Page 20 CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION Volume 1, Issue 2, November 2022 www.in-academy.uz •davlat moliya nazorati
•korxona ichidagi moliya nazorati
•jamoat moliya nazorati
•mustaqil (auditorlik) moliya nazorati.
Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida
vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini
amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik subyektlarining mulkchilik shakli va
idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga
oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidaga maxsus nazorat-taftish
organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi
korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyatidan iborat bo‘ladi.
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan
iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo‘limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa,
alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga
kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial, shaxobcha, bo‘lim)lar hisoblanadi. Jamoat moliya nazoratini
alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab
qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi oldida turgan
muayyan vazifalar nazarda tutiladi.
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakli quyidagicha bo‘ladi:
•dastlabki;
•joriy;
•so‘nggi.
Moliya nazoratining dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo‘jalik
jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda,
ko‘rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar
smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar
tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan
samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli
amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat shakli xo‘jalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali moliya rejalari
bajarilayotgan paytda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning asosiy ahamiyati korxonalarning ichki
xo‘jalik rezervlarini izlash hisobidan jamg‘armani oshirishga ta’sir qiladi. Joriy moliya nazorati
korxona, tashkilot va muassasalarning moliya xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda,
moliyaviy intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni amalga
oshiradi.
Moliya nazoratining so‘nggi shakli hisobot davri va butun moliya-yili tugagandan so‘ng
amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Bunda, budjetni ijro etishdagi davlat pul
resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya
rejasini bajarganligi hamda budjet muassasalari smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi.
So‘nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy nazorat shakli bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir, chunki
so‘nggi nazorat dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.