3.
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida
o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
4.
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta baholash hamda ularni
buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib borish;
5.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini
shakllantirib berish.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan
asosiy fondlarni qayta
baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga qadar navbatdagi qayta baholash
bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon
qilinadi.
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni hisobini tashkil etish
uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy
vositalar ko’p bo’lgan hollarda, ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar
raqami beriladi.
Dostları ilə paylaş: