Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix06.11.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#67615
1   2   3   4   5
farmoyish-hujjatlarining-ayrim-lingvistik-xususiyatlari

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-3-558-562 
 
E-mail: carjisor@carjis.org 
561 
va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari 
to„g„risida”gi qaroriga asosan buyuraman:“ 
Buyruqda qo„llanilgan fe‟llar (buyuraman fe‟li bundan mustasno) orttirma va 
majhul nisbat (bajaruvchi shaxsga qarab) da, bo„lishli shaklda, buyruq maylida 
ifodalangan. Farmoyishda ham fe‟llar xuddi shu shaklda uchraydi. Hujjatlar ichida 
faqatgina buyruqda “buyuraman” fe‟li qo„llaniladi. Boshqa farmoyish hujjatlarida esa 
uning qo„llanilganligi kuzatilmaydi. Xususan, buyurmoq fe‟li hozirgi zamon, aniq 
nisbat, xabar maylida, birinchi shaxs birlik tarzida qo„llaniladi, buyruqning yakka 
shaxs tomonidan “buyuraman” tarzida ifodalanishi esa berilayotgan vazifa yoki 
topshiriqning ijrosi qat‟iy ta‟minlanishini, bajarilishini nazarda tutadi. Buyurmoq 
fe‟lining -a ko‟rsatkichli hozirgi kelasi zamon shakli bilan ifodalanishida ikki holatni 
payqash mumkin: buyruqning bayon etilishi vaqti uni chiqargan shaxs uchun kelasi 
zamon ma‟nosiga ega bo„ladi. Buyruq matni farmoyish qismining tegishli bandlarida 
esa (bo„shatmoq, ta‟minlamoq, amalga oshirmoq, ko„chirmoq, o„tkazmoq kabi 
faoliyat-jarayon anglatuvchi turli fe‟llar ishlatiladi. Bu fe‟llar faqat majhul nisbat, 3-
shaxs birlikdagi buyruq-istak mayli shaklida (bo„shatilsin, bajarilsin, ta‟minlansin, 
amalga oshirilsin, yuklatilsin) qo„llaniladi. Hujjatda chiqarilgan buyruqning kim 
tomonidan bajarilishini e‟lon qilish muhim ahamiyat kasb etmaydi, balki uning 
mohiyati aynan nimadan iborat ekanligini ma‟lum qilish va birma-bir sanab qayd 
etish maqsadi ko‟zda tutiladi. Shu bois ko„rsatilgan fe‟llar majhul nisbat shaklida 
qo„llaniladi. Ushbu fe‟llarning 3-shaxs birlik shaklida kelishi ham buyruqdagi 
bajaruvchining kim ekanligini aniq ko„rsatish shart emasligidan dalolat beradi
3
. Bu 
ham uning o‟ziga xos xususiyatlaridan biri sanaladi.
Farmoyishda -sh (-ish) maqsadida, -sh (-ish) uchun ko„makchili qurilmalari 
keng qo„llaniladi. Ushbu ko„makchili qurilmalar hujjatdan ko„zlangan maqsadni 
emas, hujjatni shakllantirish uchun asos bo„lgan adresant maqsadini ifoda etadi. Bu 
holatda hujjatdan ko„zlangan asosiy maqsad umumiy matn mazmunidan anglashiladi. 
"Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish hamda kimyo 
sanoatiga to„g„ridan to„g„ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida:… " (bajarilishi 
kerak bo„lgan ishlar sanab o„tiladi, tasdiqlansin, yuklatilsin, amalga oshirilsin va shu 
kabi fe'l shakllari ishtirok etadi). 
XULOSA 
E‟tibor qaratishimiz joizki, ko„rsatmada buyurish ohangidagi fe‟llardan, 
"tavsiya etaman", "yuklayman" kabi fe'llar uchraydi. Mazkur hujjatda ma‟lum bir 
3
Lutfullayeva D. Rasmiy ish hujjatlari matnida pragmatik maqsadning ifodalanishi. Toshkent, O„zbek tili va adabiyoti 
jurnali. 2019/3, 23-24-betlar. 



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin