105
Kushonlar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar kabi
imperiyalarining vorisi -
ya‘ni, Buyuk Ipak yo‗li vorisi edi.
Bu davrda yirik va mayda feodal yer egalarining asosiy qismi
suyurg„ol
mulklarga ega edilar.
Suyurg‗ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega
shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo‗lgan. Odatda,
shahar yoki
viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurg‗ol shaklida in‘om
etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko‗pincha hukmron sulola
namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan.
Suyurg‗ol egasiga o‗z suyurg‗oli doirasida amaldorlar tayinlash,
soliqlar va turli to‗lovlarni to‗plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi
berilgan. Abdurazzoq
Samarqandiyning yozishicha, Shoxrux davrida
Xorazm - Shoh Malik; Farg‗ona - Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad,
Obivard, Nisoni o‗z ichiga olgan Xuroson - Boysung‗ur; Qobul, Bazna
va Qandaxor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurg‗oli edi.
Suyurg‗ol yorlig‗iga ega bo‗lgan viloyat
hukmdorlari markaziy
hokimiyatga fakat nomigagina qaram bo‗lib, odatda, ular deyarli
mustaqil edi. Suyurg‗ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida
markaziy hokimiyat ba‘zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini
qisqartirar yoki ularning ma‘muriy va adliya
jihatidan haq-huquqni
cheklab qo‗yar edi. Suyurg‗ol egasi markaziy hukumatga bo‗ysunmagan
taqdirda suyurg‗ol huquqidan mahrum bo‗lar va hokim uning viloyatini
boshqa shaxsga berar edi
48
.
Temuriylar davrida maydoni jihatidan mayda va haq-huquqi
jihatidan ancha-muncha cheklangan suyurg‗ol yerlari ham bo‗lgan.
Bunday mayda suyurg‗ol yerlari, odatda, xizmat ko‗rsatgan kichik
mansabdagi
harbiylardan
tortib,
oliy
hukmdorning
muntazam
gvardiyasidagi harbiylargacha berilgan.
Viloyat va tuman hokimlari ana shunday yerlarning to‗la
xo‗jayinlari bo‗lib, o‗z hududidan soliq va o‗lponlar yig‗ish uchun ular
48
Mamanazarov А. Soliq siyosati. Oʼquv qoʼllanma. T. Moliya. 2003. 150 b.
106
davlat xazinasi oldida javobgar bo‗lganlar. Ular Amir Temur davlatining
asosiy tayanchi sifatida mulkdor yer egalari kabi aholining imtiyozli
qatlamini tashkil etgan.
Zahiriddin Muhammad
Boburning yozishicha, Husayn Boyqaroning
14 minglik gvardiyasi va 40 minglik muntazam qo‗shini (kush)ning har
bir askariga 80 jarib, ya‘ni 40 tanob
49
dan yer berilgan. Navkarlarga
berilgan bu yerlardan ham soliq va to‗lovlar olinmagan.
Hukmdor soliq to‗plashning viloyatlar
va uluslar tizimidan
foydalangan. Bunda barcha tushumlar markaziy davlat xazinasiga
to‗planmasdan mahalliy ma‘muriy tuzilmalar ixtiyorida qoldirilgan.
Mahalliy hokimiyatlarga soliq va boshqa tushumlardan o‗zlarining
ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanish, natura tarzidagi mol-
mulklarni esa o‗z hoxish-irodalariga bog‗liq
tarzda taqsimlash vakolati
berilgan.
Dostları ilə paylaş: