Chechak kasalligi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi


Patologoanatomik o‘zgarishlar



Yüklə 61,7 Kb.
səhifə5/6
tarix03.12.2023
ölçüsü61,7 Kb.
#171786
1   2   3   4   5   6
Chechak kasalligi

Patologoanatomik o‘zgarishlar. Yuqorida ta’kidlangan teri va shilliq pardalardagi o‘zgarishlardan tashqari o‘lgan jasad ichki a’zo va to‘qimalarda gemorragik diatez kuzatiladi. Seroz pardalarda juda ko‘p qon quyilishlar bo‘ladi. Ovqat hazm qilish va nafas olish tizimi shilliq pardalari gemorragik yallig‘langan bo‘ladi, ularda eroziya va yaralar ko‘zga tashlanadi. O‘pkada krupoz pnevmoniya, limfa tugunlari kattargan va qizargan bo‘ladi, jigar, yurak va buyrakda degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi.
Diagnoz. Chechak kasalligiga diagnoz klinik belgilarga, epizootologik ma’lumotlarga va mikroskopiya natijalari asosida qo‘yiladi.
Papulalardan tayyorlangan surtmalar Morozov usulida buyalib, oddiy mikroskopda qaralganda, ularda Gvarnieli, Bollinger qora-qo‘ng‘ir kiritmalari (2-20 mkm) ko‘riladi.
IFR va IDR reaksiyalarida virus antigeni aniqlanadi va virusni aniqlash uchun hujayralar kulturasi, tovuq embrioni zararlantiriladi. Chechakka moyil hayvonlarga biosinov qo‘yish mumkin.
Ajratma diagnoz. Qoramollarda oqsildan, vezikulyar stomatitdan, ozuqa toshmalaridan; qo‘ylarda kontagioz ektimadan, trixofitiyadan, qo‘tirdan; cho‘chqalarda-oqsil, vezikulyar ekzantemadan, salmonellyoz, gripp, enzootik pnevmoniyadan; echkilarda oqsildan, kontagioz ektimadan farqlash zarur. Parrandalarda infeksion laringo-traxeit, respirator mikoplazmoz, avitaminoz A va kandidamikozdan farqlash talab etiladi.
Pustullyozli ekzema yuqumsiz, chechakda o‘ziga xos toshmalar ko‘zga tashlanadi. Pustullyozli dermatit surunkali holda kechadi. Ko‘pincha harorat ko‘tarilmaydi, lab kuchli jarohatlanadi. Oqsilda afta paydo bo‘lib, u og‘iz bo‘shlig‘i va yelindan tashqari, tuyoq orasida ham joylashadi. Gumon qilingan hollarda moyil hayvonlarga biosinov qo‘yiladi, mikroskopiya qilinadi va IFR va IDR reaksiyalaridan foydalaniladi.
Davolash. Kasal hayvonlar issiq, quruq xonaga ajratiladi va to‘yimli ozuqalar bilan boqiladi. Ichadigan suviga kaliy yodid qo‘shiladi. Qo‘ylar yomg‘ir va shamoldan pana joyda saqlanadi. Ularda sekundar infeksiya rivojlanmasligi uchun antibiotiklar yaxshi natija beradi.
Sigirlarni yelinini toza va quruq saqlash kerak. Toshmalarga neytral yog‘ va malhamlar bilan ishlov beriladi. Sut avaylab sog‘iladi yo kateter bilan bo‘shatiladi. Yara joylarga, shilliq pardalarga yod, 3%li xloramin, 2 % li streptotsid, yod – glitserinlar bilan ishlov beriladi. Cho‘chqa va ot yaralari ham rux, sintomitsin, borat kislotasi malhamlari bilan davolanadi. Jarohatlangan joy kaliy permanganatning 1:3000 nisbatdagi eritmasi bilan yaxshilab yuviladi. 20—30 % li vazelinda tayyorlangan propolis juda foydalidir Parrandalarga A vitaminli, karotinga boy ozuqalar (sabzi, o‘t uni, baliq yog‘i) va kuchli zamonaviy antibiotiklar beriladi.
Profilaktika. Faqat sog‘lom xo‘jalikdan hayvon, jo‘ja olish, boshqa fermaning hayvonlari va tovuqlari bilan aralashtirmaslik zarur. Boshqa xo‘jalikdan keltirilgan hayvonlar 30 kun profilaktik karantinda saqla-nadi. Chechak vaksinasi bilan emlangan odamlarni 14 kun ishdan ozod etish va nosog‘lom xo‘jalikda qo‘y, echki va tuyalar profilaktik emlanishi zarur.
Parranda fermalariga tashqaridan chechak virusini kirishini oldini olish uchun keltiriladigan jo‘jalarni 30 kun profilaktik karantinda saqlash kerak.

Yüklə 61,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin