Page 18 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz foyda, daromad, bevosita va bilvosita soliqlar, rentabellik, mahsulot tannarxi, muomala
xarajatlari, turli xil maqsadlar va fondlarga ajratmalar hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar
uyg‘unlashgan xarakterga ega bo‘ladi, shuning uchun nazorat xo‘jalik yurituvchilarning ishlab
chiqarish, xo‘jalik yuritish, tijorat hamda moliya-kredit mexanizmidagi o‘zaro bog‘liqlikni
barcha tomonlarini qamrab oladi.
Moliyaviy nazorat quyidagi tekshirishlarni o‘zida aks ettiradi:
- obyektiv iqtisodiy qonunlar talabiga rioya etish;
- milliy daromad va yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi
optimallikni ta’minlash;
- davlat budjeti daromadlarini tashkil etish va ijrosi (budjet nazorati)ni ta’minlash;
- korxona, tashkilot va budjet muassasalarida moliyaviy, mehnat va moddiy resurslardan
samarali foydalanish;
- xo‘jalik subyektlarining moliyaviy holati va soliq nazorati.
Moliyaviy nazoratning oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan quyidagi vazifalar turadi:
•tarmoqlar iqtisodiyotidagi pul daromadlari va fondlari bilan moliyaviy resurslarga bo‘lgan
talab o‘rtasidagi mutanosiblikka ta’sir o‘tkazish;
•davlat budjeti oldidagi moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liqligicha bajarilishini
ta’minlash;
•moliyaviy resurslarni yuksaltirishda ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash;
•tannarxni pasaytirish hisobiga rentabellikni oshirish yo‘llarini ko‘rsatish;
•xo‘jalik subyektlarining pul resurslari va moddiy boyliklarini maqsadga muvofiq obyektlarga
sarflashga ta’sir qilish, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisobotini to‘g‘ri yurgizish;
•harakatdagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilishni ta’minlash, shuningdek, turli
xil mulk shaklidagi korxonalarni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish uchun takliflar
berish;
•korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati va valyuta operatsiyalaridan yuksak iqtisodiy
samara olishga shart-sharoit yaratish va shu kabilar.
Moliya intizomiga rioya qilish uchun moliyaviy nazorat korxona, tashkilot va muassasalar
javobgarligi bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Bunday javobgarlik moliya intizomini buzgan
shaxsga nisbatan, ham ma’muriy ko‘rinishda, ham iqtisodiy usulda bo‘lishi mumkin, iqtisodiy
usul bilan ta’sir ko‘rsatish muayyan moliyaviy jazo choralari (sanksiyalari) orqali
amalga oshiriladi. Moliyaviy javobgarlikni kuchaytirish, bir tomondan, moliyaviy nazoratning
ta’sirini yuksaltirishda qo‘llanilayotgan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishni talab
qilsa, ikkinchi tomondan, ularning samaradorlik darajasini oshirishni talab etadi. Moliya pul
munosabatlarining alohida usullari yordamida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish,
taqsimlash, muomala va iste’molning barcha bosqichlarini namoyon qiladi.
Moliyaning nazorat funksiyasini mavjudligi o‘z o‘rnida moliyaviy nazorat mavjudligini keltirib
chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muhim tashkil etuvchi faoliyatini taqazo etadi.
1. Moliyaviy nazorat - kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda moliyani muhim rolining bir
ko‘rinishidir.
2. Moliyaviy nazorat davlat boshqaruv organlari faoliyatining ko‘rinishlaridan biri sifatida
namoyon bo‘ladi.
3. Moliyaviy nazorat - boshqaruvning tartibga solish, rejalashtirish, hisob-kitob va xo‘jalikni