Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender asosida


-jadval  Xorijiy mamlakatlarda davlat xaridi va xarid yuzasidan audit tekshiruvi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#109727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet xaridalari

4-jadval 
Xorijiy mamlakatlarda davlat xaridi va xarid yuzasidan audit tekshiruvi 
o’tkazilishining o’ziga xos xususiyatlari
12
 
Mamlakat 
nomi 
Davlat xaridi 
jarayonidagi o'ziga 
xosligi 
Xarid jarayoni 
Davlat xaridi audit tekshiruvi 
o’tkazilishining o’ziga 
xosligi 
AQSH 
Uzoq tarixiy shakllanish 
bosqichlariga ega va 
dunyodagi eng samarali 
Davlat xaridi 
tizimlaridan biridir 
5 boshqichda: 
rejalashtirish, 
buyurtma joylashtirish, 
saralash va 
shartnomalar tuzish, 
nazorat, natijalarni 
baholash 
Byudjetning har bir 
darajasida mustaqil davlat 
xaridi auditi amalga 
oshirilishi mumkin. Ichki 
audit butun xarid jarayonida: 
xarid amalga oshirilishidan 
avval va keyin amalga 
oshiriladi.
13
Buyuk 
Britaniya 
G'aznachilik - 
xarajatlarni tasdiqlash 
va xarid jarayonini 
boshqaruvini amalga 
oshiruvchi vakolatli 
organ 
3 bosqichda: 
rejalashtirish, 
buyurtmalarni 
joylashtirish hamda 
ijro 
Davlat xaridining 90% dan 
ortiq qismi mudofaa uchun 
sarflanadi. Shuning uchun 
Mudofaa vazirligida 
shartnomalarni tekshirish 
uchun maxsus audit agentligi 
tashkil etilgan
14
Avstraliya 
"Samarali mablag'lar 
sarfi" avstraliyacha 
metodi ishlab chiqilgan. 
Ularda shartnomalar 
ijrosi nazorati zaif 
Taklif qilingan 
mahsulot qiymati va 
yakuniy qiymatni 
solishtirish yo'li bilan 
xarid konsepsiyasi 
tashkil etilgan 
Davlat xaridlari bo’yicha 
vakolatlar va javobgarlik 
davlat vazirlik va 
tashkilotlari rahbarlariga 
yuklatilgan va nazoratni ular 
amalga oshiradi 
Kanada 
"Optimal qiymat" - 
narx, texnik foyda va 
tovar sifati birikuvidan 
iborat konsepsiya ishlab 
chiqilgan 
Mamlakatda ishlab 
chiqarish va hududlar 
rivojiga muhim 
ahamiyat qaratiladi, 
milliy maqsadlar 
“Kanada yillik xaridi 
strategiyasi” orqali 
Hukumat davlat xaridi 
nazorati o'tkazilishida muhim 
organ va u doimiy ravishda 
audit tekshiruvlarini 
o’tkazadi 
12
“Вестник науки и образование” №16(52). Часть.1 2018 va internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan qiyosiy jadval 
tuzildi 
13
 
https://auditfin.com/fin/2016/2/fin_2016_21_rus_08_10.pdf
 
14
 
https://www.elibrary.ru/download/elibrary_46319914_44478890.pdf



 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1111 
amalga oshiriladi. 
Belgiya 
Davlat xaridi 
to’g’risidagi 
bildirishnoma xarid 
to’g’risidagi e’lon 
berilishidan 2-11 oy 
oldinroq yetkazib 
beruvchilarga xaridda 
ishtirok etish uchun 
axborot sifatida taqdim 
etilishi joriy etilgan.
5 bosqichda: xarid 
to'g'risida qaror qabul 
qilinadi, xarajatlar 
smetasi hisob-kitobi, 
tahlil, hujjatlar ko'rib 
chiqilishi, to'lov 
nazorati 
Davlat qonunchiligida xarid 
faoliyatining barcha 
bosqichlaridagi xarajatlar 
nazoratiga alohida e'tibor 
beriladi 
Xorijiy mamlakatlarda byudjet mablag'lari sarflanishining samarali yo'lga qo'yilganligi 
ularning sezilarli amaliy tajribasi bilan ifodalanadi. Byudjet mablag'larining asosiy xarajatlari 
turkumida davlat xaridlari o'ziga xos o'ringa ega. Xaridni tashkil etish bo’yicha jahon tajribasi 
shuni ko’rsatadiki, tovarlar va xizmatlarni yirik hajmda xarid etishning eng samarali shakli bu 
ochiq tanlovlar (tender) o’tkazishdir. Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar davlat xaridini tashkil 
etish asosida tender savdolari turadi.
Xulosa 
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender savdolari asosida tuzilgan shartnomalar 
bo’yicha audit tekshiruvlarini o’tkazishning nazariy asoslari va amaliy jihatlarini tadqiq etish 
natijalariga asoslanib qator xulosalar shakllantirildi. Shulardan asosiylari bo’lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
1. Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O’zbekistonda amalga 
oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag’larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid 
jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini ushbu 
sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko’zlaydi. Davlat xaridlari sohasidagi 
monitoring davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, davlat xaridlarining 
ushbu Qonunda belgilangan maqsadlari, prinsiplari va cheklovlari amalga oshirilishini davlat 
xaridlarining o‘tkazilishi haqidagi axborotni to‘plash, umumlashtirish, tizimlashtirish va 
baholash vositasida doimiy asosda amalga oshiriladigan kuzatish tizimidan iborat bo‘ladi. 
2. O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat 
xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini toʼliq joriy qilish orqali korrupsiyaviy 
xavf-xatarlarning oldini olish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart - 
sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan qator choralar amalga oshirib kelinmoqda. Davlat xaridi 
bevosita byudjet mablag’lari sarfi bilan amalga oshirilar ekan, uning samaradorligi 
ta’minlanishiga katta ahamiyat qaratilishi zarur bo’ladi.
3. Davlat xaridini boshqarishning xorijiy tajribasi, xususan, AQSH, Avstraliya, Yevropa 
Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy 
tajribalarini mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda davlat xaridi 
tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb 
etadi.
O’zbekistonda davlat xaridlaridagi korrupsiyaga qarshi kurash samarasini oshirish uchun 
quyidagi takliflar o’rinli deb hisoblaymiz: 
1. Barcha davlat xaridlarini o’tkazish uchun data-skrining imkoniyatiga ega bo’lgan 
yagona portal yaratish va amaliyotda yo’lga qo’yish. Taklif qilinayotdan data-skrining davlat 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1112 
dasturida nazarda tutilgan davlat xaridlaridagi manfaatlar to’qnashuvi bilan bog’liq holatlar, 
narxlar keskin tushib ketishi, arizalarni rad etish, narxlarni arzimagan 0-1% gacha pasayishi kabi 
korrupsiyaning yashirin belgilari asosida shubhali tenderlarni tezda aniqlash imkonini beradi.
2. Davlat xaridi jarayonida inson omili ishtirok etishini imkon darajasida cheklanishi va 
raqamlashtirilgan tarzda tanlov jarayonlari amalga oshirilishi. Xarid komissiyasi tanlov 
o’tkazilishi jarayonida korrupsion sxemalarni yuzaga keltirayotganligi holatlarini oldini olish 
uchun tanlov g’olibini aniqlash uchun maxsus tartib yaratib, jarayonni raqamlashtirilishi zarur. 
Buning uchun xarid jarayonidagi ishtirokchilar yaratilgan platformaga o’z ma’lumotlarini to’g’ri 
va aniq kiritishsa mavjud muammolar sezilarli darajada bartaraf etilgan bo’lardi.
3. Javobgarlikni kuchaytirish. Davlat xaridlari jarayonida qonunbuzilish holatlari 
kuzatilsa amaliyotda ko’pincha ma’muriy javobgarlikka tortish chorasi ko’riladi. Agarda davlat 
xaridlaridagi protsessual qoidalarni qo’pol yoki takroran buzilishi kuzatilsa, jinoiy javobgarlikka 
tortish uchun yetarli asos bo’lishi kerak. Bu davlat xaridi ishtirokchilarining mas’uliyatini 
oshiradi va byudjet mablag’laridan oqilona foydalanilishiga erishiladi. 
4. Byujdet tashkilotlari faoliyatini nazorat qilishning muvofiqlashtirilishi. Byudjet 
tashkiloti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq faoliyatini amalga oshirishi 
uchun davlat byudjetidan moliyalashtirilganligi tufayli doimiy nazorat obyekti bo’lib 
hisoblanishi unga ko’plab cheklovlarni o’rnatadi va belgilangan vazifalar to’liq ado etilmaydi. 
Shu sababdan byudjet tashkilotlarida ichki audit va ichki nazorat tizimini samarali tashkil etish 
tashqi nazoratga ehtiyoj qoldirmaydi, shuningdek, bu amaliy chora davlat rivojiga ham o’z 
hissasini qo’shadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin