Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender asosida


-jadval  O’zbekistonda byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy ta’mirlash va qurilish



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#109727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet xaridalari

3-jadval 
O’zbekistonda byudjet buyurtmachilari tomonidan joriy ta’mirlash va qurilish 
ishlari bo’yicha sohalar va hududlar kesimidagi tahlil (2021-yil)
 10
 
Sohalar kesimida 
Ob’ekt soni 
Ob’ektlarga ajratilgan 
mablag’ miqdori 

Xalq ta’limi vazirligi 
61 ta 
50,7 mlrd. so’m 

Sog’liqni saqlash vazirligi 
25 ta 
9,7 mlrd. so’m 

Maktabgacha ta’lim vazirligi 
7 ta 
1,8 mlrd. so’m 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi 
4 ta 
1,3 mlrd. so’m 

Mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar 
37 ta 
22,0 mlrd. so’m 
№ Hududlar kesimida 
Ob’ekt soni 
Ob’ektlarga ajratilgan 
mablag’ miqdori 

Samarqand viloyati 
10 ta 
42,2 mlrd. so’m 

Andijon viloyati 
45 ta
14,0 mlrd. so’m 

Qashqadaryo viloyati 
32 ta 
10,4 mlrd. so’m 

Namangan viloyati 
27 ta 
9,5 mlrd. so’m 

Jizzax viloyati 
7 ta 
3,7 mlrd. so’m 

Toshkent shahri 
4 ta 
3,7 mlrd. so’m 

Navoiy viloyati 
5 ta 
1,8 mlrd. so’m 

Buxoro viloyati 
4 ta 
332 mln so’m 
10
O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rasmiy sayti (anticorruption.uz) ma’lumotlari asosida 
muallif tomonidan tayyorlandi / https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/01/26/ozbekiston-respublikasi-korruptsiyaga-qarshi-
kurashish-agentligi-tomonidan-2021-jil-davomida-amalga-oshirilgan-ishlar-yuzasidan-brifing 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1109 
Bundan tashqari, davlat xaridlari sohasida oʼtkazilgan monitoringda Respublika boʼyicha 
byudjet buyurtmachilari tomonidan 458 ta tanlovda “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi va “Raqobat 
toʼgʼrisida”gi qonunlarning talablari buzilishiga yoʼl qoʼyilganligi aniqlanib, korrupsiyaga oid 
huquqbuzarlarliklarning sabab hamda shart-sharoitlarni bartaraf qilishga qaratilgan 446 ta 
taqdimnoma kiritildi va 141 mlrd. soʼmlik mablagʼlarning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi. 
“Korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosini oʼrganish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi 
Sogʼliqni saqlash vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʼini 
rivojlantirish agentligi hamda hududiy boʼlinmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyati, 
xususan, tizimda byudjet mablagʼlaridan foydalanish va qonun hujjatlariga rioya etilishi holati 
boʼyicha oʼrganishlar oʼtkazilib, sohada korrupsiyaviy omil va xavflarni bartaraf etish boʼyicha 
amaliy takliflar ishlab chiqildi. Qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga 
oshirishda “Shaffof qurilish” Milliy axborot tizimi ishlab chiqilib, respublikaning barcha 
hududlarida real vaqt rejimida toʼliq ishga tushirildi. 
Joriy yilning 10 oyida Аgentlik tomonidan buyurtmachilarga aniqlangan jami 356,8 mlrd. 
soʼmlik qonunbuzilishlarni bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlarga yoʼl qoʼymaslik 
haqida 121 ta taqdimnomalar kiritilgan. Mazkur 121 ta taqdimnomalardan 77 tasi masofaviy 
monitoringlar natijalari yuzasidan, 29 tasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini 
oʼrganish natijalari yuzasidan, 8 tasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan materillarni 
oʼrganish natijalari yuzasidan, 7 tasi hududlarda oʼtkazilgan oʼrganishlar natijalari yuzasidan 
kiritilgan. Jami koʼrib chiqilgan 116 ta taqdimnomalardan 110 tasi qanoatlantirilib, 314,7 mlrd. 
soʼmlik xarid natijalari yuzasidan tuzilgan shartnomalar bekor qilingan
11

Davlat xaridi jarayoni o’tkazilishining barcha bosqichlarida nazorat bilan bog’liq ko’plab 
muammolar mavjud: byudjet tashkiloti tomonidan sotib olinadigan mahsulotga asosli bo’lmagan 
talablarni belgilash; yetkazib beruvchiga nisbatan asossiz talablar qo’yish, ulardan ortiqcha 
litsenziya yoki kadrlarining malakasi bo’yicha qat’iy talablarga javob berishini so’rash; narxni 
noto’g’ri belgilanishi; noto’g’ri lot raqami shakllantirish; ish va xizmatlarni bajarish yuzasidan 
nomuvofiq muddat belgilash; byudjet tashkilotida mavjud xarid komissiyasining yetkazib 
beruvchilar malakasini noto’g’ri baholashi va boshqalar.
Davlat xaridi jarayonida inson omili ishtirok etishini imkon darajasida cheklanishi va 
raqamlashtirilgan tarzda tanlov jarayonlari amalga oshirilsa hamda buning uchun xarid 
jarayonidagi ishtirokchilar yaratilgan platformaga o’z ma’lumotlarini to’g’ri va aniq kiritishsa 
mavjud muammolar sezilarli darajada bartaraf etilgan bo’lardi. O’zaro kelishib olingan holda 
buyurtmachi va yetkazib beruvchi tomonidan byudjet mablag’larini isrof qilinishi holatlariga esa 
qonunchilikda qat’iy jazo belgilash, ularning faqat jarima to’lovlari bilan qutulib qolishlari 
tartibini o’zgartirish ham muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, byujdet tashkilotlarida 
faoliyat davomida bir qancha organlar tomonidan doimiy ravishda tekshiruvlar olib borilishi 
byudjet tashkiloti faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishini inobatga olib, byudjet tashkiloti faoliyati 
bo’yicha nazorat turlarini kamaytirish va muvofiqlashtirish o’rinli deb hisoblaymiz.
Davlat xaridini tashkil etish jarayonlarini boshqarish sohasida O’zbekistonda amalga 
oshirilayotgan islohotlar, davlat mablag’larini samarali boshqarish, shuningdek, xarid 
jarayonlarida raqobat muhitini shakllantirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini ushbu 
11
https://anticorruption.uz/uzc/item/2022/11/24/davlat-xaridlarini-amalga-oshirishda-yol-qoyilgan-qonunbuzilishi-holatlari-
yuzasidan 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1110 
sohaga kengroq jalb etish kabi qator maqsadlarni ko’zlaydi. Davlat va mahalliy organlar 
xaridining samarasi amaldagi qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi organlar 
faoliyatining samarasi hamda xaridni amalga oshiruvchi xodimlarning professionallik darajasi 
kabi omillarga bevosita bog’liq.
Davlat xaridlari va tender shartnomalari bo’yicha audit tekshiruvlarini o’tkazishining 
xorijiy tajribasi, xususan, AQSH, Avstraliya, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlanayotgan 
davlatlar amaliyotini o’rganish hamda ularning ijobiy tajribalarini mamlakatimiz davlat xaridi 
tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etishda qo’llash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Quyida bir necha xorijiy mamlakatlarning davlat xaridi jarayonidagi o’ziga xos 
xususiyatlarni ko’rib chiqamiz. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin