10. Quyida keltirilgan javoblarning qaysi birida Atomistik
nazariya asoschilari to„g„ri ko„rsatib o„tilgan?
a) Voban, Monteskye va Volter
b) Jon Ramsey Mak-Kullox, Adolf Tyer
s) Jan Simond de Sismondi
d) E. Jirardin
243
10-BOB. SOLIQQA TORTISHNING TAKOMILLASHGAN
UMUMIY NAZARIYALARI
§ 10.1. Soliqqa tortishning klassik nazariyasi
G‗arbiy Yevropada moliya ilmi kuchaygan XVII-XVIII asrlarda
shakllangan soliq nazariyalari ichida klassik maktab ta‘limoti alohida
o‗rin egallaydi. Klassik olimlar soliqlarning iqtisodiy tabiati va
mohiyatini yoritish hamda to‗lash manbasi masalalariga oid muhim
tadqiqotlar olib borishgan.
Klassik
nazariya
soliqlarning
davlat
byudjeti
daromad
manbai
sifatidagi
rolini
e‘tirof
etib,
iqtisodiyotni
boshqarishdagi
ahamiyatini bir muncha inkor etishdi.
Ularning
fikricha,
raqobatbardosh
iqtisodiy
muhit
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishini
ta‘minlay
oladigan tabiiy mexanizmlarga ega.
Ya‘ni, tabiiy iqtisodiy qonunlar
―ko‗rinmas
qo‗llar‖
yordamida
iqtisodiyotni tartibga solib turadi.
Klassik maktabning birinchi vakillaridan biri bo‗lgan angliyalik
iqtisodchi ―Soliqlar va yig‗imlar to‗g‗risida traktat‖ (
Treatise of Taxes &
Contributions, 1662
) asarining
muallifi
Uilyam Petti (
William Petty;
1623-1687
) o‗z qarashlarida ―tarixiy an‘analar va o‗zaro kelishuvlar
orqali tabiiy boshqarilishi mumkin bo‗lgan juda ko‗p narsalar qonun
ostida
tartibga
solishga
o‗tganligi‖ni davlat boshqaruvining
kamchiliklari sifatida e‘tirof etadi. Shu tufayli U.Petti tabiiy qonunlarni
244
cheklovchi davlat tomonidan ishlab chiqiladigan me‘yoriy hujjatlarning
qabul qilinishiga qarshi chiqadi
249
.
Davlatning asosiy funksiyalari sifatida u ish kuchlaridan to‗liq
foydalanishni tashkil qilish va uning sifatini oshirishni ko‗rsatadi hamda
davlat maqsadli xarajatlarini quyidagilarga ajratadi: 1) harbiy xarajatlar,
2) boshqaruv xarajatlari, 3) cherkov xarajatlari, 4) ta‘lim xarajatlari,
5) nogiron va yetim bolalarni boqish xarajatlari, 6) yo‗llarni,
ko‗priklarni, portlarni va boshqa umumfoydalanishdagi inshootlarni
saqlash xarajatlari.
U.Petti o‗zining ―Soliqlar va to‗lovlar to‗g‗risida traktati‖da ―Soliq
solish mutanosib va teng bo‗lishi hamda soliq hajmi avvaldan hisoblab
chiqilishi, favqulodda soliqlar esa imkon qadar kamroq bo‗lishi kerak‖
deb ta‘kidlagan
250
. Uning fikricha, ― ... kutilmagan qo‗shimchalarsiz,
barcha soliq va yig‗imlar yukining hajmi oldindan ma‘lum bo‗lgan
mamlakat haqiqatdan ham omadlidir. Bunday holatda, nafaqat yerning
mulkdori, balki uning yeridan olingan bitta sabzavotni yeydigan yoki
mazkur yerdan oziqlanuvchi kosibning xizmatidan foydalanadigan har
qanday odam soliq to‗laydi‖
251
.
Shuningdek, u soliq yukining o‗z me‘yorida bo‗lishini yoqlab
chiqqan. Pettining yozishicha, ―me‘yoridan ortiqcha soliq aholining
hatto tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur tovarlarga bo‗lgan
haddan ziyod va chidab bo‗lmaydigan zaruratini keltirib chiqaradi.
Bunday soliqlar, kishilarni o‗g‗rilik va firibgarlikka majbur etadi.
Bundan tashqari, kutilmagan og‗ir soliqlar aholini, hatto qurol olib, uni
to‗lashga qarshi kurashishga majbur qiladi. Bu esa, o‗z navbatida, davlat
uchun ham, alohida shaxslar uchun ham yovuzlik va jazo bo‗lmish
qatllar, qamoq choralarining qo‗llanilishiga olib keladi‖
252
.
249
Петти У. Трактат о налогах и сборах, - Москва, Гвардия. 1963, - С . 11.
250
Петти У. Трактат о налогах и сборах, М.:, Гвардия. 1963, с. 11.
251
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т. I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред.
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C. 28-29.
252
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т.I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред.
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C. 27.
245
Soliqqa tortish qiyinlashuvining eng asosiy sabablaridan biri sifatida
Petti xalqning soliq to‗lashni istamasligi, deb hisoblaydi. Bu esa soliq
undirishda davlat tomonidan ortiqcha sarf-xarajatlar va qattiq jazo
choralari qo‗llanishiga olib keladi
253
. Soliq to‗lovchilar noroziligining
kelib chiqish sabablari sifatida u asosan quyidagilarni keltirgan
254
:
soliq qanchalik katta bo‗lmasin, agar uning yuki barchaga
mutanosib tushsa, hech kim u sababli o‗z boyligini yo‗qotmaydi;
kishining hammasidan ko‗proq g‗ashiga tegadigan narsa, bu
uning qo‗shnisiga nisbatan yuqoriroq soliqqa tortilishidir;
kishilar, davlat o‗ziga keragidan ko‗proq talab qiladi, deb
o‗ylashadi;
odamlar
shunday
xayolga
borishadiki,
yig‗ilgan
pullar
vaqtichog‗lik, to‗y-tomoshalar, hasham qasrlar va shu kabi boshqa
narsalarga sarflanadi;
kishilar tez-tez shuni ta‘kidlashadiki, qirol aholidan yig‗ilgan
pullarni o‗zining yaqin kishilariga tarqatadi.
Yuqoridagi sabablarni mantiqiy mushohada qilib ko‗radigan
bo‗lsak, ularning bir qismi soliq to‗lovchilar o‗rtasida soliq yukining
qanchalik adolatli taqsimlanayotganligi, boshqalari esa undirilayotgan
soliqlarning nimaga sarflanayotganligini bilish istagi mavjudligidir.
Bundan qariyb 350 yil avval aytib o‗tilgan ushbu fikrlar hozirgi
axborot asri bo‗lmish uchinchi ming yillik boshida qanchalik o‗rinli va
ahamiyatga ega? Agar keltirilgan fikrlarga birma-bir to‗xtaladigan
bo‗lsak, quyidagi oddiy haqiqatni anglab olishimiz mumkin.
Birinchidan, soliq to‗lovchi, u hoh jismoniy, hoh yuridik shaxs bo‗lsin,
barcha qatori soliq to‗lasa, ya‘ni boshqalarga nisbatan ko‗proq soliq
to‗lamasa, soliqning og‗irligi unga unchalik sezilmaydi (albatta soliq
yuki chidab bo‗ladigan me‘yorda bo‗lsa). Ikkinchidan, soliq to‗lovchi
o‗z mulki bir qismini soliq sifatida davlatga ajratar ekan, ushbu
253
Афанасьев В.С. Возникновение классической буржуазной политической экономии (Вильям
Петти). – М.: Соцэкгиз, 1960. – С.20-21.
254
Антология экономической классики. В 2-х томах. Т.I. (В.Петти, А.Смит, Д.Рикардо) Пред.
И.А.Столярова. – М.: МП ―ЭКОНОВ‖, 1991. – C.22-23.
246
mablag‗larning qayerga ketayotganligi va nimaga ishlatilayotganligi
bilan albatta qiziqadi. Soliq to‗lovchilarning bu qiziqishini qondirish
uchun davlat byudjet xarajatlari to‗g‗risida ommaga shaffof hisobot
berishi kerak.
U.Petti soliqqa tortishning ishlab chiqarishga, mamlakat boyligining
o‗sishiga ta‘siri haqidagi masalani ham qo‗yadi. Uning fikricha, soliqlar
mamlakatning iqtisodiy holatiga ham salbiy, ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi
mumkin. Soliq va yig‗imlarning ayrim turlari qirollik boyligini yanada
ko‗paytirishi mumkin. Bunday holat soliqlar milliy ishlab chiqarishni
kengaytirishga ta‘sir qilganda yuz beradi. Mamlakat boyligi ko‗payadi,
qachonki, soliq ilgari chetdan import qilinayotgan tovarlarni ishlab
chiqarishga majbur qilsa, qachonki, u ―ortiqcha‖ (hasham, shohona)
iste‘molning qisqarishiga va bo‗shagan mablag‗larni ishlab chiqarishni
yaxshilash maqsadlariga yo‗naltira olsa va hokazo
255
.
Pettining ushbu fikrlaridan xulosa
qilish mumkinki, soliq – davlat
qo‗lidagi
eng
nozik
iqtisodiy
instrument bo‗lib, uning vositasida
iqtisodiyotni
rivojlantirish
ham
mumkin, tanazzulga yuz tuttirish ham
mumkin.
Bu
davlat
tomonidan
soliqdan
qanday
foydalanilishiga
bog‗liq. Olimning fikrlaridan kelib
chiqadigan ikkinchi xulosa shuki,
soliqlar va soliqqa tortish mexanizmlari qayishqoq bo‗lmog‗i darkor.
Ya‘ni, soliqqa tortish vositasida, bir tomondan milliy iqtisodiyotda
import o‗rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish rag‗batlantirilsa,
ikkinchi tomondan shunday tovarlarning importi ma‘lum darajada
cheklansa, mamlakatda iqtisodiy rivojlanish bo‗ladi va milliy boylik
ko‗payib boradi. Yana bir holat, bu ijtimoiy ortiqcha iste‘molni
255
Афанасьев В.С. Возникновение классической буржуазной политической экономии (Вильям
Петти). – М.: Соцэкгиз, 1960. – С.21.
247
(birlamchi ijtimoiy zarurat qondirilgandan keyingi shohona, hasham
tovarlar iste‘moli), shuningdek, o‗lik kapital to‗planishini soliqlar
vositasida cheklash va aksincha, mablag‗larni iqtisodiyotga yo‗nal-tirish
orqali ulardan samarali foydalanishni soliq mexanizmi vositasida
rag‗batlantirishdir.
Biroq, klassik iqtisodiy ta‘limot shakllanishida Adam Smit (
Dostları ilə paylaş: |