§ 8.3. Soliq tizimiga kadrlar tayyorlash siyosati
Har bir tashkilotning ish yuritish uslubi, unga yuklatilgan vazifa va
vakolatlari bilan bog‗liq faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar bevosita
uning boshqaruv shakli, tizimi hamda
tashkilotdagi kadrlarning bilimi, malakasi va tajribasi bilan bog‗liq
jarayon bo‗lgani sababli respublikada soliq sohaning rivojlanishida ham
kadrlar tayyorlash masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. O‗zbekiston
SSRda moliya – soliq sohalarida kadrlar tayyorlash masalasi jiddiy
muammolardan biri bo‗lgan. Xususan, mutaxassis kadrlar borasidagi
yetishmovchiliklar soliq sohasini rivojlanishida bir qator muammolarni
keltirib chiqargan edi. Ushbu muammolarga oid tarixiy ma‘lumotlar
bugungi kunda respublikaning arxivlarida saqlanayotgan ko‗plab
hujjatlarda o‗z aksini topgan.
Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda soliq sohasidagi kadrlar
yetishmovchiligi o‗z navbatida soliq yig‗imi borasida bir qator
muammolarni keltirib chiqargan edi. Xususan, hududiy soliq idoralarida
faoliyat olib borgan nomutaxassis, o‗rta ta‘lim yoki sirtqi ta‘limda tahsil
olgan yetarli malakaga ega bo‗lmagan xodimlarining soliq yig‗imi
ijrosini olib borganligi hamda aholining huquqiy ongining yetarli
darajada emasligi sababli, soliq yig‗imini noto‗g‗ri yoki reja bo‗yicha
undirilmaslik holatlari ko‗plab kuzatilgan.
Tadqiq etilayotgan yillarda soliq ishi amaliyotidagi jiddiy kamchilik
va xatoliklarning asosiy sabablaridan yana biri bu viloyatdagi moliya
organlari tomonidan hisobga olish va hisobotlar topshirish ishlarining
belgilangan tartibda yuritilmasligi hamda tegishli bo‗limlar tomonidan
nazorat – taftish ishlari qoniqarsiz tashkil qilinganligi bilan izohlanadi.
205
Shu o‗rinda qayd etish kerakki, Ikkinchi jahon urushidan so‗ng
mamlakat miqyosida iqtisodiyotni tiklash borasida olib borilgan
o‗zgarishlar jarayonida moliya va soliq sohasini isloh qilishga ham
e‘tibor qaratilib, respublika Moliya vazirligining birliklari qayta
taqsimlandi (soliq boshqarmasa uning tarkibida faoliyat yuritgan edi).
Jumladan, 1948 yildai O‗zbekiston SSRning Qoraqalpog‗iston ASSR
Moliya vazirligi va 9 ta viloyat moliya bo‗limiga jami 390 ta shtat
ajratilgan
188
.
Ushbu 390 ta xodimning 64 nafari (18%) soliq va soliqqa tortish
bo‗limlarida faoliyat olib borgan. Viloyat kesimida tahlil qilinadigan
bo‗lsa, Toshkent viloyati Moliya bo‗limidagi 44 shtatning 7 tasi soliqlar
va yig‗imlar bo‗limiga tegishli bo‗lib, ya‘ni 16 % ni soliqchilar tashkil
etgan
189
. Boshqa viloyatlarda bularning soni bo‗limda 6 ta shtat birligi
bo‗lgan. Shu o‗rinda ta‘kidlash lozimki, hududiy jihatdan kichikroq
bo‗lgan 35 ta shtat birligi mavjud hududlarda ham soliqchilarni soni
bittaga kamaytirilgan, bu soliqchilarga ehtiyoj katta bo‗lganligidan
dalolat beradi.
O‗sha davrda viloyatlardagi soliqlar va yig‗imlar bo‗limida, bo‗lim
boshlig‗i, reja va hisobga olish bosh inspektori, kolxoz qishloq xo‗jaligi
va daromad solig‗ini yig‗ish bo‗yicha bosh inspektor, shahar soliq
to‗lovlari bo‗yicha bosh inspektor, bosh soliq taftishchisi (revizor) va
soliq taftishchisi lavozimlari bo‗lgan. Aynan tadqiqotning xronologik
davri bo‗yicha soliq xodimlarining oylik maoshlari haqida ham
hujjatlarda ma‘lumotlar saqlangan bo‗lib, masalan, soliqlar va yig‗imlar
bo‗limi boshlig‗i (1075 rubl) eng yuqori maosh olgan bo‗lsa, eng kam
maoshni taftishchi (805 rubl) olgan
190
.
Shu o‗rinda qayd etish joizki, respublika miqyosida soliq tizimini
isloh qilish borasida chora-tadbirlar belgilanishi va tizimda o‗zgarishlar
qilinishiga qaramasdan viloyatlardagi xodimlarning bilimi, malakasi va
188
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1098-yigʼmajild, 40-varaq.
189
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1098-yigʼmajild, 5-varaq.
190
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1098-yigʼmajild, 40-varaq..
206
tajribasining pastligi oqibatida soliq yig‗ish va undirish masalasida
ko‗plab kamchiliklar kuzatildi. Jumladan, bu paytda ―Xorazm viloyati
moliya bo‗limi hamda tuman va shahar moliya bo‗limlari kadrlar
tanlash, ularni ishga olish va soliqchi xodimlarining malakasini oshirish
bilan jiddiy shug‗ullanilmagani, soliq apparati xodimlarining 97,8 foiz
o‗rta ma‘lumotli bo‗lgani, ba‘zi tuman moliya bo‗limlarida apparat
tasodifiy va ishonchsiz xodimlar hisobiga to‗ldrilgania, bu esa katta
miqdordagi kadrlar qo‗nimsizligiga sabab bo‗lgani (1948 yilda viloyat
bo‗yicha soliq sohasidagi xodimlaring 33 foizi o‗zgargan)‖
191
– statistik
ma‘lumotlarda keltiriladi.
Xorazm viloyat ijroiya qo‗mitasi va O‗zbekiston SSR KP(b) Viloyat
qo‗mitasi byurosi viloyat moliya bo‗limi O‗zbekiston SSR KP(b)ning
―Davlatni aldash va moliya organlari faoliyatida soliq siyosati
o‗zgartirilishi faktlari to‗g‗risida‖gi qarorida o‗zi uchun kerakli
xulosalarni chiqarmaganligini ta‘kidlanadi. Aynan ushbu qarorning ko‗p
qismi bajarilmaganligi sababli viloyatda 1949 yil 1 avgust holatiga
soliqlar bo‗yicha 1225 ming rubldan ko‗p miqdordagi qarzdorlik
to‗planib qolgan edi
192
. Aslini olganda tegishli davlat organlari
tomonidan soliqlar masalasiga yetarli darajada e‘tibor qaratilmagani,
ushbu tizim uchun ishonchli va vijdonli kadrlarni tanlash bilan jiddiy
shug‗ullanmagani ko‗p hollarda soliq qonunchiligining buzilishiga olib
kelgan edi.
Shu munosabat bilan Xorazm viloyat ijroiya qo‗mitasi va
O‗zbekiston SSR KP (b) viloyat qo‗mitasi tomonidan ―Soliq ishidagi
jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va mahalliy moliya organlarida
belgilangan davlat intizomini o‗rnatish uchun zarur choralarni ko‗rish,
reja asosidagi faoliyatini ta‘minlash hamda kolxozlardan olinadigan
daromad solig‗i, avans to‗lovlarini noqonuniy ravishda ko‗p miqdorda
undirilishiga chek qo‗yish, kadrlarni tanlash, ishga qabul qilish va
tarbiyalash ishlarini takomillashtirish, ularning siyosiy va kasbiy
191
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 124-varaq.
192
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 125-varaq.
207
malakalari oshirilishini ta‘minlash, moliya apparatiga tasodifiy va
ishonchsiz shaxslar kirishiga yo‗l qo‗ymaslik, apparatga mahalliy
millatga mansub bo‗lgan xodimlarni hamda o‗zbek ayollarni (1949 yil
oxiriga qadar ularning soni xodimlar umumiy sonining 30 foizdan kam
bo‗lmasligi lozim) jalb qilishga alohida e‘tibor qaratish‖
193
– kabi
vazifalarni belgilab bergan edi. Lekin belgilangan vazifalarning
aksariyati qog‗ozda qolib ketib, soliq sohasini malakali kadrlar bilan
ta‘minlash masalasi keyingi yillarda ham dolzarbligicha qolaverdi.
Statistik ma‘lumotlarda keltirilishicha, O‗zbekiston SSR Moliya
vazirligida 1950 yil jami 142 ta
194
, 1951 va 1952 yillarda
195
144 ta shtat
bo‗lgan. Vazirlik belgilangan funksional vazifalariga ko‗ra 6 ta
boshqarma, 9 ta bo‗lim va qo‗riqlash qismlaridan iborat bo‗lgan. Moliya
vazirligi apparatida (1952 yilgi ma‘lumot) 139 nafar xodim faoliyat
yuritib, Moliya vaziri M.I.Isametdinovning o‗zi ham o‗rta ma‘lumotga
ega bo‗lgan. Vazirlikdagi shtatlar bo‗linishi tahliliga ko‗ra, uning
tarkibida faoliyat olib borayotgan xodimlarning 45 foizi oliy ma‘lumot,
39 foizi o‗rta ma‘lumot va 16 foizi o‗rta maktab ma‘lumotga ega
bo‗lgan. Xodimlarining milliy tarkibi esa quyidagicha bo‗lgan:
vazirlikda 9 dan ortiq millat vakillari faoliyat yuritib, ulardan rus
millatiga mansub xodimlar 60 %, o‗zbek millatiga mansub xodimlar
13 %, yahudiy millatiga mansub xodimlar 0,9 % ni tashkil etgan bo‗lsa,
qolgan qismini tatar, ukrain, gruzin, arman, belorus va polyak millatiga
mansub xodimlar tashkil etgan. Vazirlik xodimlarining jinsiy tarkibiga
ko‗ra 47 %i erkaklar va 53 %i ayollardan iborat bo‗lgan
196
.
Moliya vazirligining bitta boshqarmasi Soliqlar va yig‗imlar
boshqarma bo‗lib, uning tarkibidagi rejalashtirish, qishloq xo‗jaligi
to‗lovlari, shahar va mahalliy soliqlar, reviziya (taftish) bo‗limlarida
jami 14 nafar xodim faoliyat yuritgan edi (1952 yil)
197
.
193
OʼzMА, R-837-fond, 33-roʼyxat, 6190-yigʼmajild, 126-varaq.
194
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1251-yigʼmajild, 227-varaq.
195
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1251-yigʼmajild, 31-varaq.
196
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1251-yigʼmajild, 31-varaq.
197
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1418-yigʼmajild, 220-varaq.
208
Shu o‗rinda, vazirlikning rasmiy hujjatlaridagi ma‘lumotlarga
tayangan xolda viloyatlar kesimidagi statistikaga qaraladigan bo‗lsa,
1950 yilga kelib shtatlar soni yanada yanada ko‗payganini ko‗rish
mumkin. Masalan, 1950 yilda birgina Xorazm viloyatida soliq xodimlari
181 tani tashkil etib, ulardan 95 % mahalliy kadrlar va 13 % ayollar
(boshqa viloyatlarga qaraganda mahalliy xodimlarning ulushi yuqoriligi
qayd etiladi) bo‗lgan. Oliy ma‘lumotlilar – 1 ta, tugallanmagan o‗rta
maktab – 78 ta, o‗rta ma‘lumot – 28 ta, o‗rta maktab – 68 tani tashkil
etgan
198
. Bundan tashqari tugallanmagan o‗rta maktab 40 % dan ko‗p
bo‗lgan, o‗rta maktabni tugatganlar 37,5 %ga to‗g‗ri kelgan.
Aynan shu yilda Toshkent viloyati moliya bo‗limida, soliq
lavozimida ishlovchilar 6 tani tashkil etib, ulardan 3 nafari rus, qolgan 3
tasi arman, o‗zbek va yahudiy millatiga mansub xodimlar bo‗lgan.
Ulardan ikki nafari oliy ma‘lumotga ega bo‗lib, 3 nafari esa o‗rta
maxsus va bittasi tugallanmagan o‗rta ma‘lumotga ega bo‗lgan
199
.
O‗zbekiston SSRda tumanlar kesimida moliya xodimlari 3294 ta
bo‗lsa, shulardan soliq sohasida ishlovchilar 1995 tadan iborat bo‗lib,
60% dan ko‗proqni tashkil etgan.
Bu paytda O‗zbekiston SSR tumanlari moliya bo‗limida Davlat
daromadlari bo‗yicha inspeksiya bo‗lib, uning tarkibida tuman moliya
bo‗limi mudiri o‗rinbosari inspeksiya boshlig‗i, katta inspektor, bosh
iqtisodchi, iqtisodchi va inspektorlar faoliyat yuritgan
200
.
Shuni alohida qayd etish joizki, O‗zbekiston SSR Moliya vazirligi
shtatlar jadvalini o‗zi mustaqil ravishda tasdiqlash huquqiga ega
bo‗lmagan, shtatlar SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat Shtat
Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan. Masalaga bunday yondoshuv
ittifoqdosh respublikalardagi hududiy xususiyatlarni hisobga olishda
ayrim qiyinchilik va muammolarni yuzaga keltirgan edi.
198
Xorazm VDА, R-40-fond, 1-roʼyxat, 111-yigʼmajild, 9-varaq.
199
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 165-166-167-varaqlar.
200
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1504-yigʼmajild, 95-varaq.
209
O‗zbekiston SSR Ministrlar Soveti tomonidan 1955 yil 13 yanvarda
(15-sonli) qabul qilingan qaror asosida O‗zbekiston SSR Moliya
vazirligining tuzilmasi qayta shakllantirilgan
201
va bu tuzilma vazir
M.Isametdinov tomonidan tasdiqlangan. Vazirlikning tuzilmasining
rahbariyat qismiga e‘tibor qaratsak, unda 7 ta shtat bo‗lib, vazir –
M.Isametdinov, uning birinchi o‗rinbosari – V.I.Yuran, ikkinchi
o‗rinbosari – X.M.Gafurov, uchinchi o‗rinbosari – G.X. Xalilov, Moliya
vaziri yordamchisi – M.V. Chekasin, Maxsus ishlar bo‗yicha katta
inspektor – N.P. Fokina, huquqshunos maslahatchi – M.A. Avrunin
kabilar ishlaganini ko‗rish mumkin (ulardan bittasi o‗zbek, qolganlari
boshqa millat vakillari bo‗lgan). Vazirlikdagi 5 ta boshqarmadan
ikkitasida soliq bilan bog‗liq bo‗limlar faoliyat yuritgan. Jumladan,
Davlat daromadlar boshqarmasining tarkibida Aylanma mablag‗lardan
undiriladigan soliqlarni rejalashtirish va ro‗yxatga olish bo‗limi (4 ta
xodim), shuningdek, Soliqlar va yig‗imlar boshqarmasida Shahar va
mahalliy qishloq soliqlarini undirish bo‗limlari (12 ta xodim) faoliyat
olib borgan. Ikkita boshqarma xodimlarini qo‗shib hisoblaganda 26
nafarni tashkil etgan. Vazirlik shtat birligida 143 ta xodim faoliyat olib
borgan bo‗lsa, soliqchilar 11% ni tashkil etgan
202
.
Soliq xodimlarining 1955 yildagi milliy tarkibi va kadrlarning
ma‘lumotini viloyatlar kesimida tahlil qiladigan bo‗lsak, bu paytda
Andijon viloyati moliya bo‗limida 35 ta shtat birligi bo‗lib, ulardan 5
tasi soliqchilarga ajratilgan. Bu xodimlarning 3 nafari o‗zbek, rus va
yahudiy (1) bo‗lib, ularning 4 nafari o‗rta va 1 nafari tugallanmagan
ma‘lumotga ega bo‗lishgan. Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, shu
yili viloyatda bitta ham oliy ma‘lumotli mutaxassis faoliyat yuritmagan
edi
203
.
Namangan viloyati moliya bo‗limida 42 ta shtat birligidan 6 tasi
soliq sohasiga berilgan. Ular milliy tarkibiga ko‗ra, o‗zbek va tatar (2
201
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1641-yigʼmajild, 123-varaq.
202
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1641-yigʼmajild, 124-125-varaqlar.
203
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 171-172-varaqlar.
210
tadan), rus va eron (1 ta) millat vakillaridan, ma‘lumoti bo‗yicha 2 ta
oliy, 1 ta o‗rta va 3 ta tugallanmagan o‗rta ma‘lumot ega xodimlardan
iborat bo‗lgan
204
.
Samarqand viloyati moliya bo‗limida 43 ta shtat birligidan 7 tasi
soliq lavozimi bo‗lgan. Milliy tarkibiga ko‗ra, o‗zbek, arman va rus (1),
tatar (2), eron (2) millat vakillari ishlagan. Ma‘lumotiga ko‗ra, soliq
bo‗limi boshlig‗i 2-bosqich moliya texnikumi talabasi, 1 nafari oliy
ma‘lumotli, 1 nafari boshlang‗ich ta‘limni tugatgan va 4 nafari
tugallanmagan o‗rta ma‘lumot ega bo‗lganlar
205
.
Buxoro viloyati moliya bo‗limida 33 ta shtat birligi bo‗lib, shundan
5 tasi soliqchilar bo‗lishgan. Ulardan rus (1), tatar (3) va 2 nafari qumiq
millati vakillari bo‗lgan bo‗lsa, ular ma‘lumoti bo‗yicha 2 tasi o‗rta 4
nafari tugallanmagan o‗rta ma‘lumot ega bo‗lgan
206
.
Qoraqalpog‗iston ASSR Moliya vaziri tomonidan jami 42 ta shtat
birligi tasdiqlangan bo‗lib, shundan 7 ta lavozim soliqchilarga berilgan.
Soliqchilarning tarkibida bo‗lim boshlig‗idan tashqari 3 ta o‗rta maktab
va 1 tasi oliy ma‘lumot, 2 ta o‗rta ma‘lumotlilar bo‗lgan
207
.
Shu o‗rinda qayd etish kerakki, 1956 – 1959 yillar oralig‗ida Moliya
vazirligining boshqaruv tizimida muntazam o‗zgarishlar bo‗lib,
vazirlikning davlat daromadlari boshqarmasida savdo aylanmasi solig‗i
va davlat daromadlar, kolxozlardan tushadigan soliq hisob kitobi
bo‗limlari ham tuzilgan edi.
1960 yil vazirlikda shtatlar soni oshirilib, 168 ta yetkazilgan.
Vazirlik 8 ta boshqarmadan tuzilgan bo‗lib, bularning ichida xodimlar
soni jihatidan ikkinchi o‗rinda turgan Davlat daromad boshqarmasi
to‗rtta bo‗limdan ya‘ni, aylanma mablag‗lar solig‗i bo‗lim,
daromadlardan soliq undirish bo‗limi, soliq va boshqa qo‗shimcha
daromadlarni yig‗ish bo‗limi hamda rejalashtirish va ro‗yxatga olish
204
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 173-175-varaqlar.
205
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 176-varaq.
206
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 177-varaq.
207
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 1516-yigʼmajild, 182-183-varaqlar.
211
bo‗limlaridan iborat bo‗lgan
208
. Boshqarma tarkibida 24 ta xodim
faoliyat yuritgan bo‗lsa, 14% dan ortig‗ini soliqchilar tashkil etgan.
1970-yil Moliya vazirligining tarkibida 203 ta xodim Davlat
daromadlar boshqarmasida 4 ta bo‗lim 27 ta xodim bo‗lgan bo‗lsa, 13%
dan ortig‗ini soliqchilar tashkil etgan
209
.
1976-yil 9-martdagi O‗zbekiston SSR Moliya vaziri o‗rinbosari
U.Sattorov tomonidan tasdiqlangan shtat jadvalida xodimlar soni 231
tani tashkil etib, vazirlik rahbariyat, 12 ta boshqarma, 7 ta bo‗limdan
iborat bo‗lgan. Davlat daromadlar boshqarmasi, rahbariyat, shuningdek,
quyidagi
beshta
bo‗limdan: savdo aylanmasi solig‗i bo‗lim,
daromadlardan soliq undirish bo‗limi, soliq bo‗limi, boshqa qo‗shimcha
daromadlarni yig‗ish bo‗limi, rejalashtirish va ro‗yxatga olish
bo‗limlaridan iborat bo‗lgan. Xodimlarning umumiy soni 29 tani tashkil
etib, vazirlik xodimlarining 12,5% dan ortig‗i soliqchilar bo‗lishgan
210
.
Ma‘lumotlar tahliliga ko‗ra har besh yilda moliya sohasida shtatlar
soni o‗sib borgani kuzatiladi. O‗z navbatida, moliya sohasida shtatlar
sonining oshishi soliq sohasida shtatlar sonining o‗sishiga ta‘sir etgan.
Xususan, 1980 yilda O‗zbekiston SSR Moliya vazirligi shtatlar soni
tarkibida 252 taga yetgan bo‗lsa, ulardan oliy ma‘lumotlilar soni 6 taga,
o‗rta ma‘lumotlilar 26 ta, nomutaxassislar 2 taga kamaygan. Moliya va
soliq sohasidagilarning 244 tasi mutaxassis bo‗lib,
ular jami
xodimlarning 99,6% tashkil etgan
211
.
1980-yilda Davlat daromadlar boshqarmasining strukturasida
o‗zgarishlar amalga oshirilib, uning tarkibida oltinchi – taftish (reviziya)
bo‗limi tashkil etiladi.
Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, respublika soliq siyosati va soliq
boshqarmasi (Moliya vazirligi tasarrufidagi) strukturasida amalga
oshirilgan o‗zgarishlarga qaramay, soliq tizimidagi kamchiliklar keyingi
yillarda ham kuzatildi. Xususan, O‗zbekiston SSR Moliya vazirligi
208
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 2507-yigʼmajild, 78-87 varaqlar.
209
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 3486-yigʼmajild, 155-156-varaqlar.
210
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 4269-yigʼmajild, 3-13 varaqlar.
211
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 4886-yigʼmajild, 117-varaq.
212
tomonidan Qoraqalpoq ASSR Moliya vaziri, viloyat moliya bo‗limlari
va Toshkent shahar moliya bo‗limiga 1982 yilda soliq hisobotini
tuzishdagi kamchiliklar to‗g‗risida yuborilgan maktubda keltirilishicha,
―xodimlar o‗rtasida shunday holatlar bo‗lganki, hattoki arifmetik
xatolarga yo‗l qo‗yilgan hamda boshqa hisobotlar yoki mazkur
hisobotning bo‗limlari o‗rtasida bog‗liqlik mavjud bo‗lmagan‖
212
.
Masalan, ―Buxoro viloyat moliya bo‗limining ―1982-yil uchun qishloq
xo‗jaligi solig‗i to‗lovchilarini hisobga olish va soliq summasini
hisoblash natijalari to‗g‗risida‖gi 14-gd. sonli shakl hisobotida qishloq
xo‗jaligi solig‗i bo‗yicha imtiyoz taqdim etilgan kolxozchilar xo‗jaliklari
soni noto‗g‗ri hisoblangan. Bu hisobotda Jizzax viloyat moliya bo‗limi
ham kolxozchilar xo‗jaliklari bilan bir xil asoslarda soliqqa tortiladigan
va imtiyoz taqdim etilgan ishchi hamda xizmatchilar xo‗jaliklari sonini
hisoblashda aynan shunday xatoga yo‗l qo‗yganlar. Qashqadaryo viloyat
moliya bo‗limi tomonidan ushbu hisobotning birinchi bo‗limida hisobga
olingan xo‗jaliklar soni 2948 taga ko‗p ko‗rsatilgan‖ligi – qayd
etiladi
213
. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, bu davrda soliq sohasidagi
kamchiliklar respublikadagi barcha viloyat, shahar va tumanlarida
kuzatilgan edi.
Sovet jamiyatida boshlangan ―qayta qurish‖ siyosati, iqtisodiy
qarash va mezonlarning o‗zgarishi soliq sohasiga ham ta‘sir qildi.
Jumladan, 1990 yil 3 aprelda Moliya vazirligi tasarrufidagi boshqarma
o‗rnida ―Davlat bosh soliq inspeksiyasi‖ tashkil etilib
214
, inspeksiya 14
bo‗limdan iborat bo‗ldi.
Hududiy jihatdan bitta viloyat misolida tahlil etiladigan bo‗lsa,
masalan, Samarqand viloyati soliqlar inspeksiyasi boshlig‗i Sh.Safarov
tomonidan 1990 yil 1 iyundagi tasdiqlangan ma‘lumotga ko‗ra viloyat
kesimida soliq sohasining tuzilishi rahbariyat va 6 ta bo‗limdan iborat
212
OʼzMА, R-93-fond, 15roʼyxat,5198-yigʼmajild, 4-varaq.
213
OʼzMА, R-93-fond, 15-roʼyxat, 5198-yigʼmajild, 5-varaq.
214
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 6530-yigʼmajild, 1-5 varaqlar.
213
bo‗lgan
215
. Bular: Rahbariyat – Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‗i,
Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‗i muovini, Sekretar-mashinistka va
Bosh buxgalterni tashkil etgan. Shuningdek, davlat ijara, qo‗shma va
boshqa korxonalar soliqlari hamda resurslari to‗lovlari bo‗limi bo‗lib,
uning tarkibida 6 ta xodim faoliyat olib borgan. Inspeksiya boshlig‗i
muovini – bo‗lim boshlig‗i, Bosh davlat soliq inspektorlari, Katta davlat
soliq inspektorlari va Davlat soliqlar inspektoridan iborat bo‗lgan.
Shu bilan birga, kooperativ korxonalar, jamoat tashkilotlari va
jamoat xo‗jaliklari soliqlari bo‗limi ham faoliyat yuritib, unda 5 ta
xodim – bo‗lim boshlig‗i, Katta davlat soliq inspektorlari va Davlat soliq
inspektorlari xizmat qilgan.
Aholidan tushadigan soliqlar va boshqa soliqlar bo‗limida 3 nafar
xodimlar, ya‘ni, bo‗lim boshlig‗i, Bosh davlat soliq inspektori va Davlat
soliq inspektorlari faoliyat yuritgan.
Soliq inspeksiyalari ishlarini nazorat qilish va tashkiliy instruktorlik
bo‗limi mavjud bo‗lib, unda bo‗lim boshlig‗i, Bosh davlat soliq
inspektori va Davlat soliq inspektorlari ishlagan.
Hisob, analiz, statistika va umumlashgan rejalashtirish bo‗limida
esa – bo‗lim boshlig‗i, Katta davlat soliq inspektori va Davlat soliq
inspektorlari faoliyat yuritgan.
Umumiy bo‗limda 3 ta xodim faoliyat olib borgan bular – bo‗lim
boshlig‗i mutaxassislar bo‗yicha inspektor, inspektor va xo‗jalik bo‗limi
boshliqlaridan iborat bo‗lib, viloyatda 28 ta xodim ish olib borgan
216
.
Shu o‗rinda alohida qayd etish kerakki, tahlil etilayotgan yillarda
sovet davlati tomonidan O‗zbekistondagi soliq idoralarini yetakchi
mutaxassislar bilan ta‘minlaydigan bitta ham oliy o‗quv yurti ochilmadi.
Bu davrda faoliyat yuritgan Toshkent Xalq xo‗jaligi instituti, Toshkent
Moliya iqtisodiyot instituti va Samarqand qishloq xo‗jaligi institutlari
asosan moliya sohasiga kadrlar tayyorlab beruvchi oliy o‗quv yurtlari
hisoblangan edi.
215
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 6331-yigʼmajild, 62-varaq.
216
OʼzMА R-93-fond, 15-roʼyxat, 6331-yigʼmajild, 63-varaq..
214
Aslini olganda, respublika soliq idoralarida faoliyat yuritgan
xodimlarning aksariyati o‗rta maxsus bilimga ega bo‗lgan mutaxassislar
edi. Ular respublikaning turli viloyatlari va qo‗shni ittifoqdosh
respublikagi o‗quv yurtlari, jumladan, Samarqand moliya texnikumi,
Qoraqalpog‗iston ASSR Moliya texnikumi, Ashxobod moliya
texnikumi, Toshkent moliya texnikumi va boshqalarda ta‘lim olgan edi.
Bu haqda, soliq idora xodimlarining ayrimlari oliy ma‘lumotli bo‗lish
uchun Toshkent Xalq xo‗jaligi institutida (sirtqi) yoki boshqa moliya
texnikumlarida (ayniqsa, ―Soliq va aholi hamda kolxozlardan yig‗im
undirish‖,
―Yig‗im undirish va soliq bo‗yicha moliyachi‖
yo‗nalishlarida)
217
tahsil olgani haqida o‗sha davrdagi arxiv hujjatlarida
ham ma‘lumotlar keltiriladi
218
.
Xulosa qilib aytganda, tadqiq etilayotgan yillarda respublika soliq
siyosatidagi islohotlar, ayrim soliqlarning bekor qilinishi hamda soliq
boshqarmasi (Moliya vazirligi tasarrufidagi) strukturasida amalga
oshirilgan o‗zgarishlarga qaramay, soliq tizimidagi kamchiliklar doimiy
ravishda kuzatildi. Bu jarayonning o‗ziga xos obyektiv va subyektiv
sabablari bo‗lib, ulardan biri soliq organlarining shaxsiy tarkibini
malakali va tajribali kadrlar bilan ta‘minlash masalasi edi.
Dostları ilə paylaş: |