Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix06.11.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#67615
1   2   3   4   5
farmoyish-hujjatlarining-ayrim-lingvistik-xususiyatlari

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Farmoyish hujjatlari tarkibiga kiruvchi buyruq, ko„rsatma, buyruqdan 
ko‟chirma hamda farmoyish, umuman, rasmiy uslub doirasida yozilgan hujjatlarning 
barchasida adabiy til normalariga qat‟iy rioya etiladi, jumladan, uslubiy bo„yoqlarsiz, 
tushunarsizliklardan yiroq bo„ladi, badiiy tasvir vositalari, shevaga oid so„z va 
iboralar, 
ekspressiv-emotsional 
so„zlar boshqa uslublarda bo„lgani kabi 
qo‟llanilmaydi. Rasmiy uslubning og„zaki turida ham adabiy til normalariga amal 
qilish lozim bo„ladi. Quyida farmoyish hujjatlarining leksik va morfologik 
xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qilamiz. 
Farmoyish hujjatlari matnida so„zlarni qo„llashda ularning har qanday leksik 
xususiyatlariga ahamiyat berish lozim: 
- so„z ma'nosini to„g„ri tanlash; 
- so„zlar doim o„z ma‟nosida qo‟llash, ko‟chma ma‟noli so‟zlardan 
foydalanmaslik; 
- ma‟no ko„chishi hodisasi (metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik va 
kinoya) bo„lmasligi; 
- tasviriy ifodalarni (deyarli) qo„llamaslik; 
- barqaror birikmalar (frazeologizmlar, maqol va matallar, aforizmlar) siz; 
- qo„llanilishi davri va doirasi chegaralangan leksikaga oid so‟zlar, bo„yoqdor 
leksikaga doir so‟zlar (badnafs, qiltiriq, oraz; badbashara, muttaham, bashara) dan 
yiroq bo„lishi.
1
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, O„zME, 2020. – 155-
bet. 


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-558-562 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
560 
Yuqorida sanab o„tilganlarning hech bo„lmaganda birining hujjat matnlarida 
bo„lishi stilistik va leksik xatolarga olib kelishi mumkin. 
Ta‟kidlash joizki, hujjatlar matni morfologik jihatdan ham o„ziga xos 
xususiyatlarga egadir. Bu ham barcha rasmiy ish hujjatlarida aniqlikning birinchi 
o„rinda turishini ko„rsatib beradi, ya‟ni hech qanaqa jozibadorlik va mujmallikka, 
mavhumlikka yo„l qo„yilmaydi. Hujjatlar matnida so„z turkumlarining deyarli 
barchasi ishtirok etadi. Barcha turdagi hujjat matnlarida ot so„z turkumidagi so„zlar, 
harakat nomi shaklidagi so„zlar faol qo'llaniladi Xususan, farmoyish hujjatlari 
matnida qo„llangan fe'llarga diqqat qilamiz: 
- buyruqda: buyuraman; qabul qilinsin, chiqarilsin, kiritilsin, ta‟minlasin, 
tasdiqlansin, kuchga kiritilsin, ko„paytirilsin va hokazo; 
- farmoyishda: ajratsin, yuklansin, hal qilsinlar, qabul qilinsin, rozilik berilsin, 
qo„llab-quvvatlansin, ko„zda tutilsin, tavsiya etilsin va hokazo
- ko„rsatmada: tavsiya etaman, yuklayman, qoplansin, belgilansin, ajratish 
zarur. 
Hujjatchilikda farmoyish hujjatlari orasida eng ko„p foydalaniladigan hujjat - 
bu buyruqdir. Ushbu ma„muriy hujjat nomidan ham ko„rinib turibdiki, siz, men, har 
bir shaxs, yoinki jamoa qat‟iy bajarishi, bo„ysunishi lozim bo„lgan huquqiy va 
qonuniy hujjat. Boshqa hujjatlardan uni ajratib turuvchi jihat, buyruqda doimo 
"buyuraman" so„zining mavjudligidir. Buyurmoq fe'lining lug„aviy ma'nosini tahlil 
qilamiz: 
Buyurmoq. 1. Istak-talabni bajarishga koʻrsatma bermoq; buyruq bermoq, amr, 
farmon qilmoq. 
2. Biror narsani tayyorlab berish uchun murojaat qilmoq; buyurtma bermoq, 
buyurtirmoq. 
3. Topshirmoq, bermoq (qonun yoʻli bilan). 
4. tib.Tavsiya qilmoq, yozib bermoq, (dori-darmon, parhez va shu kabilar 
haqida). 
6. Taqdir qilmoq; xohlamoq, istamoq
2

Ko„rishimiz mumkinki, ularning barchasi buyurish, da'vat, hukm, bajarilishi va 
ijrosi ta'minlanishi shart va qat'iy bo„lgan ishlar borasida, rasmiy doirada ish yuritish 
bilan bog„liq vaziyatlarda (boshqa holatlarda ham) qo„llanishi lozim bo„lgan fe'l 
shaklidir. 

O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 
544-son “Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash 
2
O„zbek tilining izohli lug„ati. Birinchi jild. – Toshkent, O„zME, 2006.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin