Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender asosida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix08.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#109727
1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet xaridalari

Tadqiqot usullari 
Maqolada byudjet tashkilotlarida davlat xaridi va tender savdolari asosida tuzilgan 
shartnomalar bo’yicha audit tekshiruvlarini o’tkazish masalalarini aniqroq tadqiq qilish uchun 
guruhlash va saralash, taqqoslash, qiyosiy tahlil va tizimlashtirish usullaridan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar 
Davlat ehtiyojlari uchun xaridlar bozorni tartibga solishning asosiy elementlaridan biri
shuningdek, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi ijtimoiy va iqtisodiy tizim elementidir. Davlat 
xaridlari sohasidagi qonunchilikni xususiy va davlat sektori talablariga javob beradigan darajada 
rivojlantirish davr talabiga aylangan, davlat xaridlarining yangi turlarini kiritish, mavjudlarini 
takomillashtirish zarurati tug’ilgan bir vaziyatda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat 
xaridlari rivojlanishining ikkinchi bosqichini ochib bergan “Davlat xaridlari tizimini 
maqbullashtirish va unga kichik biznes sub’ektlarini jalb etishni kengaytirish to’g’risida”gi 
qarori qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “Tovarlar 
(ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlarini amalga oshirishning zamonaviy shakl va 
uslublarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3237-sonli qarori bilan 
O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida o’tkaziladigan elektron auksion savdolari 
bekor qilindi, 2018 yil aprel oyidan takomillashtirilgan elektron auksion tizimi joriy etildi. 
So‘nggi yillarda iqtisodiyotimizning barcha jabhalariga bozor mexanizmlarini joriy etish 
borasida jiddiy qadamlar tashlandi. Endigi vazifa - chuqur tarkibiy islohotlar orqali uzoq 
muddatli barqaror o‘sishning poydevorini yaratishdan iborat. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, 
“Hozirgi kunda davlat xaridlarida atigi 4 foiz tadbirkor qatnashmoqda. Kelgusi yilda 24 ta yirik 
davlat korxonasiga davlat xaridi bo‘yicha ochiq-oshkora talablar joriy etiladi. Natijada mahalliy 
tadbirkorlarimiz har yili kamida 10 trillion so‘mlik mahsulotlarini ushbu korxonalarga sotish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan buyon barcha davlat xaridlari jamoatchilik va Parlament 
nazoratida bo‘ladi”
7

Mamlakatimizda davlat va korporativ xaridlari mexanizmini yanada takomillashtirish, 
tender savdolarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash bo’yicha izchil va kompleks ishlar 
amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, elektron savdolar joriy qilindi, Respublika tovar-xom 
ashyo birjasi maxsus axborot portali yaratildi, tovar, ish va xizmatlar xaridi bo’yicha, shu 
jumladan, investitsiya loyihalari doirasida ko’p pog’onali idoralararo tender komissiyalari 
tuzildi. O’zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida davlat xaridlari shaffofligini oshirishga 
yo’naltirilgan turli o’zgartirish va qo’shimchalar doimiy ravishda kiritilib borishiga qaramasdan, 
bu sohadagi qonun buzilishi muammolari mavjudligicha qolmoqda. Shu bilan birga, o’tkazilgan 
tahlil shuni ko’rsatdiki, davlat va korporativ xaridlarining hamda tender savdolarini tashkil 
etishning amaldagi tartibi zamonaviy talablarga javob bermaydi, turli xil korrupsiya ko’rinishlari 
uchun sharoit yaratadigan ko’plab kelishish bosqichlari, bir-birini takrorlaydigan tartib-taomillar 
va sansolarlik holatlari mavjud. Bundan tashqari, tender jarayonlarining cho’zilishi, narx-navoni 
manipulyatsiya qilish, tovarlarning sifati, tavsifi haqidagi ma’lumotlarni buzib ko’rsatish va 
elektron savdoda tuzilgan bitimlar bo’yicha tovarlarni yetkazib bermaslik holatlari ko’plab 
kuzatilmoqda. O’tkazilgan tenderlar natijalarini tahlil qilish, aniqlangan qoidabuzarliklarning 
7
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, 29.12.2020 


 
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
1106 
sabablarini aniqlash, shu bilan birga uning metodologiyasi va tegishli hujjatlari to’liq ishlab 
chiqilmaganligi va takomillashtirishni talab etishi xaridlar faoliyatini auditorlik tekshiruviga 
zaruratni yuzaga keltiradi. 
Davlat xaridlari maxsus axborot portalining ishga tushirilishi bizga davlat xaridlarini 
amalga oshirish ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va shu orqali mansabdor 
shaxslarning noqonuniy harakatlarining oldini olish imkonini berdi. Davlat organlari va 
tashkilotlari har yili rasmiy veb-saytlarda o‘z faoliyati to‘g‘risidagi batafsil hisobotlarni 
belgilangan tartibda e’lon qilib, ularning fuqarolik jamiyati ishtirokida muhokama qilish joyi va 
vaqti to‘g‘risida hisobot berishlari zarurligi qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan. Shuningdek, 
davlat organlari va tashkilotlari 2021-yil 1-iyuldan boshlab, har qanday davlat xaridlari
mansabdor shaxslarning xizmat safarlariga sarflanadigan xarajatlar hamda xorijdan kelgan 
mehmonlarni, yuridik shaxslarning benefitsiarlarini qabul qilish uchun soliq va bojxona 
imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek, yillik xarajatlar smetasi va ularni amalga oshirish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtira boshladilar.
Hozirda O’zbekiston Respublikasida o’rnatilgan amaldagi qonunga ko’ra elektron do‘kon 
va auksionda g‘olibni aniqlash avtomatik tarzda elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Maxsus 
talablar tatbiq etilmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron do‘kon orqali xarid qilinadi va 
“Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonunga asosan tovar, ish va xizmatlarning to’g’ridan to’g’ri 
xaridi yuzasidan quyidagi cheklovlar o’rnatilgan. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin