boshqa me’morchilik namunalaridan biroz kichikroq bo‘lsa-da, pishiqligi, ixchamligi bilan boshqa obidalardan farq qilib turadi. Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. 1997-yil Buxoro shahrining 2700 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Fayzobod xonaqohi ham ta’mirlandi. Inshoot atrofidagi yo‘llarga toshlar yotqizildi va sayirgohga aylantirildi. Xonaqoh o‘z davrida darveshlar va musofirlar uchun e’tiqod joyi bo‘lishi bilan birga, boshpana vazifasini ham bajargan. Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro shahrining Labi hovuz ansamblisharqiy qismida joylashgan Nodir Devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘I boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan. Madrasa 1622-1623-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi. Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak, Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‘tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tkazadilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi. Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi. Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch va shunga o‘xshash ashyolardan keng foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofida 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori uslubida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar o‘rnatilgan. Hovliga pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog‘i o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks ettirilgan hoshiyalari madrasa peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‘shasi burmasimon.
Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‘zaro
uyg‘unlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m., hovli 34x30 m. ni tashkil etadi. Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analariga tayangan, naqshinkor, “Chor” uslubida bunyod etilgan. Madrasa o‘z davrida ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy fanlardan saboq berilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yo‘q. Madrasa fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi kabi jilolar bilan e’tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me’moriy obidalardan ajralib turgan. Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro ustalarining sa’y-harakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‘tishimiz lozim. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Nodir Devonbegi madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjarlari me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Nodir Devonbegi xonaqohi
Buxoro shahrining Labi hovuz ansamblida joylashgan Nodir Devonbegi xonaqohi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn
Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘I boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu xonaqoh o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, 1620-1621-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Me’moriy obida bunyod etilgan davr: Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar edi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o‘tkazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay, muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar topgan Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tqazadilar. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq zulm o‘tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Ashtarxoniylar sulolasidan bo‘lgan ushbu xon hukmronligi yillarida Nodir Devonbegi nomi bilan ikkita me’moriy inshoot bunyod etildi. Xonaqohning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht, loy, yog‘och, tunuka va shunga o‘xshash ashyolardan foydalanilgan. Nodir Devonbegi xonaqohi simmetrik arkli (27,5x25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2x11,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli darveshlar yotog‘i bo‘lgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravog‘idagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. Nodir devonbegi xonaqohining hozirgi ko‘rinishi o‘zgarib muhtasham, salobatli, ko‘rkam inshootga aylantirilgan. Peshtoqi hashamatli, ravog‘ining qanosi ancha baland, ulug‘vor, ayrim
yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib qolgan. 2 tomonidagi tagi qiralli guldasta
mezanalar old ko‘rinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham kiriladigan
eshiklari bo‘lgan. U o‘z davrida darveshlar va musofirlar uchun ibodatxona, shu bilan birga, boshpana vazifasini bajargan. Me’moriy obidaning uslubiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubda, eshiklari esa xotamkori uslubida ishlangan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomoni shundaki, xonaqoh o‘zining yechimi va kattaligi jihatidan Labi hovuzdagi boshqa inshootlardan qolishmaydi. Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida so‘z borar ekan, devorlari bir necha bor ta’mirlangani (1914-1916-yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayid Olimxon tomonidan ta’mirlangan)dan asl ko‘rinishi o‘zgargan. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizdagi boshqa me’moriy obidalar qatorida ushbu inshoot ham ta’mirlandi. Xonaqoh YUNESKOning Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Abdulazizxon madrasasi Buxorodagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning
beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652-yilda qurilgan. U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.
Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx – 1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida
faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida Buxoro xonligi taxtini egallagan.
Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qilgan, mam-lakat
obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar
qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.). Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi 50x67 m., hovli — 28x35 metr bo‘gan. Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir. Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklore tomoshalari ko‘rsatiladi. Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Chor Minor majmuasi Chor Minor me’moriy obidasi Xalfa Niyozqul tomonidan bunyod etilgan. Ushbu inshootning qurilishiga homiylik qilgan Xalfa Niyozqul Turkman urug‘idan bo‘lib, Amir Haydar hukmronligi davrida yirik davlat lavozimlarida ishlagan. U XIX asrning o‘rtalarida vafot etgan. Chor Minor Buxoroda mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida bunyod etilgan bo‘lib, uning o‘ziga xos tomoni shundaki, u to‘rtta minora bilan o‘rab olingan O‘rta Osiyodagi
yagona inshoot hisoblanadi. Chor Minor me’morchilik majmuasi so‘nggi o‘rta asrlarning oxirgi davrlarida (XIX asrda), 1807-yilda bunyod etilgan. Me’moriy obidaning qurilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och, tosh va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan. Majmua chor qavatli minora, an’anaviy usulda qurilgan masjid, bir qavatli madrasa, atrofi bir qavatli hujralar bilan o‘ralgan hovlidan iborat. Sinchli peshayvon tipidagi masjid hovlining janubiy-g‘arbiy burchagida joylashgan (nomi ham shundan). Minoralarning tepa qismi gumbaz shaklida yakunlangan bo‘lib, ular sirkori koshinlar bilan bezatilgan. Ikki qavatli xonaning birinchi qavati miyonsaroy ko‘rinishida bo‘lib, izoralari toshlar bilan qoplangan, tomi gumbazli, ikkinchi qavati kutubxona, kutubxonaning shifti pastak gumbazli bo‘lib, sodda muqarnaslar halqasi bilan to‘ldirilgan. Ikkinchi qavatga minoralarning biridagi zina orqali chiqiladi. U o‘z davrida masjid, madrasa, darveshlar va musofirlar tunab qolishi mumkin bo‘lgan xonaqoh vazifasini bajargan. Chor Minor majmuasi Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, an’anaviy “Chor” uslubda bunyod etilgan. Me’moriy obida bugungi kunda ham o‘z davridagi vazifasini saqlab qolgan. U Buxoro shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida YUNESKO tashkilotining “Butun Jahon madaniy yodgorliklari” ro‘yxatiga kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” hamda 2008-yil 12- sentabr “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonunlari madaniy meros obyektlarining huquqiy kafolatidir. Yuqoridagi qonunlar ijrosi sifatida me’moriy obidaning ta’mirtalab qismlari qayta tiklandi, yon-atroflari ko‘kalamzorlashtirildi.
Setorai Mohi Xosa Tarixiy obida Buxoroning mang‘it sulolasiga mansub amirlari Amir Nasrullo (1826-1860), Amir Muzaffar (1860-1885), Amir Abdulahad (1885-
1910), Amir Olimxon (1910-1920)lar tomonidan qurilgan. Amir Nasrullo Amir Haydarning uchinchi o‘g‘li – Buxoro taxtiga 1826-yilda chiqqan. U 1837-yili 40 mingdan iborat muntazam qo‘shin va 2,500 dan iborat to‘pchilar qo‘shiniga Rossiyadan mutaxassislar jalb qilgan. 1856 - yilda Buxoro amirligi uzoq vaqt bo‘ysunmagan Kitob, Shahrisabz bekliklarini bo‘ysundirdi. 1860-1885-yillar hukmronlik qilgan Amir Muzaffar Nasrulloning katta o‘g‘li. Uning davrida Buxoro amirligi Rossiya protektoratligiga aylandi. Amir Abdulahad davrida me’moriy inshootning katta qismi bunyod etildi. Uning Kavkazda, Qrimda va Sibirda saroylari bo‘lgan. Amir Olimxon 1910-yili taxtga chiqqan va 1920-yil uning taxtdan tushishi bilan Buxoro amirligi tugatildi. Amir Olimxon davrida Setorai Mohi Xosaning qurilishi yakunlandi. U 1944-yil vafot etgan. Sitorai Mohi Xosaning qurilishi XIX asrning o‘rtalarida boshlangan va 1914 - yilda qurib bitkazilgan. U Buxoro shahri markazidan 2,5 km janubda, Buxoro tumani bilan chegaradosh hududida joylashgan.
Setorai Mohi Xosaning qurilishi yangi tarix davriga, Buxoro amirligi Rossiya
imperiyasining protektoratligi davriga to‘g‘ri keladi. Me’moriy inshootning qurilishida bir qator ashyolar ishlatilgan: g‘isht (xom va pishgan), faner, yog‘och ayniqsa tut va yong‘oq daraxti, marmar, oyna, tunuka, tosh, cho‘yan, temir va boshqalar. Uning dastlabki imoratlari Amir Nasrullo hukmronligi davri (1826-1860-
yillar) qurilgan. Biroq bu yerda saroy va hushmanzara bog‘ barpo etish Amir
Abdulahadxon hukmronligi davrida (1885-1910-yillar) boshlangan. Amir Olimxon
hukmronligi davrida (1910-1920-yillar) yangi saroy tiklangan va shu davrdan boshlab saroy kompleksi yangi va eski saroyga ajratilgan. Eski saroy uch hovlidan va ko‘pgina xonalardan iborat ansambldir. Bu yerdagi eng eski xona Amir Muzaffarxon mehmonxonasi (1860-1885-yillar) keng va baland zal, ikki tomonidagi boloxonali ayvonlar, yevropacha eshik va derazalar bilan ajralib turadi. Mehmonxonaning devoriy rasmlari va ranglarida motivlar uyg‘unlashtirilgan.
Uch qismga bo‘lingan kvadrat xonani tashkil etuvchi Abdulahadxon zali boshqacharoq ishlangan. Bir-biriga ro‘para joylashtirilgan va bir xilda bezatilgan
ikkita zal o‘rtadagi baland supa orqali birlashtirilgan. Supaning g‘arb tomonida taxt
o‘rnatilgan. Abdulahadxon va Muzaffarxon zallarining badiiy bezaklarida o‘xshashlik tomonlari juda ko‘p. Eski Sitorai Mohi Xosaning sharq tomonida Amir Olimxon hukmronligi davrida qurilgan bosh qarorgoh alohida me’moriy ahamiyatga ega. Unga koshin va rangli shisha bilan bezatilgan tantanavor peshtoq – muhtasham toqli darvoza orqali kiriladi. Bu kompleksni tiklashdan avval Buxoroning eng
yaxshi ustalari Rossiyaga rus me’morlarining tajribasini o‘rganish uchun yuborilgan. Shundan keyin Xoja Hofiz rahbarligidagi buxorolik ustalar kuchi bilan hovlining janub tomonida ansamblning birinchi binosini tiklashga kirishgan. Qurilish rus injenerlarinig nazoratida bo‘lgan. Bosh binoni barpo etish jarayonida Yevropa bilan Isfagan saroylari arxitekturasi va Buxoroning boy turar-joylari binolarining me’moriy yechimlaridan foydalanilgan. Bino chiroyli me’moriy yechimga ega, biroq sintez ishi sohasida uncha tajribaga ega bo‘lmagan ustalar uchun murakkab bo‘lganligi sababli, binodagi tron zali antresol va arkalar bilan tig‘izlashtirib yuborilgan. Ushbu binoga kiraverishda eshikning ikki tarafiga o‘sha vaqtda hali unchalik tajribaga ega bo‘lmagan nuratolik ustalar tomonidan marmardan tayyorlangan sherning haykali o‘rnatilgan. Biroq keyinchalik katta tajriba ega bo‘lgan o‘sha ustalar kompleksdagi hovuzning suv tushishi uchun mo‘ljallangan marmar novalarni kamko‘stsiz tayyorlab berganlar. Hovlining ikkinchi tomoniga, bu bino bilan yonma-yon, unga tik qilib g‘arb tomonda 1912-1914-yillarda katta badiiy ahamiyatga ega bo‘lgan noyob Oq zal qurilgan. Bu zal va uning dahlizi buxorolik ustalar tomonidan milliy uslubda ko‘rkam ishlangan. Oq zal ganchkorlik va ganch o‘ymakorligi san’atining eng so‘nggi yutuqlari asosida usta Shirin Murodov rahbarligida 25-30 ta qo‘li gul ustalar tomonidan ikki yil davomida ajoyib qilib ishlangan. Bino ichi noyob me’moriy yechimga ega. Oq zalning intererini bezatishda o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan eng yaxshi tajribalar o‘z aksini topgan. Devor va shiftlarda panno ko‘rinishidagi oynalar ustida ishlangan ganchkorlik mahsuli kishi ko‘zini qamashtirib yuboradi. Ishlatilgan oynalar devor va shiftda bejirim bezaklar ostidagi fon vazifasini bajargan. Yangi saroy “_” shaklida bunyod etilgan. Saroy rejasida, bezak va jihozlarida Sharq va yevropacha uslublar ma’lum darajada uyg‘unlashgan. 1917- 1918-yillarda zinali hovuz barpo
etilgan, u ansambl me’morchiligida katta ahamiyat kasb etgan. 1917-1918-yillarda hovlining uchinchi – shimol tomonida hovuz oldida yevropacha uslubda ishlangan peshayvonli bino qurilgan. Demak, me’moriy kompleksni barpo yetishda aralash, milliy va yevropacha usullardan foydalanilgan. Sitorai Mohi Xosaga kiraverishda tashqi hovli, uning janubiy-g‘arbiy tomonida kichik hovlili xazinaxona, janubiy-sharqdagi qarama-qarshi burchakda yozgi dam olish joyiga kiriladigan darvoza bor. Yozgi dam olish joyi bog‘ning to‘rida bo‘lib, bino kichik hovli va hovuzchaga ega. Dam olish joyining atrofi baland imorat bilan o‘ralgan bo‘lgan. Bino assimetrik yechimda milliy tusda chiroyli ishlab chiqilgan. Me’morchilikning keyingi tarixi Markaziy Osiyo, Turkiston, shu jumladan, Buxoroni ham rus qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Avvalo, ularning manfaatini ko‘zlovchi ba’zi bir inshootlar qurilgan. Temir yo‘l, 20 tacha kichik paxta tozalash zavodlari va boshqalar shular jumlasidandir. O‘sha davrda Buxoroda bir necha norozilik harakatlari bo‘lib o‘tgan. Ana shundaylardan biri 1919-yilda yuzaga kelgan. Biroq, 1920-yil 2-sentabrda rus qo‘shinlari tomonidan amirlik qulatilgan. Buxoro amirligining 16 vagon oltin, kumush va shunga o‘xshash boshqa qimmatli buyumlari tashib ketilgan. Rossiya tomonidan Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) tashkil qilingan. 1921-yil 14-martda BXSR bilan Rossiya o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi va iqtisodiy kelishuv imzolangan. Saroy Buxoro amiri Olimxonning yozgi qarorgohi bo‘lgan. Amir bu yerdan yozgi dam olish maskani sifatida foydalangan. Bundan tashqari Amir chet el elchilarini va rus vakillarini shu yerda qabul qilgan. Me’moriy inshoot g‘arb va Sharq me’morchiligi asosida qurilgan. Oq zalning qurilishida yevropacha qurilish uslubi ustunlik qiladi. Bugungi kunda inshootning ta’mir talab qismlari qayta rekonstruksiya qilingan. Inshootning kirish joyida xalq amaliy san’ati namunalari bo‘lgan buyumlar savdo rastasi mavjud. Hovlida esa tovuslar, Oq zalda amirlik huzurida bo‘lgan chet el elchilarining billur vaza, qimmatbaho gilamlar, guldonlar kabi sovg‘alaridan iborat. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy inshootlar qatorida Setorai Mohi Xossa saroyi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30 - avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.