Page 16
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND
INNOVATION
Volume 1, Issue 2, November 2022
www.in-academy.uz
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYA XO‘JALIK
FAOLIYATINI NAZORAT KILISHNING AMALDAGI HOLATI
Usmonov Shavkatjon Shukurovich
Jamoat xavfsizligi
universiteti,
“Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7370176
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 10
th
November 2022
Accepted: 20
th
November 2022
Online: 28
th
November 2022
Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati, Moliyaviy
nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari, Moliyaviy
nazorat quyidagi tekshirishlarni o‘zida aks ettiradi,
oliyaviy nazoratning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan
quyidagi vazifalar turadi,
KEY WORDS
byudjet, byudjet tashkiloti,
audit, ichki audit, nazorat.
Byudjet tashkilotlarida ichki audit – tashkilot tomonidan smetalarni
tuzish hamda ijrosini
amalga oshirishni qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish hamda monitoring olib
borish yoʻli bilan nazorat qilish, moliyaviy hisobot maʼlumotlarining ishonchliligini taʼminlash,
byudjet-smeta intizomiga rioya qilish, mablagʻlarni maqsadli
va oqilona sarflashga
yoʻnaltirilgan faoliyatdir. Byudjet kodeksi qabul qilinishi va natijadorlik tamoyilini joriy qilish
bilan bogʻliq ichki auditni tashkil etish shu kunning eng dolzarb masalalaridan boʻlib turibti.
Byudjet tashkiloti davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat
hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan
saqlab turiladigan notijorat tashkilotidir. Byudjet tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar
jarayonida, xalqaro standartlar talablari asosida byudjet hisobinitashkil etish va yuritish
tartibi takomillashtirilishi natijasida byudjet tashkilotlarida
hisobni tashkil etishning
qonunchilik asoslari yetarli darajada shakllantirildi.
Lekin shunga qaramay byudjet tashkilotlari hisobi amaliyotida qator muammoli holatlar
kuzatilmoqda. Jumladan:
1. Hisobni yuritishda masʼul xodimlarning tegishli meʼyoriy-huquqiy
xujjatlar haqida
yetarlicha xabardor emasligi, buxgalteriya boʻlimi xodimlari tarkibining tez-tez oʻzgarib,
yangilanib turishi, yaʼni kadrlar qoʻnimsizligi, buxgalteriya boʻlimi xodimlari oʻzaro bir-birlari
bajaradigan ishlarini nazorat qilish mexanizmi yetarli darajada shakllantirilmaganligi
natijasida xatoliklar hamda moliyaviy tartibbuzarliklar kuzatilmoqda.
Nazorat iqtisodiy
tizimning zarur elementi sifatida butun insoniyat sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanadi,
evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy to‘fonlar jarayonida, jamiyat iqtisodiy formatsiyasi, siyosiy
tizimi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyati organlari
almashinuvi jarayonida o‘zgarib boradi. Nazorat - jamiyat iqtisodiy
hayotidagi obyektiv
hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga u ko‘p ming