muddati davomida chet el valyutasini sotib olish yoki sotish zarurati tugʼilganda Bank
tomonidan belgilangan shaklda yozma yoki elektron shaklda «Internet-Banking» tizimi
va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasidan foydalanish
orqali rasmiylashtiriladi
(Shartnomaga № 2 va 3-ilovalar).
1.5. Chet el valyutasini oldi-sotdisi boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirishning
majburiy sharti mijoz tomonidan milliy yoki chet el valyutasini bron qilish uchun bankda
ochilgan maxsus hisobvaraqda milliy yoki chet el valyutasidagi mablagʼlarni zahiraga
qoʼyishdir.
1.6. Chet el valyutasini sotib olish yoki sotish toʼgʼrisidagi ariza bank tomonidan
bitimni amalga oshirish vaqtida belgilangan kurs boʼyicha taqdim etilgan kundan boshlab
2 (ikki) bank kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
1.7. Mijoz tomonidan arizani bekor qilish bank tomonidan
amalga oshirilgunga
qadar amalga oshirilishi mumkin.
1.8. Mijoz tomonidan chet el valyutasida sotuvga qoʼyilgan mablagʼlar Bank
tomonidan «Internet-Banking» tizimida va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasida eʼlon
qilingan operatsiyani amalga oshirish vaqtida Bank tomonidan belgilangan kurs boʼyicha
sotib olinadi.
1.9. Mijozlarning chet el valyutasini xarid qilish boʻyicha soʻrovlari «Internet-
Banking» tizimida va “DAVR BUSINESS” mobil ilovasida eʼlon qilingan operatsiyani
amalga oshirish vaqtida Bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha Bankning oʻz valyuta
mablagʼlari hisobidan qanoatlantiriladi.
1.10. Mijozning chet el valyutasini Bank tomonidan sotib olish yoki sotish boʼyicha
munosabatlar ushbu Shartnoma va Mijozning chet el valyutasini sotish yoki sotib olish
toʼgʼrisidagi arizasi asosida tartibga solinadi va amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: