SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1104
imzonalishi davrida, shuningdek,
bajarilgan ish, xizmat yoki tovar yetkazib berilishi
yakunlanganidan so’ng, oxirgi to’lov amalga oshirilishidan avval o’tkazilishi zarur”
3
.
Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari mavzusida Y.Vinokurtseva va T.Avdyushkinalar
tomonidan keltirilgan fikrlar o’rinli. Chunki, davlat xaridlarining tartibga solinish tizimi samarali
tashkil etilganligi, nazoratning doimiy ravishda olib borilishi va qonun ustuvorligi ta’minlanishi
byudjet mablag’larining suistemol qilinishining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari,
davlat xaridi jarayonlarida korrupsion riskni kamaytirishda audit tekshiruvlarini o’tkazilishi
muhim, ammo xarid jarayonlarining qaysi bosqichida tekshiruv o’tkazilishi samaraliroq ekanligi
tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahalliy iqtisochi olimlardan D.Gofurov tomonidan davlat va korporativ xaridlar
jarayonini takomillashtirish bo’yicha “buyurtmachilar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma
tuzish orqali xarid qilinadigan tovarlar ro’yxatini shakllantirish”, “auksion
va tanlov savdolari
o’tkazilishi to’g’risidagi e’lonlarni joylashtirish muddatini auksion bo’yicha 5 kun, tanlov
bo’yicha 10 kun etib belgilash orqali ushbu savdolarning muddatlarini muvofiqlashtirish”
4
kabi
taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga tatbiq etilgan. Shuningdek, hozirgi
kunda davlat xaridlari tizimi amaliyotida mavjud muammolar S.Turabov
tomonidan asosiy
yo’nalishlarga ajratib chiqilgan va bular: “davlat xaridlarini rejalashtirish jarayonidagi
muammolar, davlat organlarining xaridlar jarayonida byudjet mablag’larini samarasiz
foydalanishi, davlat xaridlaridagi “vijdonsiz” ishtirokchilar, yagona buyurtmachidan xarid qilish
amaliyotining suiste’mol qilinishi hamda davlat xaridlarining subyektlari o’rtasida til biriktirish
holatlari”
5
dir.
A.To’rayev o’z ilmiy izlanishlarida “ichki audit xizmati natijalaridan tashqi
auditorlarning foydalanishi auditorlik tekshiruvi uchun sarflanadigan
vaqt sarfini kamaytirish
orqali auditorlik tashkilotida mehnat resurslariga bo’lgan xarajatlarni qisqartirish, shuningdek,
auditorlik dalillarining yetarliligi tamoyili asosida qo’shimcha dalillar olish imkonini beradi”
6
deb ta’kidlagan.
D.Gofurov bildirgan fikrning e’tiborli jihati shundaki, byudjet buyurtmachilari tomonidan
to’g’ridan to’g’ri shartnoma tuzish orqali xarid qilinadigan tovarlar ro’yxatini shakllantirish
narxlari qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy
belgilangan tovar, ish va xizmatlar xaridida samara
beradi. Shuningdek, auksion va tanlov savdolari to’g’risidagi e’lonlarni joylashtirish muddatlari
muvofiqlashtirilishi yurtimizda davlat xaridi jarayonidagi vaqt omili bilan bog’liq ko’plab
muammolarning hal etilishiga yordam berdi. Byudjet tashkilotlarida ichki audit xizmatini joriy
qilish tashkilotdagi kamchiliklarni tugatish zaruratidan kelib chiqadi. Bu borada A.To’rayev
tomonidan keltirilgan amaliy ma’lumotlarga ko’ra ichki audit orqali tashqi audit uchun
sarflanadigan xarajatlarning 10 foizga kamayishiga erishilgan. Mamlakatimiz
rivojlanishining
o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari bo’yicha
3
Авдюшкина Т.В. Цели и назначение внутренного аудита механизма государственных закупок. Вестник Московского
университета имени С.Ю.Витте. Серия 1. Экономика и управление №4 (27)э 2018.
4
Gofurov D.B. O’zbekistonda davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020.
5
Turabov S.A. Byudjet tashkilotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi moliyaviy munosabatlarini takomillashtirish
yo’llari. Iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2021
6
To’rayev A.N. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot
fanlari bo’yicha falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2020
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1105
tuzilgan shartnomalar bo’yicha audit tekshiruvlarining o’tkazilishi bilan bog’liq
masalalar
chuqur o’rganilmaganligi mazkur tadqiqot mavzusi tanlanishiga asos bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: