“yaksara”
ham mavjud edi. Bunda har bir juft ot yoki ho‗kiz hisobidan
77
Oʼzbekiston SSR tarixi. T. Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi. 1957 y. 4 tomli. 1 tom. 2-kitob. 42 bb.
78
Oʼzbekiston SSR tarixi. T. Oʼzbekiston Fanlar Аkademiyasi. 1957 y. 4 tomli. 1 tom. 2 kitob. 42-43 bb.
145
bir botmon chamasida bug‗doy undirib olingan. Kimda bir bosh ish
hayvoni bo‗lsa, u ―nimsara‖ - yarim botmon bug‗doy berishi kerak edi.
Suv tegirmonlari va objuvozlarning egalaridan ham ma‘lum
miqdorda pul yoki natural yig‗imlar undirib olingan.
Buxoro amirligida moliya ishlariga umumiy rahbarlik qilish va
nazorat qilib turish qushbegiga topshirilgan bo‗lib, u xiroj, zakot va
boshqa umumdavlat soliqlaridan tushgan mablag‗lar to‗planishini
kuzatib borgan.
O‗lpon yig‗ish va davlat xazinasiga kelib tushgan soliqlarni nazorat
qilish bilan devonbegi (moliya vaziri) shug‗ullangan. U soliq daftari,
ya‘ni – o‗lponlar ro‗yxatlarini tuzgan, unga daftardor
79
yordam bergan.
Natura tarzida to‗langan soliqlar, ya‘ni narsalar, buyumlar ham xon
yoki amir xazinasiga kelib tushgan, uni nazorat kilishni arbob
80
boshqargan. Ayrim hollarda arbob xiroj yig‗ish bilan ham
shug‗ullangan, bundan tashqari, elchilarni ovqat bilan ta‘minlagan,
sug‗orish ishlarini nazorat qilgan.
Moliya amaldorlari devonbegi rahbarligida xon saroyining moliya
hisoboti va moddiy qismi bilan shug‗ullanganlar.
Buxoro davlatida mulkchilikning asosini yer-suv tashkil etgan va
yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud bo‗lgan:
1) davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan);
2) mulk yerlari (xususiy);
3) vaqf yerlar.
Amir Shoxmurod hukmronligidan boshlab vaqf yerlarining miqdori
birmuncha ko‗paydi. Albatta bu hol xazinaga tushadigan daromadga
ta‘sir etmay qolmadi. Shuning uchun amir Nasrullo (1826-1860) yarg‗u
usuli, ya‘ni vaqf yerlarini musodara qilishni joriy etadi.
79
Daftardor bu, xon yoki amirning kirim-chiqimlari hamda xazinaga kelib tushuvchi soliqlarni hisoblab
borgan amaldor hisoblangan. Baʼzi joylarda daftardor xon huzurida oʼtkazilgan marosimlarga va boshqa
tadbirlarga sarflangan mablagʼlarni yozib borgan.
80
Bunday lavozim egasi baʼzi joylarda soliq yigʼish bilan ham shugʼullangan, shu bilan birga xon
xazinasiga kelib tushayotgan narsalarni nazorat qilgan.
146
Tokzor, mevali daraxtzorlardan tanobona olingan. 1807 yili amir
Haydarning bir yorlig‗ida har tanob yerdan bir tillodan tanobona olinishi
zarurligi ko‗rsatilgan. Agar ekinzor egasi tanobona to‗lashdan bosh
tortsa, hosilning uchdan bir qismi
mol
(xiroj)
tariqasida
olingan.
Ba‘zida xiroj, hosilning yarmini
tashkil etgan.
Shoxmurod zamonida har bir
ziroatchidan qo‗sh puli (xar qo‗sh
(48—50 tanob) yerdan 40 tiyin)
olingan.
Shoxmurod (1785-1800) Buxoro
aholisini
oliq-soliqlardan
ko‗p
paytlar ozod qilishga harakat qildi. Bu esa savdo-sotiq, hunarmandchilik
va madaniy hayotning jonlanishiga olib keladi.
Kanallar, inshootlar, qal‘a, ko‗priklar, yo‗llar ta‘miri hashar yo‗li
bilan amalga oshirilgan. Boshida hasharchilar oziq-ovqat bilan
ta‘minlangan. XVIII asrdan boshlab hasharga keluvchilar oziq-ovqati,
ish asboblari, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo‗lgan.
Olimlar, qozilar, sipohiylar va navkarlar xiroj hamda tanobona
to‗lashdan ozod etilganlar.
Amir Shoxmurod vafotidan so‗ng Buxoro taxtiga amir Xaydar
(1800-1826) chiqib, otasining butun ezgu ishlarini unutib, yana turli
soliqlar joriy eta boshlaydi. Tarixchi Muxammad Yoqubning so‗zlariga
qaraganda, amir Haydar soliqlarni otasi davridagiga nisbatan ikki
barobarga ko‗paytirdi.
Amir Xaydar ko‗prok tanxo yerlarni navkarlarga berishga hamda
navkar va sarbozlarni ko‗paytirishga, mamlakatni faqat ular orqali
saqlashga harakat qilgan. Tarixchi olim Muxammad Vafoiy
147
Karmanagiy
81
―Tuxfayi xoniy‖ deb nomlangan mashhur asarida turli xil
amaldorlarga beriladigan tanxoning miqdorini quyidagicha yozadi:
―Baxodir (kichik amaldagi navkar) larga 18 dan 23 tanobgacha,
mirzaboshiga 25 dan 35 gacha, qorovulbegiga 47 tanob va hokazo
amaldorlarga tanxo yerlari berilgan. Eng katta amaldorlar, masalan,
parvonachi, dodxoh kabilarga bir qishloqning 100 tanobgacha yerlari
tanxo kilib berilgan‖. Demak, tanxo amallarning past yoki yuksakligiga
qarab berilgan
82
.
TANXO
–
xonliklar hukmronligi davrida davlat hukmdorlari
tomonidan davlat oldidagi xizmatlari uchun alohida toifadagi harbiy
boshliqlarga in‘om etilgan yer. Tanxo egasi tanxodor yoki tanxochi deb
atalgan. Ba‘zi adabiyotlarda tanxo mol-mulk, pul, buyum tariqasida ham
berilganligi qayd etiladi, u shartli yoki vaqtinchalik ham berilgan
83
.
Tanxo
–
otadan bolasiga meros sifatida amlok yerlaridan (davlat yerlari)
berilgan. Bu amlok yerlarni dehqonlar ishlab, chiqqan hosilning ma‘lum
miqdorini tanxo oluvchilarga tumanlardagi amlokdor va uning odamlari
tomonidan belgilab berilgan. Shunday qilib, ayrim amaldorlarning
o‗g‗illari yoki yaqin qarin-doshlari, amaldor bo‗lmasa tanxo yerlari
ulardan olinib, shu amalga tayinlangan kishilarga berilgan. Chunki
amaldorlarning ko‗pchiligi davlatdan hech qanday maosh olmas edilar.
Demak, tanxoning vaqtincha xizmati uchun beriladigan tanxodorlar
olgan yerlarini birovga tortiq qila olmas, sota olmas, hatto meros qilib
qoldira olmas edi.
Amir Xaydar davrida ba‘zi amaldorlar davlatdan katta yer olganlar.
ular bu yerlarni shartli in‘omlar sifatida emas, balki soliqdardan ozod
81
Tarixchi olim. Muxammad Raximxon mangʼitning (1167/1753-1171/1758) devon boshligʼi. Xoji
Ismatulloh Аbdulloh. Markaziy Osiyoda islom madaniyati. Qisqachi maʼlumotnoma. Toshkent.
―ShАRQ‖ Nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati. 2005 y. 150 bet.
82
Muxammad Raximxon mangʼitning buyrugʼi bilan yozilgan. Bu asar ―Tarixi Raximxoniy‖ (Raximxon
tarixi) nomi bilan xam yuritiladi. Kitob ikki kismdan iborat. Аsarning xar ikki kismida 60 yil ichida
Movarounnaxr, ayniqsa Buxoroda boʼlib oʼtgan tarixiy voqealar aks ettirilgan. Kitobda yuz, yetti, baxrin,
qipchoq va boshqa oʼzbek urugʼlari xaqidagi muhim maʼlumotlar bor.
83
Oblomurodov N., Tolipov F.. Oʼzbekistonda soliklar tarixi. T.: Iqtisod-Moliya‖, 2009. – 97 bet.
148
qilingan holda shaxsiy mulk sifatida olganlar. XVIII asrning ikkinchi
yarmi XIX asr o‗rtalarida yerlar tanxo sifatida in‘om etilmagan.
XIX asrning 50-yillaridan boshlab Rossiya O‗rta Osiyoni bosib ola
boshladi. Buxoroning ma‘lum qismini bosib olgach, amir juda og‗ir
shartnomani qabul qiladi. Rossiya bilan urush paytida amir Muzaffar
aminona (―sodiq fuqarolik‖) deb nomlangan maxsus soliqni joriy etdi, u
badavlat shaharliklar mol-mulki va tovarlar qiymatidan 1,5%ni tashkil
etgan.
Vaqt o‗tishi bilan u doimiy soliqqa aylandi va amirlik tugatilguncha
(1920 yilgacha) hukm surdi, ba‘zan hatto maxsus soliq yig‗uvchilarga
bu soliqni oldindan undirish huquqi ham berilgan.
Tovarlarni daryodan olib o‗tganlik uchun (suv puli), bozordagi joy
uchun (puli taxtajoy) kabi soliqlar ham mavjud bo‗lgan.
Buxoro amirligida moliya, asosan mol-mulk solig‗i bilan qushbegi
poyon shug‗ullangan. U ark etagida yashagani, mahkamasi shu yerda
bo‗lgani bois ―quyi qushbegi‖ deb atalgan.
Davlatdagi barcha zakot yig‗uvchilarning boshlig‗i singari uni ham
zakotchi kalon (oliy zakot yig‗uvchi) deb atashgan.
Buxoro amirligida juda ko‗p soliqlar va urush vaqtlari qoracherik
olinar edi.
Qora cherik – Buxoro amirligida untazam qo‗shin bilan barobar
urush yoki tinchlik chog‗ida xizmatda bo‗lgan nomuntazam lashkar.
Ehtiyoj bo‗lmagan kezlarda Qora cherik uylariga tarqalib ketgan. Qora
cherikni to‗plash uchun hukmdor (amir) farmoni chiqqan va u
bozorlarda jarchilar tomonidan e‘lon qilingan.
Har bir qishloq, shahar, viloyatdan yig‗iladigan Qora cherik miqdori
ilgaridan aniq bo‗lganligi bois, amir buyrug‗iga binoan nomuntazam
lashkar yetkazib berishda muammolar tug‗ilmagan. Muntazam qo‗shin
otlar bilan ta‘minlangan bir paytda, Qora cherik, shaxsiy ulovi bilan
harbiy harakatlarda ishtirok etishi majburiy hisoblangan. Qal‘a,
qo‗rg‗onlarni muhofaza qilishda muntazam xizmatdagi askarlar soni
149
kamlik qilsa, Qora cherikdan foydalanilgan. Ba‘zan yurishda
qatnashayotgan qo‗shinning deyarli yarmini Qora cherik tashkil etgan
84
.
Qoracherik
Dostları ilə paylaş: |