Chinor fayzi baland


§ 3.5. Yelyuy Chutsayning mo„g„ul soliq



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

§ 3.5. Yelyuy Chutsayning mo„g„ul soliq 
siyosatini tashkil etishdagi o„rni 
Chingizxon vafot etdi va o‗g‗li O‗qtoyga armiya va ulkan xonlikni 
moliyalashtirish masalasi hal qilinmay qolgan edi. Mo‗g‗ul xonligi 
barcha rahbarlarning moliyaviy muammosini-pulni qayerdan olish 
masalasini hal qilishda Yelyuy Chutsayning 
o‗rni muhim ahamiyatga ega.
Yelyuy Chutsay ismining birinchi qismi 
shuni ko‗rsatadiki, bu odam mo‗g‗ullar bosib 
olgan 
Qoraxitoy 
Gurxan 
sulolasining 
shahzodasi edi, lekin bu ularning armiyada 
va 
amaldor 
sifatida 
xizmat 
qilishiga 
to‗sqinlik qilmas edi.
Yelyuy Chutsay juda yaxshi o‗qimishli odam va O‗qtoy davrida 
amaldor bo‗lib ishlagan. (Mo‗g‗ullar yaxshi jangchilar edi, lekin ular 


84 
orasida savodli kishilar kam edi, shuning uchun ular boshqaruv ishlari 
uchun o‗sha davrdagi uyg‗urlarni va boshqa xalqlarning vakillarini faol 
ishlatishgan). 
1233 yilda mo‗g‗ullar Shimoliy Xitoy poytaxti Kaifengni qamal 
qilishdi. Kaifeng zabt etilganidan so‗ng, urush bir muncha vaqt to‗xtadi 
va tirik qolgan dehqonlar o‗z uylariga qaytishni boshladilar.
O‗qtoy dehqonchilikni qayta tiklashdan hech qanday foyda ko‗rmas, 
―Xitoylardan hech qanday foyda yo‗q‖ degan fikrda edi. ―Qanday qilib 
xitoylarni befoyda deb atash mumkin‖, e‘tiroz bildirdi Yelyuy Chutsay. 
―Agar soliqlar adolatli belgilansa, Siz har yili 500 ming liang kumush, 
80 ming dona ipak va 400 ming shi don olishingiz mumkin‖ligini 
matematik asoslab tushuntirdi. Soliq ma‘muriyatlarini tuzish kerak, dedi 
Yelyuy Chutsay xonga.
O‗qtoy otasiga o‗xshagan shafqatsiz jangchi emas, barqaror, bir 
maromda hayot tashkil etish tarafdori edi. Yelyuy Chutsayning so‗zlari 
Xonga yoqdi.
O‗qtoy Yelyuy Chutsayni ―buyuk imperiya kotibiyati‖ boshlig‗i etib 
tayinladi va unga zabt etilgan ulkan hududlarni boshqarishni o‗rnatishni 
buyurdi.
Yelyuy Chutsay dastlab O‗qtoyni soliqlarni to‗g‗ri hisoblash uchun 
aholi ro‗yxatini o‗tkazishga ko‗ndirdi. Bu aniq aholini ro‗yxatga olish 
emas, aniqrog‗i soliq to‗lovchilarni ro‗yxatga olish edi.
Aholini ro‗yxatga olish ―olov va tutun‖ asosida o‗tkazilganligi 
uchun ya‘ni, soliq solish obyekti bitta alohida xo‗jalik edi. Bundan 
tashqari, ro‗yxatga olish mo‗g‗ul cho‗llarida ham, bosib olingan 
mamlakatlarda ham o‗tkazildi.


85 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin