Chilla davri



Yüklə 94,88 Kb.
səhifə5/9
tarix20.06.2023
ölçüsü94,88 Kb.
#133177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Chilla davri

To'g'ri ichak


Bachadon qisqarayotgan paytda to'g'ri ichak bo'shangan bo'lishi lozim. Ammo ko'p hollarda emizikli ayollar ich qotishidan shikoyat qilishadi. Bunga ayol organizmidagi progesteron gormoni tug'ruqdan keyin ham 5-6 oygacha ta'sirini yo'qotmasligi sabab. Natijada to'g'ri ichakda o'zgarishlar kuzatilishi mumkin. Ammo ayolning to'g'ri ovqatlanishi, ko'proq suyuq taom va sabzavotlardan iste'mol qilishi jarayonni sekin-asta o'z holiga qaytaradi. Tug'ruq vaqtida bachadoni jarohatlangan ayollarga shifokorlar qattiq kuchanmaslik uchun ich kelishini yumshatuvchi preparatlar buyurishadi.

Hayz


Har bir ayol organizmi o'ziga xos. Shu sabab hayz siklining tiklanishi har kimda turlicha davrga to'g'ri keladi. Kimlardadir chilladan so'ng 1-2 oyda hayz sikli tiklansa, kimlardadir emizish hisobiga ancha vaqtgacha hayz kelmasligi mumkin. Ba'zi vaqtlarda bolani emizishdan chiqargach, xayz ko'rish sikli asta tiklanib boradi.

Jinsiy hayot


Shifokorlar chilla davrida jinsiy yaqinlikdan tiyilishni tayinlashadi. Boisi ayol organizmi hali to'laligicha faoliyatini tiklamagan, ortiqcha zo'riqish uchun yetarli kuchga ega bo'lmaydi. Bundan tashqari, "emizikli ayol homilador bo'lmaydi" degan ibora har doim ham to'g'ri chiqavermaydi.

Homiladorlikdan saqlanish


Birinchi tug'ruqdan so'ng keyingisigacha taxminan uch yil o'tishi ayol organizmi tiklanishi uchun yetarli. Shu bois homiladorlikdan saqlanish uchun chilla chiqqach, ya'ni 40-kuni shifokorga uchrab, istalmagan homiladorlikdan himoyalovchi usullar bilan tanishing. Hozirda bunday usullarning dori preparatlari, inyeksiya, mahalliy spiral kabi turli ko'rinishlari mavjud. Shulardan o'zingizga mosini tanlab, istalmagan homiladorlikdan saqlanishingiz mumkin.

Chilla davri kasalliklari


Bu vaqtda umumiy shamollash holatlaridan tashqari, jinsiy a'zolarda yallig'lanish jarayonlari yuzaga kelishi mumkin. Bunga asosan tug'ruq vaqtida yo'ldosh ko'chganidan so'ng bachadon bo'yni, qin oraliqning shilingan, yirtilgan, ezilgan joylaridan kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar hamda ayol organizmida mavjud bo'lgan infeksiyalarning jarohatlangan bachadon yuzasiga tushishi sabab bo'ladi. Shuningdek, qog'onoq suvining erta ketishi, toksikoz, ayol organizmining zaiflashuvi va boshqa kasalliklar, homiladorlik davrida gigiyena va ovqatlanish rejimining buzilishi ham muayyan noxushliklarga sabab bo'lishi mumkin. Agar umumiy holatingizda bezovtalik sezsangiz yoki jinsiy a'zolarda noodatiy o'zgarishlar kuzatilsa, albatta shifokorga murojaat eting.

Yüklə 94,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin