Chinor fayzi baland



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/117
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203151
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117
6466070627abc SOLIQ NAZARIYASI VA TARIXI

 
eng muhim soliq bo‗lib, uni to‗lash har bir 
musulmon uchun besh farzning biri hisoblanardi. U mol-mulkdan 
olinadigan davlat solig‗i
 
hisoblanib, mol-mulk bahosining taxminan 1/40 
miqdorida to‗langan. 
Zakot yig‗imlarida mollar (tovar), shuningdek, savdogarlarning mol 
sotib olish uchun keltirgan pullari soliq manbai hisoblangan. 
Shuningdek, savdogar o‗z molini bir joydan ikkinchi joyga necha marta 
olib borgan bo‗lsa, u o‗z moliga shuncha marta zakot berishi kerak edi. 


142 
Bundan ko‗rinadiki, Buxoro xonligida zakot savdogarlarni juda 
og‗ir ahvolga tushiruvchi, mollarni iste‘mol etuvchilarni tashvishga solib 
qo‗yuvchi va soliq yig‗uvchilarni boyituvchi o‗ziga xos ichki bojga 
aylanib qolgan. 
Chorvachilik tumanlarida hayvonlardan olinadigan zakot natura 
(besh-o‗n tuyadan bir bo‗taloq, qirq qo‗ydan bir qo‗y yoki bir echki) 
bilan undirilgan. Buning ustiga mahalliy hokim foydasiga zakot 
solig‗ining yana bir turi - ―zakoti-chakana‖ ham undirib olingan. 
XV-XVII asrlarda zakot beva-bechoralar, musofirlar foydasiga 
olingan bo‗lsa, XVIII asrdan boshlab xazina foydasiga olinadigan bo‗ldi. 
Zakot to‗lashdan bosh tortgan qabilalar ustiga qo‗shin jo‗natilib, kuch 
bilan zakot va ustiga omonpuli (moli omoniy) ham olingan. 
Buxoro xonligida urush mahali aholidan favqulodda soliq (jul) ham 
yig‗ib olingan. 
Mamlakat fuqarolari bo‗lmagan savdogarlardan olinadigan soliqlar 
(bojlar) deyarli o‗zgarishsiz bo‗lib, ko‗pincha, ularning miqdori siyosiy 
munosabatlarga ham bog‗liq edi. 
Xon avlodi tugatilib Buxoro amirlikka aylantirilgandan so‗ng 
(1753-1785) soliq tizimida ham bir qancha o‗zgarishlar ro‗y beradi. 
Buxoro amirligida ham barcha soliqlar ichida eng kattasi xiroj 
bo‗lib,
 
xonlikdagi dehqon aholiga tegishli yerlar zamini xirojiy deb 
atalgan. 
Xiroj – hosilning ma‘lum qismi hisobidan natura bilan to‗langan.
Xiroji vazifa – muayyan yer uchastkasidan belgilangan summada 
pul va ma‘lum miqdorda don bilan undirilgan. 
Xiroji muqassama – hosilning mutanosib qismini to‗lash tarzida, 
hosilning 1/5, 1/6, 1/8 qismi miqdorida ifodalangan. To‗lanadigan soliq 
hajmi esa sinov tariqasida donni yanchib ko‗rish yo‗li bilan aniqlangan.
Botmon turlicha bo‗lib, Buxoro va Samarkand shaxarlari hamda 
ularga tutash hududlarda u 6 pudga teng bo‗lgan. Xosil yanchib olinib, 
xirmon qilingach, dehqonlar uning bir qismini sotishlari mumkin 
bo‗lgan. Qozilar bu vaqtda g‗allaning bozordagi narxini xushyorlik bilan 


143 
kuzatganlar. Agar narx soliq to‗lanishi paytidagi narxdan yuqori bo‗lsa, 
farqini qoplashi uchun qo‗shimcha yig‗imlar yig‗ilgan.
75
XIX asr oxirlarida yirik shaharlar atrofida va ba‘zi kichik 
shaharlarda xirojning bir qismi pul bilan yig‗ib olina boshlangan. Bunda 
qancha xiroj to‗lanishi quyidagicha belgilanar edi:
Hosil yetilgan paytda amlokdor (soliq yig‗ishni boshqaruvchi 
amaldor) o‗z kishilari bilan dehqonlar dalasiga chiqib borgan. U yerda 
uni qishloq amini yoki oqsoqoli va dehqonlar kutib olganlar. Amlokdor 
dala necha tanob
76
ekanligini ―ko‗z bilan chamalab‖ o‗lchagan va 
qancha xiroj to‗lanishi belgilangan. Agar dehqonlar amlokdorlarning 
o‗zboshimchaligiga qarshilik ko‗rsatishga harakat qilsalar, oqsoqol yoki 
o‗z qo‗shnilari guvohligi bo‗yicha o‗tgan yillardagi soliq ma‘lumotlarini 
aytib, bahslashmoqchi bo‗lsalar, amlokdorlar dehqonlarni butunlay 
xonavayron kilishlari mumkin edi. Soliq olingach amlokdor soliq 
to‗lovchiga patta berib unga o‗z muhrini bosgan. Bu dehqonning yoki 
yer egasining soliq to‗laganligini amalda isbotlovchi hujjat hisoblangan. 
Hosil o‗rilganidan keyin yanchilib, bug‗doy xirmoniga to‗kilgan 
bo‗lsa, unga hech kim tegmasligi uchun alohida kuzatuvchilar 
tomonidan maxsus loy muhrlar bilan muhrlangan. 
Ko‗pincha, amlokdorlar dalaga chiqishga kechikkanlari tufayli 
pishib-etilgan bug‗doy tabiiy ofat natijasida kutilganidan ancha kam 
hosil olishga to‗g‗ri kelgan. Shunga qaramay amlokdorlar dehqonlardan 
belgilangan soliqning hammasini undirib olganlar. 
Shunday qilib, yer solig‗ini undirib olishning hamma tizimi 
o‗zboshimchalikka asoslangan bo‗lib, dehqonlarni haddan tashqari 
xonavayron qilgan. 
Dehqonchilik qiluvchi qishloq aholisi qonunlashtirilgan yer 
solig‗idan tashqari, har bir tanob bog‗ yoki polizga maxsus soliq – tanob 
puli, bedazorga esa – alaf puli to‗laganlar. Ko‗pincha, bu ikki soliq 
umumiy termin bilan ―tanobona‖
 
deb atalgan. Bu soliqlarning miqdori 
75
Oblomurodov N., Tolipov F. Oʼzbekistonda soliqlar tarixi. Toshkent. Iqtisod-Moliya, 2009. – 83 bet. 
76
Buxoro hisobi bilan bir tanob yer 2500m2 ga yaqin 


144 
yerlarning bozorlarga yaqinligi va boshqa sabablarga ko‗ra turlicha 
bo‗lgan. 
Amir Muzaffar hokimiyatga kelishi bilan ―aminona‖
 
atamasi bilan 
yuritilgan vaqtincha soliq joriy qilgan. Unga ko‗ra tovar va mol-mulk 
narxining 1,5 foizi miqdorida soliq to‗langan. Vaqt o‗tishi bilan u 
doimiy soliqqa aylanadi va to‗lovchilarning qarshiligiga qaramay 1920 
yilgacha, ya‘ni amirlik tugatilgunga qadar saqlanib qolgan
77

Zakot va aminonadan tashqari, dallol solig‗i, bir viloyatdan ikkinchi 
viloyatga olib o‗tilayotgan mollar, umuman yuklardan olinadigan bojlar 
ham savdo yig‗imlari qatoriga kirgan. Molning narxi uni dastlab olib 
ketilgan joyidan olib borilgan joyigacha bo‗lgan masofaning uzoq-
yaqinligiga qarab olinadigan boj va buning ustiga zakot qo‗shilishi 
sababli ancha oshgan. Yana ular qatoriga mollarni qayiqlarda 
daryolardan olib o‗tgani uchun soliqlarni ham qo‗shishga to‗g‗ri kelgan. 
XIX asrning 50-yillari oxirlarida amir Nasrullo (1827-1860) davrida 
soliqlarga o‗zgartirishlar kiritiladi. Zarafshon bo‗yida bir qancha 
dehqonlar jamoasi polizlari o‗z uylaridan uzoq bo‗lgani va ularga yaqin 
joylardagi polizlarga qaraganda o‗sha yerlarni ishlash og‗irligini aytib, 
tanob pulini kamaytirishni iltimos qiladilar. Amir bu iltimosni qondiradi 
va polizdan olinadigan maxsus soliq o‗rniga ―qo‗sh puli‖ni joriy etadi. 
Bunda omochga qo‗shiladigan bir juft ish hayvoniga va bir 
mavsumda 48-50 tanob yerni ishlay olish quvvatiga qarab soliq 
solingan. Keyinchalik bu soliq boshqa soliqlarga qo‗shimcha ravishda 
hamma dehqonlarga solinadigan bo‗lgan. 
XIX 
asrning 
o‗rtalarida Samarqand tumanida yerlarning 
sug‗orilishi, bozorga uzoq-yaqinligi va boshqalarga qarab, har bir juft 
ish hayvondan olinadigan qo‗sh puli
 
buxoriy tangada 1 so‗m 20 tiyindan 
4 so‗mgacha bo‗lgan
78

Bundan tashqari ish hayvonlaridan olinadigan maxsus yig‗im 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin