Chechak kasalligi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 61,7 Kb.
səhifə3/6
tarix03.12.2023
ölçüsü61,7 Kb.
#171786
1   2   3   4   5   6
Chechak kasalligi

Foydalanilgan adabiyotlar
1.Parmanov M.P. va boshq. «Xususiy epizootologiya». Darslik. Sam. 2010 yil.
2.Salimov X.S., Qambarov A.A. “Epizootologiya” Darslik Toshkent-2016 yil.
3.M.Jackson Veterinary clinical pathology. America 2010 year.
4.Salimov X.S, Sayitqulov B., Salimov I.X. Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug‘at va ma’lumotnoma.-T. ” TAFAKKUR NASHIRIYOTI”, 2013 yil.
5.Veterinariya meditsinasi jurnali. T. 2018-2020 yillar.
Axborot manbalari
1.www. Ziyo.net.uz.
2. www.veterinariya meditsinasi.uz
3. www.sea@mail.net21.ru
4. www.veterinary@actavis.ru


Chechak (lot.-Variola; ruscha-ospa) - hayvonlar va parrandalarning yuqori kontagioz kasalligi bo‘lib, isitma, bosh, oyoq, qorinning juni kam terilari va shilliq pardalarida papulali va pustulali toshmalar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qoramollarning chechagi lotincha Variola vaccina, ingl. Cowpox; ruscha –ospovaksina; qo‘y-echkilarniki lot. - Variola ovina, ingl. - Sheep pox va ruscha-ospa ovets i koz deb yuritiladi.
Iqtisodiy zarari. Chechak bilan kasallangan qo‘ylarning o‘lishi, sut, jun, teri mahsulotlarining keskin kamayishi va karantin tadbirlarining bajarilishi natijasida xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkaziladi. O‘lim 50 foizgacha etishi mumkin. Bundan tashqari, karantin chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun ham katta mablag‘ talab etiladi. Cho‘chqachilikda esa cho‘chqachalar 70—80 foiz atrofida o‘ladi. Sigirlar chechak bilan kasallansa, suti keskin kamayib ketadi.
Epizootologik ma’lumotlar. Chechak bilan qo‘y-echkilar, cho‘chqa va qoramollar, ot, tuya hamda parrandalar kasallanadi. Kasallikka barcha tur hayvonlar, parrandalar moyil. Ammo har turli hayvonlarda kasallikni har xil viruslar chaqirgani uchun chechak chaqirgan virus turiga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi.
Tabiiy holatda qoramol, buyvol, ot, eshak, tuya va quyonlar sigirlarning tabiiy chechak va chechak vaksina viruslari bilan kasallanadi. Cho‘chqalar 2 ta: tabiiy cho‘chqa va chechak vaksina viruslariga moyil. Qo‘ylar faqat tabiiy qo‘y chechak virusiga, echkilar tabiiy echki chechak virusiga, tovuq, kurka, kaptar va chumchuqsimon qushlar tabiiy parrandalar chechak virusiga sezgir.
Kasallikni qo‘zg‘atuvchi manba bo‘lib, kasal va kasaldan tuzalgan virus tashuvchilar hisoblanadi. Virus organizmdan burun va ko‘z yosh suyuqligi va teridagi chechak jarohatli teri po‘stlog‘i bilan ajraladi. Viruslarni boshqa hayvonga o‘tkazuvchi omil bo‘lib ozuqa, to‘shama, transport, o‘lgan jasadlar, teri, jun, inventarlar, parranda pati va boshqalar xizmat qiladi.
Virus kontakt, alimentar va respirator yo‘llar bilan yuqadi. Kasallik ayniqsa kasal va sog‘ hayvon birga saqlanganda tez tarqaladi. Qon so‘ruvchi hasharotlar orqali ham o‘tishi mumkin, chunki ularda virus 100 kun faol saqlanadi. Sut, yo‘ldosh orqali ham virus yuqadi.

Yüklə 61,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin