Buyuk britaniyaning yevropa ittifoqidan chiqish



Yüklə 172,42 Kb.
səhifə2/3
tarix19.04.2023
ölçüsü172,42 Kb.
#100617
1   2   3
Buyuk britaniyaning yevropa ittifoqidan chiqish

Brexit (/ˈbrɛksɪt, ˈbrɛɡzɪt/;[1] inglizcha: British — Britaniya va inglizcha: Exit — chiqish; Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi) — Buyuk Britaniyadagi konservativ oppozitsiya va ayrim alohida guruhlar (millatchilar, yevrotanqidchilar) ning bosh maqsadi.
2016-yilgi referendum natijalariga koʻra mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab 51,9 % saylovchilar ovoz bergan. Saylovchilarning 48,1 % esa, bunga qarshi.[2]. Buyuk Britaniyaning alohida subyektlarida ovoz berish natijalari har xil tus olgan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyaning aksar aholisi Brexitga qarshi ovoz berishgan boʻlsa, Angliya (London bundan mustasno) va Uelsdagi koʻpchilik Britaniyaning YIdan chiqishini yoqlab ovoz berganlar. Referendumning kutilmagan natijasi jahon hamjamiyatini lol qoldirdi, ayrimlar hatto shok holatiga ham tushib qolishdi, chunki koʻplab siyosatshunoslar buning aksi boʻlishini taxmin qilishgandi.
Brexit masalasining tarixi
1957-yilda Buyuk Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) asos solgan Rim shartnomasini imzolamagan. 1963 va 1967-yillardagi Britaniyaning hamjamiyatga qoʻshilish taklifi Fransiyaning oʻsha vaqtdagi prezidenti Charles de Gaulle tomonidan veto huquqi asosida rad etilgan. De Gaulle bu ishini "Britaniya iqtisodiyotidagi bir qator jabhalar, xususan, qishloq xoʻjaligida ishlash praktikasi Britaniyani Yevropa bilan nomutanosib deb topishga asosdir" deb izohlagan.[3]
De Gaulle Fransiya prezidentligi lavozimidan ketganidan soʻng, Buyuk Britaniya hamjamiyatga qoʻshilish uchun uchinchi marotaba taklif kiritdi va 1973-yilning 1-yanvarida YIHga qabul qilindi. Bu qoʻshilish konservativ Edward Heath davrida yuz berdi.[4] 1974-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda Britaniyaning YIHda qolish masalasida referendum oʻtkazishni vaʼda qilgan Harold Wilson boshchiligidagi oppozitsion Leyboristik partiya yutib chiqdi.
1975-yil Buyuk Britaniyaning YIHda qolish yoki qolmaslik masalasida referendum oʻtkazildi. Barcha asosiy siyosiy partiyalar va OAV Britaniyaning YIHda qolishini yoqlab chiqdilar. Bundan tashqari Leyboristik partiyaning oʻzida bu masala yuzasidan fikrlar ikkiga boʻlindi. 1975-yil 26-aprel kuni bir kunlik partiya konferensiyasida ovozlar Brexit foydasiga 2:1 ko'rinish oldi. Vazirlar mahkamasi oʻta yevropachilar va oʻta aksilyevropachilarga boʻlinib ketganligi yuzasidan, Harold Wilson mahkamaning jamoaviy masʼuliyati haqidagi konstitutsion udumni toʻxtatib qoʻyib, vazirlarga har ikki tomondan ommaviy kampaniyalar chaqirishni taklif qildi. Yigirma uch kishidan yettitasi YIHga aʼzolikdan chiqish taklifini quvvatladilar.[5]
1975-yil 5-iyunda boʻlib oʻtgan referendumda saylovchilar oldiga: "Nima deb oʻylaysiz, Buyuk Britaniya Yevropa hamjamiyatida (umumiy bozorda) qolishi kerakmi?" degan savol tashlandi. Shetland orollari va Tashqi Hebrid orollaridan boshqa barcha okruglarda asosan "ha" deya javob qaytarishdi. Ovozlar soniga koʻra Britaniya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatida qoldi.[6]


Yüklə 172,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin