Page 17 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz rahbar va mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining subyektiv ijod
sohasidir. Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yo‘nalishi
davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha
soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanishga qaratilgan
bo‘ladi. Bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati
pasaymasdan, balki oshib boradi.
2. Davlat moliyaviy nazorati organlari (Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining Nazorattaftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari, Davlat soliq
xizmati organlari) tomonidan rejali tekshirishlar oʻtkazilganda mablagʻlardan maqsadsiz
foydalanish, moliyaviy kamomadlar, byudjet intizomiga rioya qilinmaganligi holatlari
aniqlanmoqda.
3. Byudjet tashkilotlarida ichki moliyaviy nazorat tizimi faoliyati yetarli darajada yoʻlga
qoʻyilmaganligi natijasida hisobni yuritishda turli yondashuvlar boʻlmoqda hamda
xatoliklarga yoʻl qoʻyilmoqda.
4. Byudjet tashkilotlari smetalari va ularning ijrosi holati tahlili yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli
moliyaviy nazorat organlari tomonidan tekshirishlar oʻtkazilganda kamchiliklar, xatoliklar
aniqlanmoqda. Yuqorida keltirilgan muammolarning yechimi byudjet tashkilotlarida ichki
audit xizmati faoliyatini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki,
byudjet hamda byudjetdan tashqari mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishning ichki
nazorati koʻp jihatdan ichki audit tizimini samarali tashkil etishga bogʻliq boʻladi.
Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish ko‘rinishida namoyon
bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini belgilab beradi. Shunday bo‘lsada,
moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va
munosabatlarining o‘zgarishidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Masalan, korxonalarning
xo‘jalik yuritish huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi
mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang ko‘rinishdagi mulk shakllarining vujudga kelishi
moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi. Moliyaviy nazorat bu maxsus shakl
va uslublarni qo‘llash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv organlarining
moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni tekshirishga qaratilgan harakatlar va
taftishlar yig‘indisidir. Moliyaviy nazorat - bu moliyaviy tekshirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalar harakatini va muomalasini majmui bo‘lib, xo‘jalik subyektlari faoliyatini va
boshqarishni o‘ziga xos usullar va shakllar yordamida tashkil etish.
Moliyaviy nazorat tizimi subyektlar (nazorat qiluvchilar), obyektlar (nazorat qilinuvchilar),
nazoratning usul va vositalarini birgalikda jamlab, o‘z ichiga oladi. Ular nazorat obyektining
holatini, ijroning kutilgan natijalarini aniqlash, ularni tahlil qilish va baholash, tuzatish
kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar yo‘sinini ishlab chiqish uchun yaxlit uyg‘unlikda
hamkorlik qiladi.
Moliyaviy nazorat - tarmoqlar iqtisodiyotidagi nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, u qiymat
kategoriyasi bilan bog‘liqdir. Moliyaviy nazorat ma’lum bir sohalarda qo‘llanilib, o‘ziga xos
maqsadli yo‘nalishga ega bo‘ladi. Moliyaviy nazoratning obyektiga moliyaviy resurslarning
harakati, shakllanishi hamda foydalanishdagi taqsimlash va pullik jarayonlar shuningdek,
tarmoqlar iqtisodiyotining barcha bo‘g‘inlaridagi fond shaklidagi pul resurslari ham kiradi.
Bevosita tekshirish predmetlari esa, moliyaviy (qiymat) ko‘rsatkichlar tarkibiga kiruvchi