Chilla davri



Yüklə 94,88 Kb.
səhifə7/9
tarix20.06.2023
ölçüsü94,88 Kb.
#133177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chilla davri

Qachon cho'miltiriladi?


Chaqaloq kindigi hali tushmagan bo'lsa, cho'miltirishni biroz keyinga qoldirish darkor. Bu holatda chaqaloqning badanini iliq suvga shimdirilgan nam paxta bilan tozalash kifoya. Kindigi to'liq tushgach esa 37-37,5 darajali iliq suvda cho'miltirish mumkin. Bola terisida turli toshmalar toshishining oldini olish uchun suvga moychechak damlamasidan ozroq qo'shish tavsiya etiladi. Sovuq kunlarda chaqaloqni 2-3 kunda bir marta 8-10 daqiqa davomida cho'miltiriladi. Suvli muolajalardan so'ng terisiga turli yog'lar surtmang. Chunki tayyor yog'lar teriga turlicha ta'sir etishi mumkin.

Uyqu vaqti


Chillali chaqaloq bir kunda 4-5 martagacha uxlashi mumkin. Bu uyqu vaqtlari avvaliga uzoqroq davom etib, so'ng asta-sekin kamayib boradi. Bolaning tungi uyqusi osuda o'tishi uchun uni kechga yaqin cho'miltirish tavsiya etiladi. Bordiyu go'dak uyqusida tartibsizlik yuzaga kelsa, kun boshidan emizish va uxlatish tartibini nazorat qiling.

Qayt qilishi nimadan?


Bola emib bo'lgach, uni chayqatish, qorni bilan yotqizish mumkin emas. Tik ko'targan holda biroz ushlab turing. Agar emizishdan so'ng ozroq qayt qilsa, bu xavfli emas. Bola oshqozoniga ortiqcha bo'lganini shu tariqa chiqarib tashlaydi. Chaqaloqlarda hazm qilish faoliyati hali yaxshi rivojlanmagani bois emib bo'lgach, qayt qilishi mumkin. Biroq tez-tez va emizish vaqtidan tashqari ham qayt qilsa, shifokorga ko'rsating.

Nega tez-tez aksiradi?


Chaqaloqlar kuniga 3-4 martagacha aksirishi mumkin. Bu jarayon bola organizmi uchun normal holat bo'lib, ortiqcha tashvishga asos emas. Ammo aksirish burundan shilimshiq suyuqlik kelishi bilan bo'lsa, shamollash taxmin qilinib, bolalar shifokoriga ko'rsatish lozim.

Yo'rgaklash mumkinmi?


Shifokorlari chaqaloqni oyoq-qo'llarini qattiq bog'lab yo'rgaklashni tavsiya etishmaydi. Ayniqsa, uyquga yotqizishda zichlab yo'rgaklangan bolada qon aylanishi buzilishi mumkin. Shu bilan birga, oyoqlarini zichlab yo'rgaklash tos-son suyaklari rivojiga ta'sir etadi. Bola tanasiga salbiy ta'sir etmaydigan, qulay va keng bichimli kiyimchalarni tanlasangiz, chaqaloq terisi ham "nafas" oladi, ham erkin harakatlanish uch imkoniyati bo'ladi.

Yüklə 94,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin