4. Favqulotda holatlarda aholi jon boshiga olinadigan zahira
solig„i to„g„ri berilgan javobni belgilang.
a)
Harbiy solig‗i
b) O‗tov solig‗i
s) Zemstvo solig‗i
d) Mol-mulk solig‗i
5. Volostlar bo„yicha yig„iladigan mahalliy solig„i to„g„ri
berilgan javobni belgilang.
a)
Harbiy solig‗i
b) O‗tov solig‗i
s) Zemstvo solig‗i
d) Mol-mulk solig‗i
173
6. Ko„chirish siyosati xarajatlarini qoplash uchun mahalliy
aholi jonboshidan yig„iladigan solig„i to„g„ri berilgan javobni
belgilang.
a)
Harbiy solig‗i
b) O‗tov solig‗i
s) Zemstvo solig‗i
d) Evakuatsiya solig‗i
7. Musodara qilingan mulkdan mahalliy hokimiyat xarajati
uchun olinadigan solig„i to„g„ri berilgan javobni belgilang.
a)
Konfiskatsiya solig‗i
b) Harbiy solig‗i
s) O‗tov solig‗i
d) Zemstvo solig‗i
8. Turkiston general-gubernatorligida soliqlarning birdaniga
o„sib ketishi quyidagi qaysi yilga to„g„ri kelgan?
a)
1869 yil
b) 1883 yil
s) 1886 yil
d) 1892 yil
9. 1887-yil qaysi viloyatda yer-soliq komissiyalari va
bo„linmalari tashkil qilingan?
a)
Sirdaryo
b) Farg‗ona
s) Samarqand
d) Yettisuv
10. 1892-yil qaysi viloyatda yer-soliq komissiyalari va
bo„linmalari tashkil qilingan?
a)
Sirdaryo
b) Farg‗ona
s) Samarqand
d) Yettisuv
174
8-BOB. SOVET DАVLАTINING SOLIQ SIYOSАTI
§ 8.1. Sovet davlatida soliqlarning turlari
Dunyo tarixi tajribasidan maʼlumki, soliqlar qadimdan jamiyat
hayotining ajralmas qismi bo‗lib, turli ko‗rinishda, zamon va makonda
o‗ziga xos xususiyat kasb etib, turi, miqdori, hajmi jahatidan doimiy
ravishda o‗zgarib turgan. Bu jarayonda soliqlarning ilmiy nazariyalari
ko‗plab davlatlar iqtisodini ko‗tarilishi va rivojlanishiga munosib hissa
qo‗shdi. Natijada dunyoning deyarli barcha davlatlarida soliq siyosatida
o‗zgarishlar sodir bo‗ldi. Biroq baʼzi davlatlarda o‗zgarishlar amaldagi
soliq undirilish tizimining asoslariga dahl qilmagan bo‗lsa, boshqa
davlatlarda jamiyat taraqqiyotining amalda o‗zgargan iqtisodiy, ijtimoiy
va siyosiy shartlari bilan soliq munosabatlari o‗rtasida yuzaga kelgan
nomutanosiblik sababli soliq siyosatining printsipial asoslari qayta
ko‗rib chiqildi. Jumladan, XX asrda sotsialistik davlatlarning barchasida,
Sharqiy Germaniyada ham daromad soligʼi stavkalari kamaytirildi,
baʼzilari bekor qilindi, ayrim davlatlarda esa xususiy tadbirkorlik
faoliyatini ragʼbatlantirish va xorij kapitallarini jalb qilish bo‗yicha soliq
imtiyozlari kiritildi. Biroq imtiyozli soliq undirish tizimi chinakam
kapitallar kiritilishini to‗liq ragʼbatlantira olmadi.
Shu o‗rinda taʼkidlash lozimki, soliq siyosatidagi o‗zgarishlar
maʼlum maʼnoda davlatning iqtisodiyoti, siyosati va mafkurasida sodir
bo‗lgan tanaffuslarda aks etadi. Shuningdek, soliqlar iqtisod
rivojlanganligi, davlatning mustahkamligi, davlat funktsiyalarining
kenglik doirasi, iqtisod rivojiga taʼsirlarning kuchaytirilishiga ko‗ra
shakllandi va takomillashib bordi
109
. Tabiiyki, soliqlarning roli va
ahamiyati borasida bu turdagi nazariy asoslanishlar bir necha yillar va
hatto asrlar o‗tishi bilan iqtisodiy munosabatlar murakkablashuvi va
109
Налоги и налогообложение. Учебник. – Курск: Региональный финансово-экономический
институт, 2010. – С.53.
175
shunga bog‗liq holda davlatning muvofiqlashtiruv rolining kuchayishi
ta‘sirida birmuncha o‗zgardi. Buning natijasida soliq solishning yangi
ilmiy nazariyalari paydo bo‗ldi.
SSSRda soliq siyosati ikki maqsadni: moliyaviy – urushlar
natijasida barbod bo‗lgan iqtisodni ko‗tarish uchun moliyaviy bazani
shakllantirish hamda kuchli bozor munosabatlariga asoslangan
davlatlarning shahar va qishloqlarida o‗sha davlatlar moddiy
pozitsiyasini kuchsizlantirish, soliq solishning maksimal og‗irligini
aholining o‗ziga to‗q qatlamiga yuklash, parallel ravishda proletariat,
kambag‗al dehqonlar, yollanib ishlovchilar uchun soliq yuklamalarini
minimallashtirish vazifalarini bajarishi lozim edi. O‗z navbatida, bunday
holat XX asrning 20 yillarida bolsheviklar hukumati tuzilgan hududlarda
ko‗zga yaqqol tashlandi.
Joylarda sovet hokimiyati o‗rnatilib, uning mustahkamlanishi
jarayonida boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) davrida (asosan
1921-1924-yillarda) avval bekor qilingan soliq tizimiga qaytish zarurati
paydo bo‗ldi. V.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan yangi iqtisodiy
siyosatni (NEP) joriy etish bilan sovet davlatining soliq tizimi ham
ishlab chiqildi. Biroq bu jarayonda, mamlakatdagi mutlaqo yangi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sanoatning deyarli to‗liq milliylashtirilishi,
urushlar natijasidagi iqtisodiy tanazzullik, aholining sinfiy tarkibidagi
o‗zgarish va boshqa omillar ham hisobga olinishi kerak edi. Bundan
tashqari, urushdan keyin mamlakat iqtisodiyotini tiklash jarayonida
muhim rol o‗ynagan xususiy sektorga ortiqcha soliq solinishiga yo‗l
qo‗ymaslik kerak edi. Natijada soliqlar yordamida yangi iqtisodiy
siyosat yillari byudjet tanqisligi va pul chiqarish qisman bo‗lsada
kamaydi
110
.
Yangi iqtisodiy siyosat davrida soliq va yig‗imlar quyidagicha
bo‗ldi: davlat daromadlarining asosiy manbasi bo‗lgan – to‗g‗ri soliqlar,
hunarmandchilik solig‗i (1928 yilda jami soliq tushumlarning ⅓ qismi
110
Ушак Н.В. Теория и история налогообложения. Учеб пособ. / Н.В.Ушак. – Москва: Кнорус,
2009. – С.231.
176
hunarmandchilik solig‗iga to‗g‗ri kelgan), qishloq xo‗jaligidagi asosiy
soliq shakli hisoblangan – pul ko‗rinishidagi uy solig‗i (1923-yil qishloq
xo‗jaligi solig‗i joriy qilinishi bilan mazkur soliq bekor qilingan),
fuqarolar urushi davrida oziq-ovqat tizimi o‗rnini bosgan, qishloq
aholisidan olingan yagona natural soliq, mulk – daromad solig‗i,
jismoniy va yuridik shaxslarning daromadi va mulkidan olingan to‗g‗ri
soliq, ochlarga yordam berish, epidemiyalarga qarshi kurashish va davlat
ta‘minoti qaramog‗idagi bolalarning hayotini yaxshilash maqsadida
qo‗shimcha moliyaviy mablag‗larni safarbar qilish uchun bir martalik
umumfuqarolar solig‗i, harbiy soliq – Qizil Armiya chaqirig‗iga
kirmaydigan 21 yoshdan 40 yoshgacha bo‗lgan erkaklardan undirilgan
soliq, kvartira solig‗i – shahardagi savdo va sanaot tashkilotlari,
qurilishlar egalaridan hamda shahar tashqarisidagi ijaraga beriladigan
binolardan olingan soliq, spekulyativ narxlarni qo‗llash natijasida qo‗lga
kiritilgan xususiy kapital elementlarining daromadini tortib olish uchun
joriy qilingan soliq, meros va hadya tariqasida o‗tadigan mulk uchun
soliq, (bu soliq mulkning narxidan kelib chiqib 1%-90% o‗rtasida
belgilangan), quloq xo‗jaliklardan undiriladigan individual qishloq
xo‗jaligi solig‗i
111
(bu soliqqa qishloq xo‗jaligining barcha turdagi
manbalari hamda qishloq xo‗jaligiga tegishli bo‗lmagan daromadlar
tortilgan).
Yangi iqtisodiy siyosat davrida egri soliqlar iste‘mol tovarlariga
aksiz tartibida to‗langan va ular davlatning barcha daromadlarining 11-
20 foizini tashkil qilgan. Egri soliqlarga vino, gugurt, tamaki
mahsulotlari, gilza, spirt, asal, tuz, shakar, qahva, kovushlar uchun
ishlab chiqaruvchi –korxonalardan undiriladigan aksizlar, kinofilmlar
namoyishi uchun soliq kinoseanslarga sotilgan chiptalar savdosidan
tushgan umumiy yig‗imlari kirgan
112
.
111
Толкушкин А.В. История налогов в России. Учеб пособ. – М.: Юристь, 2001. – C. 209.
112
Черник Д.Г., Починок А.П., Морозов В.П. Основы налоговой системы: учеб. для вузов / Д. Г.
Черник, Починок А. П., Морозов В. П. – Москва: ЮНИТИ-ДАНА, 2000. – С. 84.
177
To‗lov va yig‗imlarga: patent to‗lovi berilayotgan patentga munosib
ravishda kashfiyotdan foydalanish to‗liq huquqiga ega bo‗lish uchun
to‗lov, turli xildagi sud hujjatlari uchun to‗lov, patent yig‗imi – savdo va
sanoat tashkilotlaridan, shuningdek hunarmandchilik mashg‗ulotidan
daromad ko‗radigan fuqarolardan olinadigan hunarmandchilik solig‗i,
ro‗yxatdan o‗tish uchun yig‗im hujjatlarni qayd etish uchun to‗lov,
tashkilotlarga taqdim etiladigan hujjat va nusxalar uchun to‗lov, shtamp
yig‗imi alohida shaxslar va tashkilotlardan fuqarolik – huquqiy
bitimlarni imzolash va hujjat taqdim etishdagi to‗lovlar
113
, – kirgan.
1925-1927-yillarda yangi iqtisodiy siyosatga chek qo‗yilib,
xo‗jalikni industrlashtirish davri tomon yo‗l tutildi. Bu jarayon ittifoq
qishloq xo‗jaligi hisobidan o‗tkazilgan bo‗lib, ―1923-1924-yillarda
qishloq xo‗jaligidan 280 mln. rubl, 1924-1925-yillarda 346 mln rubl,
1926-1927 yilarda 400 mln. rublga yaqin soliq olindi. Bu esa dehqon
xo‗jaliklarining iqtisodiy quvvati pasayishiga sabab bo‗lib, 1928-1929
yillarda soliqlar summasining me‘yoridagi ko‗rsatkichlardan 11 foiz
kam bo‗lishiga olib keldi‖
114
.
Sovet hukumatining 1928-yil 21-apreldagi ―Yagona qishloq xo‗jalik
soliqlari yangi asoslari to‗g‗risida‖gi va 1929-yil 8-fevraldagi ―Yagona
qishloq xo‗jalik solig‗i va o‗rtahol dehqonlar soliqlarini yengillashtirish
to‗g‗risida‖gi qonunlari qishloqda xususiy mulkchilikni tugatib, davlatga
qaram bo‗lgan kolxoz-kooperativ xo‗jaliklari tuzishga qaratilgan
siyosatning boshlanishiga asos bo‗ldi. Qishloq xo‗jaligida yerning
haqiqiy egasi bo‗lgan yakka tartibdagi dehqon xo‗jaliklarini tugatish esa
soliq vositalari orqali amalga oshirila boshlandi. Masalan, 1929 yilda
butun xo‗jaliklarning 35 foizini tashkil etgan kambag‗al xo‗jaliklari
soliqlardan to‗la ozod etilgani holda 4 foizni tashkil etgan boy quloq
xo‗jaliklari butun soliq yig‗imining 45 foizini to‗ladilar. Bu davrda boy
quloq xo‗jaliklari daromadlaridan 70 foizgacha soliq to‗lagan bo‗lsalar,
113
Tolkushkin А. V. Istoriya nalogov v Rossii: ucheb. posobie / А. V Tolkushkin. – Moskva: Yuristʼ,
2001. – S . 216-218 betlar.
114
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. – Buxoro, 2004. - 46 bet.
178
―Yakka xo‗jaliklar solig‗i‖ qonuniga binoan ular 100 foizli daromaddan
200 foiz soliq to‗laydigan bo‗ldilar
115
.
Soliq islohotlarining navbatdagi bosqichi 1930-1932-yillarga to‗g‗ri
keladi. Bu byudjetga to‗lanadigan to‗lovlarning ko‗payishiga barham
berdi. Ijtimoiylashtirilgan sektorda ilgari mavjud bo‗lgan 60 dan ortiq
soliq va to‗lov bekor qilinib
116
, 6 ta majburiy soliq va to‗lov, jumladan,
iqtisodiyotning umumiy sektoridagi korxonalardan keladigan soliq,
davlat tashkilotlaridan keladigan soliq, jamoatchilik tashkilotlaridan
keladigan soliq, yagona davlat boji, xususiy ishlab chiqarishdan
keladigan soliq hamda aholi daromad solig‗idan – iborat qilib belgilandi.
1930-yil
2-sentyabrdagi
soliq
islohotining
muhim
jihati
ijtimoiylashtirilgan va xususiy sektorlarni soliqqa tortish tizimi
o‗rtasidagi farq bo‗lib, u ilgari davlat birlashmasining solig‗i va xususiy
korxonalar va baliqchilik xo‗jaliklaridan olinadigan tijorat soliqlarini
ajratishda aniq namoyon bo‗ldi. Shuningdek, o‗ziga to‗q xo‗jaliklarni
natura yo‗lida soliqqa tortish holalatlari juda ko‗payib, hatto soliq
to‗lashdan ―bosh‖ tortgan mahalliy aholini surgun qilish darajasigacha
borildi. Masalan, Surxondaryo viloyati Denov qishlog‗ida yashagan
Raximov Karim 1928-yilda quloq qilingan bo‗lib, u aholi mehnatidan
yollanma ishchi kuchi sifatida shartnomasiz foydalangani uchun 111
rubl 50 kop. qishloq xo‗jaligi solig‗iga, 366 rubl 12 kop. suv yig‗imi
solig‗iga, 557 rubl o‗zini-o‗zi soliqqa tortishga, 1113 rubl 50 kop. bir
martalik to‗lovga tortilgan. Inqilobiy tribunal uni soliqni umuman
to‗lamaganligi va shartnomasiz kambag‗al aholini ishlatgani uchun
aybdor deb topgan edi
117
.
Surxondaryo viloyati Denov qishlog‗ida yashagan Baratov Alim esa
1930 yilda quloq qilingan edi. Sovet hukumati uni aholi mehnatidan
yollanma ishchi kuchi sifatida shartnomasiz foydalangani uchun 935
rubl qishloq xo‗jaligi solig‗iga, 84 rubl suv yig‗imi solig‗iga, 468 rubl
115
Joʼraev Sh., Boboev S. Mahalliy soliqlar tarixi. BuxDU. Buxoro. 2004. – 46-47- betlar.
116
Черник Д.Г., Шмелев Ю.Д. Теория ва история налогообложения. Учебник. – М.: Юрайт, 2016. –
С.139.
117
OʼzMА, R-1714-fond, 5-roʼyxat, 609-yigʼmajild, 3-varaq.
179
o‗zini-o‗zi soliqqa tortishga, 965 rubl bir martalik to‗lovga tortgan,
biroq, belgilangan soliq A.Baratov tomonidan to‗lanmagan. Sovet
hokimiyatining belgilagan tartib-qoidalarga amal qilmaganlar qatori
A.Baratov ham quloq qilinib, sovet hukumati tomonidan jazoga
tortilgan. A.Baratov haqidagi hujjatlarda yozilishicha, u poyafzal
savdosida dallollik qilgan hamda qo‗y savdosi bilan shug‗ullangan.
1929-1930 yillarda Tuman moliya hisob bo‗limi tomonidan Alim
Baratovning boqib turgan 145 ta qo‗yi ro‗yxatga olingan va sovet
hukumati tomonidan tashkil etilgan kambag‗allar komiteti yig‗ini
tomonidan ham tasdiqlangan. Surxondaryo viloyati Denov tumani
moliya bo‗limi bilan tuzilgan shartnomaga ko‗ra A.Baratov qorako‗l
teridan 98 ta, bahorgi yungdan 124,9 kg, kuzgi yungdan 105,8 kg jun
davlat topshirishi belgilangan. Biroq, bu shartnoma to‗liq bajarilmay, u
davlatga 61 ta qorako‗l teri, 125 kg. bahorgi yung, 107 kg. kuzgi yung
topshirgan.
1930-1931-yillarga kelib Surxondaryo viloyati Denov tumani
moliya bo‗limi tomonidan A. Baratovning boqib turgan 161 ta qo‗yi
ham ro‗yxatga olingan va bu ham kambag‗allar komiteti yig‗ini
tomonidan tasdiqlangan. A.Baratov ishi bo‗yicha tahlangan hujjatlarda
yozilishicha, u 1929-1931 yillarda 200 boshga yaqin qorako‗l qo‗ylari
va mol-mulkini davlatdan yashirgan. U davlatdan yashirgan holda bu
qo‗ylarni cho‗lga berkitib, doimiy ravishda qo‗ylarini sotish bilan
shug‗ullangan. Shuningdek 60 bosh qo‗yni ―Beshkak‖ mahallasida
yashovchi kuyoviga berganlikda ayblangan. Shu sababli 1930-yilda
A.Baratov sovet hukumati tomonidan quloq qilingan edi
118
.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi bilan davlat qo‗shimcha
mablag‗larga yanada ko‗proq ehtiyoj seza boshladi. Sababi urush yillari
mamlakat davlat byudjeti va moliya sohasida ulkan qiyinchiliklar
yuzaga kelgan edi. Bir qator muhim sanoat rayonlarini vaqtincha
qo‗ldan boy berish hisobiga katta hududlarda xo‗jalik faoliyati qisqardi
118
OʼzMА, R-1714-fond, 5-roʼyxat, 609-yigʼmajild, 3-varaq
180
yoki butunlay to‗xtadi. Bu o‗z navbatida, davlat daromadlarining hajmi
va tarkibida o‗z aksini topdi. Aynlanma soliq va foydadan ajratmalar
hisobidan tushadigan daromadlar keskin ravishda qisqardi. Aylanma
soliq tushumlari 1940 yilda 105,9 mlrd. rublni tashkil etgan bo‗lsa,
1942-yilda 66,4 mlrd. rublga teng bo‗ldi. Foydadan ajratmalar esa 21,7
mlrd. rubldan 15.3 mlrd. rublga qisqardi. Keyinchalik, ishlab chiqarish
tiklangani va rivojlangani sari davlat byudjetining xalq xo‗jaligidan
oladigan daromadlari asta – sekin ko‗payib bordi
119
.
Davlat byudjeti mamlakatning kirim va chiqimining asosiy
ko‗rsatkichi bo‗lishi bilan birga mablag‗larni qayta taqsimlovchi ulkan
moliyaviy mexanizm bo‗lib, sovet davlatida davlat byudjeti quyidagi
pog‗onalardan iborat bo‗ldi: Birinchi pog‗ona – ittifoq byudjeti, ikkinchi
pog‗ona – ittifoqdosh respublikalar byudjeti, uchinchi pog‗ona –
mahalliy byudjetlar. Ushbu tizimda daromadlar quyidan yuqoriga,
taqsimot esa yuqoridan quyiga qarab amalga oshirildi
120
. Urush yillari
davlat byudjetidagi holat soliqlarni oshirish, to‗lovlarni undirish
ehtiyojlarini keltirib chiqardi. Masalan, mahalliy byudjetlar soliq va
daromadlardan ma‘lum qismini o‗zlariga olib qolib, qolganini
respublikalar byudjetiga o‗tkazganlar. 1942 yili bu jarayonlar
O‗zbekistonda quyidagi ko‗rinishda bo‗lgan. Aholi daromad solig‗idan –
2,5 foiz, davlat zayomi summasidan – 1,5 foiz, MTSlar daromadlaridan
– 10 foiz, kolxozchi dehqonlar solig‗idan – 2,5 foiz kabilar mahalliy
byudjet daromadlari hisobiga olib qolingan
121
. Byudjet harajatlari bo‗lsa
yildan – yilga oshib bordi. Davlat byudjeti 180 mlrd. rubldan 1940 yilda
165 mlrd. rublga, 1942 yilda ishlab chiqarishdan keladigan daromadning
kamayishi bilan 158 mlrd. rubldan 108 mlrd rublga tushib qoldi
122
.
Davlat byujdeti harajati oshib faqat 1941 yildagi 174,3 mlrd.dan 1942
yilda 182,8 mlrd.ga, harbiy harajatlar ham 56,7 mlrd.dan 108,4 mlrd.ga
119
Налоги и налооблоожение. 6-е изд. – Санкт –Петербург: Питер, 2009. – С. 90.
120
Bobojonov X. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oʼzbekiston iqtisodiyotidagi transformatsion jarayonlar.
Tarix.fan.boʼyicha fal.dokt. (PhD) diss. ... – Toshkent, 2018. – 104 bet.
121
OʼzMА, R-837, 32-roʼyxat, 3270-yigʼmajild, 64-varaq.
122
http://www.oboznik.ru/?p=43261
. Murojat qilingan sana 20 dekabrь 2019 yil.
181
o‗sdi. 1944 yilga kelib byudjet harajatlari 1940 yilga nisbatan 2,4
baravarga oshdi
123
. Yuzaga kelgan bunday murakkab vaziyat byudjet
tushumlarini ko‗paytirish zaruratini keltirib chiqardi. Natijada harajatlar
qattiq nazorat ostiga olindi
124
.
Dostları ilə paylaş: |