Chet el valyutasida bank hisobvaragʼini ochish va birjadan tashqari valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish boʼyicha oferta shartnomasi


 Chet el valyutasini oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish tartibi



Yüklə 474,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix12.05.2023
ölçüsü474,46 Kb.
#112098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ejbrvh6mqevkl02pwv95eun2uwx2m2hs

3. Chet el valyutasini oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish tartibi 
3.1. Bank tomonidan valyutaning nomi, bitimning mohiyati, chet el valyutasidagi 
summasi, hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi, tomonlarning majburiyatlari, 
shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa qoidalar koʼrsatilgan alohida 
shartnomaga muvofiq mijozdan erkin valyuta mablagʼlarini sotib olish boʼyicha 
operatsiyalar amalga oshiriladi.
3.2. Mijoz uchun OʼzRVBda yoki bankning pozitsiyasi hisobidan chet el 
valyutasini sotib olish boʼyicha operatsiyalar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining “Oʼzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish 
qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2020-yil 31-avgustdagi 3281-son qarori bilan tartibga 
solinadi. 
3.2.1. Mijozning arizasiga koʼra, Bank mijozga chet el valyutasini sotib olish uchun 
mablagʼlarni zaxiralash uchun milliy valyutada bloklangan hisob raqami va valyuta 
bozorida sotib olingan chet el valyutasi hisobga olinadigan maxsus valyuta hisobvaragʼini 
ochadi. 


3.2.2. Mijoz chet el valyutasini sotib olish uchun ariza topshirishdan oldin Bank 
komissiyasini hisobga olgan holda chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi 
mablagʼlarni blokli hisobvaragʼida yetarli miqdorda zaxiraga qoʼyish majburiyatini oladi. 
3.2.3. Mijoz birjadan tashqari valyuta bozorida yoki bank pozitsiyasida chet el 
valyutasini sotib olish va sotish boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirganligi uchun 
Bankning belgilangan tariflariga muvofiq haq toʼlash majburiyatini oladi. 
3.2.4. Mijoz valyuta kursining oʼzgarishini inobatga olgan holda blokli 
hisobvaragʼiga milliy valyutada yetarli miqdorda mablagʼ taqdim etishi shart. 
3.2.5. Chet el valyutasini sotib olish toʼgʼrisidagi arizada valyutaning nomi, 
bitimning mohiyati, shartnoma raqami va sanasi, valyutadan foydalanish maqsadi, chet 
el valyutasidagi summa koʼrsatiladi. 
3.2.6. Tugallangan operatsiyalar boʼyicha hisob-kitoblar ikki ish kuni ichida 
amalga oshiriladi. Belgilangan muddatda hisob-kitoblar bajarilmasa, bitim bekor qilinadi. 
3.2.7. Mijoz sotib olingan chet el valyutasidan mablagʼlar Mijozning maxsus 
valyuta hisobvaragʼiga kirim qilingan paytdan eʼtiboran yetti ish kuni ichida maqsadli 
foydalanishga majburdir. Mijoz tomonidan sotib olingan, Mijozning maxsus valyuta 
hisobvaragʼiga pul mablagʼlari kiritilgan kundan eʼtiboran 7 ish kuni mobaynida 
foydalanilmagan chet el valyutasi keyingi banklararo savdo sessiyasida soʼzsiz qayta 
sotilishi shart. Bunda chet el valyutasini teskari sotish Bank tomonidan sotilgan kundagi 
kurs boʼyicha qabul qilish tartib-taomilisiz amalga oshiriladi. Ilgari maxsus valyuta 
hisobvaragʼidan yechib olingan va foydalanilmaganligi yoki qaytarilmaganligi sababli 
ushbu schyotga qayta kiritilgan valyuta, agar arizada koʼrsatilgan shartnomaga asosan 3 
ish kuni ichida ushbu mablagʼlar oʼtkazilmasa, qayta sotilishi ham mumkin. 
3.3. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan chet el valyutasini oldi-sotdisi 
boʼyicha boshqa barcha jihatlarda tomonlar Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki 
Boshqaruvining “Oʼzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish 
qoidalarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 2020-yil 31-avgustdagi 3281-son qaroriga amal 
qiladilar.

Yüklə 474,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin