Chilla davri



Yüklə 94,88 Kb.
səhifə4/9
tarix20.06.2023
ölçüsü94,88 Kb.
#133177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chilla davri

Qin ajralmalari


Tug'ruqdan so'ng yo'ldosh ko'chgan bachadon yuzasi yara bilan qoplanadi. Bachadon qisqarishi hisobiga yaradagi uzilgan tomirlardan qon oqa boshlaydi. Tug'ruqdan keyingi ilk kunlarda qonli ajralmalar nisbatan ko'p bo'lib, chilla davrida sekin-asta kamayib boradi. Avvaliga ajralmalar qon aralash kelsa, bora-bora rangi ochroq, sarg'ish tusga kirib boradi. Har bir ayol organizmi individualligi hisobiga ajralmalar davomiyligi ham turlicha bo'lishi mumkin. Ammo normal holatda qonli ajralmalar chilla vaqti tugaguniga qadar yakunlanishi lozim.

Bachadon tushishi


Homilaning katta o'lchamda tug'ilishi, tug'ruqdan keyingi davrda og'ir yuk ko'tarish, homiladorlikdan avval jismoniy kuch talab qiladigan mehnat faoliyati bilan shug'ullanish hamda egizak farzandlarni dunyoga keltirish natijasida ba'zan bachadon tushishi kuzatiladi. Agar ayol salomatligiga e'tiborli bo'lib, ortiqcha og'ir yuk ko'tarmay, egilmay, shifokorlar maslahatiga rioya qilsa, bachadon sekin-asta asl holiga qaytadi. Ammo turli bezovtaliklar hamda og'riqlar bo'lganda jarrohlik amaliyotiga murojaat qilinishi mumkin.

Oyoqlar uvishishi


Ba'zan yangi tuqqan ayollar go'dagini emizayotib, oyoqlari uvishishidan shikoyat qilishadi. Bunga sabab shuki, ayol organizmi homiladorlik davrida kalsiy miqdorini bola uchun sarflab, o'zidagi zahirani tamomlaydi. Natijada oyoqlarda qon aylanishi sustlashib, uvishish yuzaga keladi. Bu kabi o'zgarishlar kuzatilganda shifokor bilan maslahatlashgan holda kalsiy moddasiga to'yingan preparatlar qabul qilish, oyoq va ko'krakni issiq tutish lozim.

Ko'krak


Bola tug'ilgach, ko'krak bezlari faoliyatida ham o'zgarishlar kuzatiladi. Dastlab ko'krakdan bola immuniteti uchun g'oyatda muhim bo'lgan og'iz suti ajraladi. Tug'ruqdan keyingi 3-4-kunga kelib esa to'liq sut ishlab chiqariladi. Ko'krakdan sut kelishi kimlardadir og'riqli kechib, bir qator noqulayliklar tug'ridishi mumkin. Bunday vaqtlarda yoningizda tajribali ayollarning bo'lishi foydadan xoli emas. Sut birdaniga ko'payib ketganida uni sog'ib tashlamay, emizish vaqtini nazorat qiling. Emizishdan avval ko'krak so'rg'ichlarini qaynagan suvda chayilgan sterillangan bint bilan tozalang. Ayniqsa, ko'krak so'rg'ichlarida yoriqlar paydo bo'lsa, tozalikka nihoyatda e'tiborli bo'ling. Aksariyat hollarda ko'krak uchidagi yoriqlar orqali infeksiya tarqalib, mastit kasalligini keltirib chiqaradi. Bolani emizish vaqtida terlagan badanni sochiq bilan pana qiling. Yo'qsa, ko'krak usti nerv tolalariga shamol tegib, sut bezlarida yallig'lanish kelib chiqishi mumkin.

Yüklə 94,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin