4.1.4. Soliq organining taqdimnomasini bajarishda, mijozning roziligisiz chet el
valyutasini Oʼzbekiston Respublika valyuta birjasida sotilgan kundagi kurs boʼyicha
byudjet oldidagi qarzini toʼlash uchun zarur boʼlgan miqdorda sotishni amalga oshirish
va Аdliya vazirligi tomonidan 1999-yil 21-iyundagi 753-son bilan roʼyxatga olingan
“Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning valyuta hisobvaraqlaridagi mablagʼlari boʼyicha
byudjet oldidagi majburiyatlarini toʼlash tartibi”ga muvofiq, Mijozning milliy
valyutadagi talabiga binoan depozit hisobvaragʼiga ekvivalent summani oʼtkazish.
4.1.5. “Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni
moliyalashtirishga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq mijoz tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar toʼgʼrisida zarur hujjatlar va
maʼlumotlarni soʼrab olish hamda ularning hisobvaraqlari boʼyicha operatsiyalarni
toʼxtatib turish.
4.1.6. Аgar bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun asos boʼlgan hujjatlarning
haqiqiyligiga shubha tugʼilsa, bir vaqtning oʼzida operatsiyalarni toʼxtatib turish bilan
imzolash huquqiga ega boʼlgan masʼul shaxslarga xabar berish va Mijozdan
operatsiyalarning qonuniyligini tasdiqlovchi qoʼshimcha hujjatlarni taqdim etishni talab
qilish.
Dostları ilə paylaş: