Chet el valyutasida bank hisobvaragʼini ochish va birjadan tashqari valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish boʼyicha oferta shartnomasi


Mijoz quyidagilarni amalga oshirishga majbur



Yüklə 474,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix12.05.2023
ölçüsü474,46 Kb.
#112098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
ejbrvh6mqevkl02pwv95eun2uwx2m2hs

2.2. Mijoz quyidagilarni amalga oshirishga majbur: 
2.2.1. Bankka hisobvaraq ochish va yuritish uchun zarur boʼlgan barcha hujjatlarni 
taqdim etish (chet el valyutasidagi talab qilib olinmaguncha depozit hisobvaragʼi). 
2.2.2. Bank tomonidan belgilangan ish rejimiga, toʼlov hujjatlarini qayta ishlash va 
taqdim etish tartibiga rioya qilish. Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga, 


shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlariga rioya 
qilish. 
2.2.3. Bankning hisob-kitob va kassa xizmatlarini ushbu Shartnomaning 5-
boʼlimida belgilangan tartibda toʼlash. 
2.2.5. Hisobvaraqdan koʼchirma (yoki hisobingiz holati toʼgʼrisida maʼlumot 
olgan) kundan boshlab ikki ish kuni ichida sizning hisobingizga boshqa shaxslarning 
mablagʼlari kelib tushganligi haqida Bankni xabardor qilish. 
2.2.6. Xorijiy davlatlarning subʼektlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq 
amalga oshirilayotgan eksport-import va boshqa operatsiyalar toʼgʼrisidagi hujjatlar va 
maʼlumotlarni, shuningdek zarur hollarda Bank zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga 
oshirish uchun zarur boʼlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etish. 
2.2.7. Huquqiy shakl oʼzgargan taqdirda, ushbu oʼzgarishlar toʼgʼrisida 3 (uch) ish 
kuni ichida, yuridik manzili oʼzgargan taqdirda esa 5 (besh) ish kuni ichida Bankni 
xabardor qilish. 
2.2.8. Oʼz faoliyati va faoliyatiga oid notoʼgʼri maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim 
etganlik uchun toʼliq javobgarlikni oʼz zimmasiga oladi. 
2.2.9. Hisobvaraqdan koʼchirma olingan kundan boshlab 2 (ikki) ish kuni ichida 
bankka notoʼgʼri hisobdan chiqarilgan (kreditlangan) mablagʼlar summalari toʼgʼrisida 
yozma ravishda xabardor qilish. 
2.2.10. Bankni ushbu Shartnomani bajarishi va Oʼzbekiston Respublikasining 
26.08.2004 yildagi 660-II-son “Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi” Qonunida belgilangan 
funktsiyalarni bajarishi uchun zarur boʼlgan maʼlumotlar va hujjatlarni bankka taqdim 
etish. 
2.2.11. Bank tomonidan talab qilinadigan maʼlumotlar va hujjatlarni Bankning 
tegishli soʼrovi olingan kundan boshlab ikkinchi ish kunidan kechiktirmay taqdim etish. 

Yüklə 474,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin