Page 19 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz yurituvchi subyekt faoliyatining tahlili singari mustaqil vazifasidir.
4. Taqsimlash munosabatlari orqali moliyaviy nazorat ishlab chiqarish, ayirboshlash,
muomala va iste’mol munosabatlariga tatbiq etiladi.
Moliyaviy nazorat - moliyaviy, kredit va xo‘jalik organlari (tashkilotlari)ning rejalarning
bajarilish jarayonida moliyaviy, budjet, soliq, kredit, hisob-kitob va kassa intizomini
ta’minlashga qaratilgan va pul xarajatlarining qonuniyligi, asosliligi va oqilonaligini
tekshirishdan iborat qonun me’yorlari bilan tartibga solinuvchi faoliyatidir.
Moliyaviy nazoratning vazifasi yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqish me’yorlarini malakali
belgilashdan iborat, qolgan barcha chetga chiqishlarni qayd etish va bartaraf qilish talab
qilinadi. Boshqaruvning ichki va tashqi xo‘jalik jarayonlarini kuzatish, tekshirishni amalga
oshirar ekan, nazorat bozor iqtisodiyotida, bu harakatlarning hammasi faqat samarali
boshqarish uchun foydali bo‘lgandagina mavjudlik huquqiga egadir.
Moliyaviy nazorat deganda nazorat vazifalari yuklatilgan davlat va jamoat organlarining
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy
samaradorligini holis baholash maqsadi bilan bu faoliyat ustidan nazoratning ko‘p tomonlama
tarmoqlardagi tizimini, xo‘jalik va maqsadga muvofiqligini aniqlashni hamda davlat budjeti
daromadlarining rezervlarini aniqlashni tushunmoq kerak.
Keltirib o‘tilgan ta’riflar tahlili nazoratning eng muhim jihati – og‘ishlarni qayd qilish va
baholash xulosalaridan iboratligi xususida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu,
fikrimizcha, nazoratning mohiyatini belgilab beradi. Og‘ishlarni qayd qilish uchun:
•qonun nuqtai nazaridan nazorat qilinayotgan obyektning ruxsat etilgan holati va kutilgan
daraja va xatti-harakati yo‘l qo‘yiladigan daraja bilan qiyoslanadi;
•harakatlar, xarajatlar, natijalar, standartlar, rejalashtirilayotgan yoki zarur ma’lumotlar bilan
qiyoslanadi;
•qo‘llangan va huquqiy cheklashlar bilan amalga oshirilgan harakatlar qiyoslanadi;
•kutilayotgan va haqiqiylari oqilona va maqsadga muvofiqlari bilan qiyoslanadi;
•boshqa qiyoslashlar ham amalga oshiriladi.
Nazoratning mohiyati va nazorat qiluvchi shaxsning ish usuli shundan iborat.
O‘tkazilgan qiyoslashlardan ish manfaatiga xizmat qiladigan va hatto aybdorlarni jazolash
uchun baholash xulosalari chiqarish nazoratni boshqarishning boshqa vazifalaridan
farqlaydigan maqsadi shu. Shunday qilib, moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etishni
nazorat qilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan
hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga
qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni,
moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning
maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga o‘tish va ularni
buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini
ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va bularning oldini olishdan iborat.
Jamiyatdagi iqtisodiy hayotning turli xil sohalarida va xo‘jalik boshqaruvidagi ko‘p qirrali
murakkab vazifalarni hal qilishda moliyaviy nazorat faol ishtirok etadi, shunga binoan uni
tashkil etish uchun ma’lum bir talablarni aniqlashni taqozo etadi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlar o‘z mavqeidan kelib chiqib quyidagicha
farqlanada: