Chechak kasalligi Ma’ruza mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi



Yüklə 61,7 Kb.
səhifə4/6
tarix03.12.2023
ölçüsü61,7 Kb.
#171786
1   2   3   4   5   6
Chechak kasalligi

Patogenez. Virus organizmga tushgach, 3-4 kundan keyin qonda (eritrotsitda), parenximatoz a’zolar va taloqda paydo bo‘ladi. 2-3 kun virusemiya holati kuzatiladi.
Virus qon bilan teri, shilliq parda, o‘pka epiteliysi va qo‘yning shox pardasiga o‘tadi. Bu joylarda virus ko‘payib rivojlanadi va chechakka xos ekzantemik o‘zgarishlarni paydo qiladi. Chechak tipik holatda kechganda bosqichma-bosqichli patologik jarayon yuzaga keladi. Virus qonga tushgach, organizm bo‘ylab tarqaladi, isitma ko‘tarilib, rinit va kon’yunktivit boshlanadi, 1-2 kun o‘tgach, tana harorati tushib, virus qondan chiqib teri va shilliq pardalarga joylashadi. SHu tufayli teri va shilliq pardalarda kichik qizil dog‘lar (toshmalar) paydo bo‘ladi. 1-2 kundan keyin toshmalar o‘rnida qizg‘ish bog‘ bilan boylangan qattiq tugun shaklidagi shishchalar vujudga keladi. Ular papula deb ataladi. Papulalar asosan virusning to‘qimalarda kuchli proliferatsiya qo‘zg‘atishi tufayli paydo bo‘ladi. 2-3 kundan keyin papulalar ichiga qizg‘ish sariq seroz suyuqlik yig‘ilib pufakchasimon shaklga kiradi, bu vezikula deb ataladi. U asosan degeneratsiyaga uchragan to‘qimalarning lizisga uchrashi tufayli sodir bo‘ladi. 5-6 kundan keyin vezikulalarda sekundar infeksiya natijasida yiringlash jarayoni boshlanadi, bu pustula deb ataladi. Bu davrga kelib, kasal hayvonning ahvoli yanada og‘irlashadi, tana harorati ko‘tariladi. 3-4 kun o‘tgach, pustula quriy boshlaydi, uning o‘rnida qo‘ng‘ir rangli po‘stloqlar paydo bo‘ladi, bu pufaklar yorilib, o‘rnida qurigan qo‘ng‘ir qo‘tir yara paydo bo‘ladi. Epiteliyalar o‘z holiga keladi, agar jarohat chuqurlashgan bo‘lsa, o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. Qo‘ng‘ir qo‘tir yara 5-6 kunda tushib ketadi. Bu bosqichlar asosan odamlar, qoramol va otlarda kuzatiladi.
Kechishi, klinik belgilari va shakllari. Kasallikning yashirin davri –qoramollarda o‘rtacha 5, qo‘ylarda 8, cho‘chqalarda 2-7, parrandalarda 7-20 kun. U hayvonlarning yoshiga, chidamliligiga, qo‘zg‘atuvchining miqdoriga va virulentligiga bog‘liq. Klinik belgilarning yorqin namoyon bo‘lishi ham hayvonlarning yoshi, chidamligi, qo‘zg‘atuvchining miqdori, virulentligi va terining holatiga bog‘liq. SHuning uchun chechak turli hayvonlarda turlicha- gemorragik, qo‘shma va abortiv shakllarda namoyon bo‘ladi. Gemorragik shaklda pustula va terida ko‘p qon quyilishlar kuzatiladi. Qo‘shma shaklda keng maydonda vezikulalar qo‘shilib, katta pufak hosil qiladi. U yiringlanib, hayvonlarda isitma, umumiy ma’yuslik, lanjlik kuzatiladi. Abortiv shaklda chechak dog‘lari ko‘rinadi, ammo ular barcha chechakka xos bosqichlarsiz yo‘qoladi va hayvon tez tuzaladi.
Qoramollarda isitma, sut berishni kamayishi sezilmaydi. Odatda, sigirlarning yelin terisida, surg‘ichlarida chechak bosqichlari: qizil toshma (rozeola), papula, vezikula - pustula va qo‘ng‘ir qo‘tir yaralar kuzatiladi. Kasallik 2-3 hafta davom etadi. Buzoqlarda chechak belgisi boshi va orqa oyoq chatida bo‘ladi. Sigirlarda kasallik chechak vaksina virusi bilan chaqirilsa, u yengil o‘tadi, tabiiy chechak virusi bilan zararlansa og‘irroq kechadi.
Chechak qo‘ylarda o‘tkir kechib, yashirin davri 4—10 kun davom etadi. Qo‘ylarda kasallik ma’yuslik, holsizlik, anoreksiya va isitma (41-420S) bilan boshlanib, qovog‘i shishadi, burun va ko‘zidan seroz-shilliqli va seroz-yiringli suyuqlik oqadi. Nafas olish qiyinlashadi, puls tezlashadi. Chechakka xos toshmalar 1-4 kundan so‘ng bosh terisida, lab va burun va ko‘z atroflarida, oyoqlar ichki yuzasida, kamroq holatda qorin, yelin yoki urug‘don terisida kuzatiladi. Qo‘ylarda papulalar 12-15 mm diametrli bo‘lib, ular bir - biri bilan qo‘shiladi, bu davrda harorat pasayadi. Tananing bosh qismi, chot va yelinda, jinsiy a’zo terisida, ba’zan ko‘krakda rozeolalar paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda chechak juda og‘ir kechadi. Qo‘shilib, yoyilib ketgan shaklida papulalar o‘zaro qo‘shilib, kattagina joyni egallaydi va yiringlaydi. Tana harorati ko‘tarilib, kasal qo‘ylar sepsisdan halok bo‘lishi mumkin. Papulaning ichiga va ichki bo‘shliqlariga qon quyilishi natijasida gemorragik (qora) chechak yuzaga keladi. Qon aralash ich ketishi ro‘y beradi. Chechak asoratli kechganda pnevmoniya, gastroenterit va yiringli artrit kuzatiladi. Ko‘z jarohati (keratit) esa ko‘r bo‘lishga olib keladi. Kasallik qo‘zilash davriga to‘g‘ri kelsa, bola tashlash boshlanadi.
Echkilarning sutli va mayin junli zotlari chechakka juda moyil bo‘lib, ularda kasallik og‘ir kechadi, qo‘ylardagidek belgilar yuzaga keladi. Asoratli kechganda pnevmoniya, mastit, bola tashlash kuzatiladi. Ko‘pincha yengil o‘tadi.
Otlarning og‘iz shilliq pardalarida va keyingi oyog‘i pastida tugunchalar va pustulalar hosil bo‘ladi. Odatda, kasallik enzootik shaklda yengil o‘tadi. Ammo adabiyotlarda kasallik pustulezli stomatit shaklda epizootiya bo‘lib tarqalganligi ham yozilgan. Ushbu shaklda lab, milk, tilning yuqori va yonbosh tomonlarida qizil chechak dog‘lari (rozeola) ko‘zga tashlanadi. Keyin ular no‘xat o‘lchamli tugunchaga aylanadi. Ulardan pufakchalar, pustulalar hosil bo‘ladi. Pustulalar oldin tiniq suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi, keyinchalik ular yiringlashadi. Pustulalar yorilib oldin qonli eroziya, keyinchalik tuzalib o‘rnida tez yo‘qoladigan chandiqlar hosil bo‘ladi Otlarning chechagiga xachir, qoramol, cho‘chqa, quyon, dengiz cho‘chqachasi va odam ham moy il.
Tuyalarda chechak isitma, serozli kataral rinit va jag‘ osti limfa tugunlarini kattarishi bilan boshlanadi. Bir vaqtda og‘iz va lab terisi va shilliq pardalarida toshmalar paydo bo‘ladi. Keyin boshqa juni kam joylarida ham toshmalar kuzatiladi. Eng xarakterli toshmalar chot va tananing juni yo‘q joylarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jinsiy a’zolar atrofi va terilariga ham toshmalar toshadi. Katta yoshdagi tuyalar 40-50 kun ichida kasallikdan tuzaladi, bo‘taloqlarda esa og‘ir kechib, o‘lim ruy berishi ham mumkin. Ba’zan katta yoshdagi tuyalar ich ketish tufayli nobud bo‘ladi.
Parrandalarda kasallik teri, difteritik, qo‘shma va kataral shakl-larda kechadi. Teri shaklida tojda, oyoq terisida va tumshuq atrofida chechak toshmalari alohida yo qo‘shilgan holda kuzatiladi. Tariqdek toshmalar qon quyilish natijasida qorayadi, ular qurib tushadi, o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. Kasallik jo‘jalarda og‘irroq o‘tadi. Jarayon tullagan joyga ko‘chsa, jo‘ja tez o‘ladi. Difteritik shaklda nafas olish qiyinlashadi va og‘iz shilliq pardalarida toshmalar kuzatiladi. 2-3 kundan so‘ng toshmalar qo‘shilib pishloqqa o‘xshash massa hosil qiladi. Natijada ovqat yeyish, suv ichish va nafas olish qiyinlashadi. Odatda,bu shakl sekundar infeksiya bilan zararlanishi tufayli, ular keskin ozadi va o‘ladi. Qo‘shma shaklda chechak o‘zgarishlari teri va og‘iz shilliq pardalarida kuzatiladi. Kataral shaklda kon’yunktivit, rinit kuzatiladi.
Chechak parrandalarda 93,2% difteritik, 4,7% qo‘shma, 1,9% teri shaklida kuzatiladi.

Yüklə 61,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin