Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 12 |December, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-12-102-107 E-mail: carjisor@gmail.com 103 hisoblangan. Davlat uchun muntazam qo‟shinni tashkil etish, uni zamonaviy qurollar
bilan ta‟minlash ustuvor vazifalardan sanalib, qo‟shin Buxoro amirligi va Xiva
xonliklari harbiy kuchlaridan keskin farq qilmasada, ayni „aytda, o‟ziga xos jihatlari
bilan ajralib turgan.
O'rta Osiyo xonliklarining jumladan, Qo‟qon xonligida ham qo‟shin ta‟minoti,
qurollanishi samaradorligi davlat xukmdorining sohaga nechog‟lik etibor berishiga
ko‟‟ jihatdan bog‟liq bo‟lgan. Shu o‟rinda aytish kerakki, xonlikning ba‟zi
xukmdorlari har doim ham bu ishga munosib e‟tibor berishmagan. Shunga
qaramasdan bu sohani rivojlanishiga davlatda ma‟lum e‟tibor doim saqlangan. Xonlik
harbiy qala‟alarning soni, zambaraklar va miltiqlarning soni, sifati bo‟yicha Buxoro
va Xiva davlatlari harbiy salohiyatidan orqada bo‟lmagan.
Harbiy harakatlarda artilleriya muhim qurol turi bo‟lib, xonlik qo‟shinlarining
asosiy zarbdor kuchidan biri hisoblangan. To‟‟rezlik, ya‟ni to‟‟ quyish kasbi ancha
murakkab sanalgan. Artilleriya-fransuz tilida tayyorlamoq, shaylamoq degan
ma‟nolarni bildirib, O‟rta Osiyo xonliklarida, jumladan Qo‟qon xonligida ham to‟‟
quyish bu davrda yo‟lga qo‟yilgan edi. To‟‟ quyish ustaxonalari xonlikdagi Qo‟qon,
Toshkent, Marg‟ilon, Andijon kabi yirik shaharlarida mavjud edi. Xususan, Qo‟qon
xonligi arxivi hujjatlarida to‟‟ quyish ustaxonasi, bu yerdagi ustalar va ularning
ta‟minoti masalasiga oid alohida bo‟lim borligi fikrimizni tasdiqlaydi. 1860 yilgi
ma‟lumotlar Qo‟qonda fransuz va ingliz mutaxasislari to‟‟ quyganligi to‟g‟risida
ma‟lumot beradi [1:130].
Shuningdek, Qo‟qon shahrida Xudoyorxon davrida „orox kukini ishlab
chiqaradigan maxsus korxona ishlab turgan. Ma‟lumotlar „orox kukini Marg‟ilon
shahri, Andijonning Chaykent qishlog‟ida, bekliklar markazida ham ishlab
chiqarilganligini ko‟rsatadi. Jumladan, Qo‟qon ustaxonasida Sulton Saidxon (1863-
1865) davrida 70 ta to‟‟ tayyorlanganligi ma‟lum. Bu davr to‟‟lari vazifasiga ko‟ra
ikki xil: qal’a to’’i va dala to’’i kabi turlarga bo‟lingan. Qal‟a to‟‟ining hajmi va
kalibri katta bo‟lib, u asosan shahar va qal‟alarni dushmandan himoya qilishda
qo‟llanilgan. Bunday katta to‟‟larni “Jazoyil” ( ba‟zi manbalarga ko‟ra “Jaloyir”) deb
ham ataganlar. Masalan, Qo‟qon xonligi xukmdori Mallaxon(1858-1862) davrida
quyilgan to‟‟lardan biri “Said Muhammad Mallaxon Bahodirning maxsus katta
to‟‟idir. Unda “hijriy 1276-yil” so‟zlari bilan yozilgan bo‟lib, uzoqqa otishga
mo‟ljallangan, to‟ning uzinligi 280 sm, ichki aylanmasi diametri 18 sm, og‟irligi esa
1385 kgni tashkil etgan. Bunday zambaraklar maxsus g‟ildirakli moslamalarda olib
yurilgan.