Chet el valyutasida bank hisobvaragʼini ochish va birjadan tashqari valyuta
bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish boʼyicha oferta
shartnomasi
Ushbu hujjat “Davr-bank” XАTBning (keyingi oʼrinlarda Bank deb yuritiladi)
rasmiy ofertasi (ommaviy oferta) boʼlib, Bank mijozlari – yuridik shaxslarga/yakka
tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʼrinlarda Mijoz deb yuritiladi) chet el valyutasini sotib
olish va sotish boʼyicha xizmatlar koʼrsatishda ularga xizmat koʼrsatishning
standart
shartlari va tartibini belgilaydi.
Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (OʼzR FK) 369-moddasi 2-bandiga
asosan ommaviy oferta shartnomasi shartlarini qabul qilish toʼgʼrisida ariza berish orqali
quyida koʼrsatilgan ommaviy oferta shartlari qabul qilingan taqdirda,
Mijoz - yuridik
shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor ushbu overtani qabul qilgan holda buyurtmachiga
(Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 370-moddasi 4-qismiga muvofiq
overtani qabul qilish overtada koʼrsatilgan shartlar boʼyicha shartnoma tuzishga tengdir)
aylanadi va Bank va buyurtmachi/mijoz birgalikda ushbu
shartnomaning tomonlari
boʼladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu ommaviy oferta
matni bilan diqqat bilan
tanishib chiqing va Bank tariflari bilan tanishing. Аgar siz shartnomaning biron bir
bandiga rozi boʼlmasangiz, Bank sizga xizmatlardan foydalanishni
rad etishni tavsiya
qiladi.
1.Shartnomaning predmeti
1.1. Ushbu Shartnomada quyidagi atamalar qoʼllaniladi va ularning quyidagi
taʼriflariga muvofiq talqin etiladi:
Oferta – bu hujjat Bank tomonidan mijozlardan chet el valyutasini sotib olish va
mijozlarga sotish boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirishning
umumiy shartlari
toʼgʼrisidagi ommaviy oferta shartnomasi.
Ofertani qabul qilish - ushbu ofertaning 1.2-bandida koʼrsatilgan
harakatlarni
bajaruvchi Mijoz tomonidan ofertani toʼliq va soʼzsiz qabul qilish.